Ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini


Download 282.7 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.02.2023
Hajmi282.7 Kb.
#1174479
Bog'liq
PF-270 23.12.2022



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 
FARMONI 
2023-YILDA RASMIY SANALARNI NISHONLASH DAVRIDA QO‘SHIMCHA 
ISHLANMAYDIGAN KUNLARNI BELGILASH VA DAM OLISH KUNLARINI 
KO‘CHIRISH TO‘G‘RISIDA 
2023-yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘liq dam olishi uchun shart-
sharoitlar yaratish, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida 
ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish uchun dam olish va bayram kunlaridan samarali 
foydalanishni ta’minlash maqsadida: 
1. 2023-yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilansin: 
barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar): 2-yanvar — dushanba, 30-iyun 
— juma; 
olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3-yanvar — seshanba, 20-mart — 
dushanba, 22-mart — chorshanba, 24-aprel — dushanba, 1-iyul — shanba, 2-sentabr — shanba, 30-
dekabr — shanba. 
2. O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi O‘RQ-798-son Qonuni bilan 
tasdiqlangan Mehnat kodeksining
 208-moddasiga 
muvofiq: 
ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi “1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” 
2023-yilda yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 
2023-yil 2-oktabr — dushanba kuniga ko‘chirilishi; 
bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, 
aholiga har kuni xizmat ko‘rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan 
bayram kunlari to‘xtatib qo‘yish mumkin bo‘lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari 
ko‘chirilmasligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 
3. 2023-yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari 
quyidagi tartibda ko‘chirilsin: 
7-yanvar — shanba kunidan 3-yanvar — seshanba kuniga; 
11-mart — shanba kunidan 20-mart — dushanba kuniga; 
25-mart — shanba kunidan 22-mart — chorshanba kuniga; 
29-aprel — shanba kunidan 24-aprel — dushanba kuniga. 
4. Bayram (ishlanmaydigan) kunlarining uzaytirilishini hisobga olgan holda, respublika 
aholisining maroqli dam olishi uchun: 
Turizm va madaniy meros vazirligi turizm namoyishi obyektlari (madaniy meros obyektlari, 
muzeylar) va mehmonxona xizmatlari uchun chegirmalar berilishi hamda aksiyalar o‘tkazilishini 
tashkillashtirsin; 
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasiga Sog‘liqni saqlash vazirligi, Yoshlar ishlari 
agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri 
hokimliklari bilan birgalikda sanatoriylar va sog‘lomlashtirish muassasalari uchun chegirmalar berish 
hamda aksiyalar o‘tkazish tavsiya etilsin; 
“Uzbekistan Airways” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga ichki transport qatnovlari 
uchun chegirmalar berish va aksiyalar o‘tkazish tavsiya etilsin. 
5. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga: 
mehnat jamoalari o‘rtasida ushbu Farmonning maqsadi, mazmun-mohiyati to‘g‘risida 
tushuntirish ishlarini tashkil etish; 
uzaytirilgan bayram kunlarida xodimlar va ularning oila a’zolari maroqli dam olishini 
ta’minlash yuzasidan kasaba uyushmalari tashkilotlarining ishini faollashtirish tavsiya etilsin. 
6. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan 
birgalikda bayram kunlari o‘tkaziladigan tadbirlar to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari, shu 
jumladan Internet jahon axborot tarmog‘i orqali aholining keng xabardor qilinishini ta’minlasin. 
7. Mazkur Farmon 2024-yil 1-yanvardan e’tiboran o‘z kuchini yo‘qotadi. 


8. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. 
Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.U. Umurzakov 
zimmasiga yuklansin. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV 
Toshkent sh., 
2022-yil 23-dekabr, 
PF-270-son 
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 06/22/270/1116-son) 

Download 282.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling