O‘zbeksiton respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi urganch davlat universiteti magistratura bo`limi “TA`lim va tarbiyaviy ishlar nazariyasi va metodikasi”
Download 1.68 Mb.
|
kURS ISHI
I BOB. BIOSFERA- HAYOT QOBIG’IBiosfera haqida tushuncha Ma’lumki, sayyoramizning yuzasi gazsimon (atmosfera), suyuk, (gidrosfera) va qattiq (litosfera) qobiqlardan iboratdir. Barcha jonli organizmlar o’zini o’rab turgan muhit sharoitlari bilan doimiy ravishda munosabatda bo’ladi Gidrosfera qatlami yer yuzining 70 foizini tashkil qilib, bunga turli suv havzalari: okeanlar, dengizlar, ko’llar, daryolar kiradi.Atmosfera qatlami uchta qobiqqa bo’linadi, pastki qatlam — havoda meuallaq holda bo’ladigan suv bug’larini o’z ichiga oluvchi troposfera, ustki qatlam — 100 km yuqoriga ko’tariladigan stratosfera, undan ham yuqorida esa siyrak holdagi gaz qatlami — monosfera joylashgan bo’lib, u ionlashgan atomlar yig’indisidan iboratdir. Qattiq qobiq bo’lmish litosferaning qalinligi 10—40 km qatlamdan tashkil topgan. YUqorida qayd qilingan uchta qobikdan tashqari, yer yana alohida qobiq — biosfera bilan ham o’ralgan bo’lib, u tirik organizmlar ishg’ol qilgan barcha maydonlarni o’z ichiga oladi. Biosfera haqidagi tushunchalar birinchi bor gollandiyalik olim B. Bareniuye, fransuz tabiatshunos olimi J. Byuffon (1707— 1788) asarlarida o’z ifodasini topdi. Fransuz kimyogari J. B. Dyuma (1800— 1884), J. Busengo (1802—1887), nemis kimyogari YU. Libix (1803—1873) va boshqa bir qancha olimlar yer sharidagi gazlarning almashishida o’simliklarning ahamiyatini aniqladilar. Bundan tashqari o’simliklarning oziqlanishida tuproq eritmalarining roli nihoyatda katta ekanligiga e’tibor berdilar. 1- rasm. Yer geografiyasi J. Busengo . tomonidan Janubiy Amerikaning tropik o’rmonlarida o’tkazilgan kuzatishlar natijasida o’simliklarning hosil bo’lishida va umuman jonli organizmlarning paydo bo’lishida havoning tarkibi va namlik muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. V. V. Dokuchayev o’z asarlarida tuproqning hosil bo’lishiga faqat iqlim sharoitlari ta’sir ko’rsatib qolmasdan, shu bilan birlikda o’simlik va hayvon jamoalari muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida qayd qiladi. Lekiy biosfera hamda uning yer yuzida boradigan jarayonlardagi roli haqidagi nazariya birinchi bor yirik rus olimi — tabiatshunos Vladimir Ivanovich Vernadekiy tomonidan asoslab berildi. U okean suvlarini va atmosferaning kimyoviy tarkibini o’rgandi, V. I. Vernadskiy mineralogiya, kristallografiya, geokimyo va biokimyo fanlarining asoslarini yaratdi. Jumladan biosferada kimyoviy elementlarning tarqalishida va almashishida organizmlarning qanday rol’ o’ynashini to’la tushuntirishga muvaffaq bo’ldi. Biosfera haqidagi ta’limotning vujudga kelishida fizika, kimyo, geologiya va biologiya fanlari erishgan yutuqlar katta rol’ o’ynadi. Chunki atmosfera, gidrosfera va litosferadagi fiziq, hodisalarni o’rganish bilan fizika fani, yerdagi organik va anorganik olam tarkibini o’rganish bilan kimyo fani shug’ullanadi. Agar geologik qonuniyatlar tekshirilmaganda sayyoramizning qachon vujudga kelganini va tog’ jinslarining tarkibini ham bilmas edik. Shu o’rinda O’rta Osiyoning buyuk allomasi Abu Rayhon Beruniyni eslamasdan o’tib bo’lmaydi. Beruniy mineralogiyaga bagishlangan asarida tabiatdagi geologik jarayonlarni tushuntirgan va shu bilan biosferadagi geologik qonuniyatlarni asoslashga imkon yaratgan. Jonli tabiat va organik hayot qonunlarini biologiya fani o’rganadi. Biologiya fani hujayradan tortib katta biotsenozlargacha, hamma jonli tabiat namoyandalari tarkibini tekshiradi. Jonli va jonsiz tabiat orasidagi bog’lanishlarni yanada chuqurroq o’rganish biosfera tushunchasining vujudga kelishiga sababchi bo’ldi. Hozirgi zamon tushunchasiga muvofiq, biosfera — bu yerning o’ziga xos qobig’i bo’lib, butun jonli organizmlarni o’z ichiga oladi. Biosfera — 50° dan +50° gacha haroratli termodinamik qobiqdan iboratdir. Biosfera yerda tirik organizmlar vujudga kelishi bilan bir vaqtda paydo bo’lgan va ularning evolyutsion rivojlanish jarayonida shakllana borgan. Biosfera butun quruqlik yuzasini — dengiz sathidan tog’ tizmalarining cho’qqilarigacha ishrol qilib turadi. O’simlik va hayvonlarning ayrim turlarini yer yuzasining eng baland cho’qqilarida ham ko’rish mumkin. Masalan, sakkiz kilometr balandlikdagi tog’da tog’ qarg’asi uchratilgan. Biosfera uchala mineral qobiq ichkarisiga ham kirib boradi, lekin bir xil darajada emas. Atmosferada hayotning eng yuqori chegarasi 25—27 kilometr balandlikdadir, bu zonalarda faqat zamburuglar va bakteriyalarning sporalarni uchratish mumkin. Lekin undan yuqorida, stratosferada ozon qavatlari chegarasiga qadar ham tirik organizmlar bor bo’lishi mumkin. Bu qavatlar 20—50 kilometr balandlikda yerni qurshab turuvchi ozon ekranini hosil qiladi. Tirik organizmga halokatli ta’sir etuvchi kosmik nurlanish hamda quyoshning ul’trabinafsha nurlari ana shu ekranga urilib qaytadi. Havoga ko’tariluvchi organizmlarning eng ko’p massasi yer yuzidan taxminan 50—70 metrgacha balandlikda to’plantan. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling