Mavzu. Shahar transportini rejalashtirish
Download 28.66 Kb.
|
MAVZU- 5
MAVZU. SHAHAR TRANSPORTINI REJALASHTIRISH. Reja: 1.Avtomobillashtirish va aholi umumiy harakatlanuvchanligini tahlil qilish. 2.Transport turlari bo‘yicha transport qatnovlari talablarning taqsimlanishini tahlil qilish. 3.Transport qatnoviga bo‘lgan talablarni tahlil qilish. SHahar va tumanlarning transport tizimi tushunchasini tahlil qilshda shahar va viloyatning transport tizimi umumiy tizimga kiritilgan hududlarning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida muhim rol o‘ynaydi shuning uchun uni o‘rganish jarayonida transport tarmoqlari, o‘rganilayotgan hudud territoriyasi, shaharsozlik qurilishlari va.h.k.larga e’tibor berilmasligi mumkin emas va bunda butun hududning infratuzilmasini kompleks o‘rganish muhim ahamiyatiga ega.SHu bilan birgalikda hududagi energiya ta’minoti, issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti, kanalizatsiya tizimlari shahar transport tizimi samarali ishlashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. iqtisodiyotning barcha sohalari ishining samaradorligiga ushbu tizimlarning ta’siri yotadi va ularning faoliyatiga iqtisodiy baho berishda uni e’tiborga olish talab etiladi. SHahar passajir transporti tizimi murakkab tizimdir, chunki u o‘z ichiga bir qator quyi tizimlar: magistral tarmoq va qurilmalar, harakatdagi omborxona, depo,garajlar, parklar va ta’mirlash inshootlari, hamda shuningdek boshqarish quyi tizimlaridan iborat. Bu esa butun transport tizimiga xizmat ko‘rsatadigan inson resurslarini ham qamrab oladi. Magistral tamoqlar quyi tizimi eng uzoq xizmat ko‘rsatuvchi tizim hisoblanib, ular juda katta mablag‘ talab etadi. Bu nafaqat ishlashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi u shahar passajir transporti tizimining shakllanishi, hamda aholi punktining xarakterini shakllantirishga ham ta’sir qiladi. Katta shaharning harakatlanadigan tarkibi quyidagi turlardan iborat: ommaviy yo‘lovchi (shu jumladan ko‘chadagi ekspress),individual, xizmat, yuk va maxsus. So‘nggi yillarda savdo transport vositalari paydo bo‘ldi. Turli vazifalarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlanadigan tarkibning xilma-xilligi funksiyalari, orqa transport tarmog‘ini muvofiqlashtirishni talab qiladi. Xususan yo‘lovchi va yuklarni ajratish masalalarini aniqroq hal qilish kerak yo‘nalish grafigini, shuningdek tranzit tashishni oqilona tashkil etishni optimallashtirish va h.k. Transport tarmog‘idagi asosiy yuklanish asosan ommaviy yo‘lovchi tashish transporti hamda shaxsiy transport voitalari tomonidan yaratiladi. Bu esa taxminan transport tarmog‘idagi transportlar oqimining 60-70% ni tashkil qiladi va ular asosan shaharning markaziy hududlarida to‘plangan. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki yuk shahar magistral tarmog‘iga bo‘lgan asosiy talablarni asosan shu transportlar oqimlari shakllantiradi. Boshqaruv quyi tizimi faoliyatini samarali tashkil etish uchun ekologik talablarga rioya qilgan holda har bir transport turidan foydalanishda mintaqada harakat xavfsizligini ta’minlashga e’tibor qaratish zarur bo‘ladi. Transportning tizimining rivojlanishi va faoliyatidagi asosiy vazifa shaharning transport tizimidagi o‘zaro yondoshuvlarga erishishdir aholining ehtiyojlarini hisobga olgan holda uning quyi tizimlari va iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, birinchi navbatda, parametrlarning o‘zaro mosligi magistral tarmoq va transport oqimlarini optimal faoliyatini ta’minlashdan iborat bo‘ladi. SHahar rivojlanishining tahlili shuni ko‘rsatadiki, ularning hududlari va aloqa vositalarining kattaligi o‘rtasida transport tarmoqlari hamda transport oqimlari o‘rtasida eng yaqin munosabatlar mavjud. Hech qaysi shahar transport o‘sgandan ko‘ra tezroq rivojlana olmaydi, deb ta’kidladi Fransiya transport mutaxassisi V. Favre d’Ari va urbanizatsiya rivojlanishidagi uchta asosiy bosqichni aniqlaydi: Download 28.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling