O’zbekistonda Turizm bozorining o’ziga xos jihatlari


Ichki Turizm bozori Ichki turizm


Download 1.72 Mb.
bet3/5
Sana21.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1640731
1   2   3   4   5
Bog'liq
O’zbekistonda Turizm bozorining o’ziga xos jihatlari — копия

Ichki Turizm bozori Ichki turizm O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi sayohatini o‘z ichiga oladi. Mahalliy turist — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxs. 2022-yil 1 sentyabrdan boshlab "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!" dasturi doirasida "Sayohat qil va keshbek ishla" shiori asosida respublika hududlari bo‘ylab ichki sayohatlarni amalga oshirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xarajatlarining bir qismi qaytarib beriladi! Bularning barchasi ichki turizmni rivojlantirish va aholining bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish uchun imkoniyatlardan biri. Bundan tashqari turizm mamlakat iqtisodiyotining o’sishiga ham yordam beradigan sohalardan biri. Ichki turizmni rivojlantirish uchun yana bir imkoniyatlardan biri bu sayohatlar uchun kesh back tizimini joriy etilishidir.

Keshbek tizimi Davlat soliq qo‘mitasining maxsus mobil ilovasi (Soliq.uz) bilan integratsiya qilingan bo‘lib, xarajatlar haqqoniyligi mobil ilova yordamida tekshirilib, xarid chekining matritsali shtrix kodini (QR-kod) hamda mahalliy turistlarning doimiy yashash joylarini ko‘rsatish orqali sayohatlar ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

  • Sayohat xarajatlarini qaytarish sayohat qilish davomida bir vaqtning o‘zida quyidagilar nazarda tutilganda amalga oshiriladi:
  • avia, temir yo‘l va avtobusdan foydalanish;
  • joylashtirish vositalari xizmatlaridan foydalanish;
  • madaniyat tashkilotlariga tashrif buyurish.

Sayohat xarajatlari faqatgina platforma orqali amalga oshirilgan ichki sayohatlar uchun uning yakuni bilan mahalliy turistlarning bank kartalariga qaytariladi.

Kirish Turizm Bozori

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmonini ijro etish, shuningdek, respublikaga turistlar oqimini ko‘paytirish, kirish turizmini milliy iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biriga aylantirish, mamlakatning madaniy-tarixiy merosi va tabiiy boyliklarini keng targ‘ib qilish maqsadida:
  • 1. Quyidagilar:
  • Viza rejimini yanada soddalashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;
  • Kirish turizmini yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq;
  • Turizmni rivojlantirish masalalarida o‘zaro hamkorlikni faollashtirishni ta’minlash bo‘yicha mas’ullar biriktiriladigan mamlakatlar va hududlar ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling