O’zbekistonning eng yangi tarixi


Mustaqillik yillarida Ommaviy axborot vositalar faoliyati( televedeniya, matbuot, erkinlik, internet)


Download 56.13 Kb.
bet37/40
Sana05.01.2022
Hajmi56.13 Kb.
#209453
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
oraliq javoblari tarix

Mustaqillik yillarida Ommaviy axborot vositalar faoliyati( televedeniya, matbuot, erkinlik, internet)

1991 yilda O‘zbekistonda 395 ta ommaviy axborot vositasi faoliyat olib borgan. Mustaqillik yillarida yaratilgan keng sharoitlar tufayli ommaviy axborot vositalarimizning soni bugungi kunda 1461 tani (01.06.2016 yil holatiga) tashkil etadi. Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi quyidagi qonunlar qabul qilindi:

- «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonun (2007 yil 15 yanvar');

- «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi Qonun (1997 yil 24 aprel');

- «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun (1997 yil 24 aprel');

- «Axborot erkinligi principlari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun (2002 yil 12 dekabr);

- «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun (1996 yil 30 avgust);

- «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi Qonun (2006 yil 20 iyul');

- «Reklama to‘g‘risida»gi Qonun (1998 yil 25 dekabr);

- «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonun (1993 yil 7 may); - «Telekommunikasiyalar to‘g‘risida»gi Qonun (1999 yil 20 avgust). O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari huquqiy bazasini yaratilishida Respublikamiz Konstitutsiyasiga asosiy manba sifatida tayanildi. Konstitutsiyamizning 67-moddasida «Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi» deb belgilab qo‘yilgani ommaviy axborot vositalarining mutlaq qonuniy erkinligining kafolati hisoblanadi.



  1. Download 56.13 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling