O‘zbeksiton respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi urganch davlat universiteti magistratura bo`limi “TA`lim va tarbiyaviy ishlar nazariyasi va metodikasi”
Download 1.68 Mb.
|
kURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOPSHIRDI: Bekchanova. N
O‘ZBEKSITON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI MAGISTRATURA BO`LIMI “TA`LIM VA TARBIYAVIY ISHLAR NAZARIYASI VA METODIKASI” (BOSHLANG`ICH TA`LIM) YO`NALISHI 191-GURUH TALABASI BEKCHANOVA NILUFARNING BOSHLANG`ICH TA`LIM NAZARIYASI (TABIATSHUNOSLIK O`QITISH METODIKASI) FANIDAN MODDALARNING BIOSFERADA AYLANISHI MAVZUSIDA YOZGAN KURS ISHI TOPSHIRDI: Bekchanova. NQABUL QILDI: Bekchanov. HMUNDARIJA
KIRISH Keyingi yillarda sanoat chiqindilari biosferaga kanday ta’sir ko’rsatayotganligi, buning ta’sirida yerning jonli kobig’ida kanday o’zgarishlar sodir bo’lish muammolari butun dunyodagi ekolog olimlar e’tiborini jalb kilmokda. Agarda sanoat ishlab chikarishida tubdan o’zgarish kilinmasa hozirgi mavjud texnalogik jarayonlarni kayta takomillashtirilsa xam planetadagi biosferaning ifloslanishi davom yetaveradi. Bunday bosimga tabiat tizimidagi o’zini-o’zi tozalash holati bardosh beroladi. Xozirgi davrda ko’pchilik rivojlangan mamlakatlarda sanoat chiqindisiz ishlaydigan texnalogiyaga katta e’tibor berilgan. yevropa davlatlaridagi ko’pchilik ishlab chikarishlarda bu usul ishlatiladi. SHuningdek jarayon respublikamizdagi ayrim korxonalarda xam ko’llanilmokda. Keyingi 2-3 yil ichida ayniksa mamlakatimiz mustakil bo’lgach og’ir sanoatni rivojlantirishga katta e’tibor berilmokda. Bularda ilmiy jixatdan asoslangan chiqindisiz ishlaydigan texnalogiya keng mikyosda joriy etilmokda. Bu yerda shu narsani aloxida kayd kilish kerakki chiqindisiz ishlab chikarish jarayonning o’zi tabiatdan olingandir, chunki bir organizmning faoliyatida foydalaniladi va yirik biosferada moddalarning biologik aylanishida utilizatsiya kilinadi, natijada tabiatga zarar beradigan zaxarli moddalar tashlanmaydi. Biosferada hayotning taqsimlanishi nihoyatda murakkab va xilma-xildir. yer yuzida jonli organizmlarning tarqalishi shunday sodir bo’lganki, materiklardagi organizmlarning biomassasi dunyo okeanlarining biomassasidan 800 marta ziyoddir. Agar okeanlardagi biomassalarning asosiy qismini hayvonot mahsuloti tashkil qilsa, quruqlikdagi biomassaning 90 foizini o’simlik mahsulotlari tashkil etadi. Okeanlarda hayvonlarning tarqalishi bir xil bo’lmaydi, lekin shunday bo’lishiga qaramasdan hayvonlar suv muhitining barcha qatlamlarida tarqalgan bo’ladi.Materik (qit’a) larda o’simliklar yupqa qatlam hosil qilib joylashib, yer yuzini uzilishlar bilan o’rab olgan. O’simliklar qit’aning doimiy ravishda muzlik bilan qoplangan zonalarida va haddan tashqari quruk, cho’l zonalarida bo’lmaydi. V. I. Vernadskiy hayot biosferaning hamma joyida mavjudligini ta’kidlaydi. Bu g’oyani bizning sayyoramizning rivojlanish tarixi ham to’la isbotlaydi. Fan yutuqlri va biolog olimlar tomonidan olib borilgan kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, dastlab hayot suv muhitlarida vujudga kelgan va keyinchalik asta-sekinlik bilan kengayib, butun materikni, butun biosferani egallab olgan. Ayrim organizmlar yashaydigan haroratning eng oxirgi chegarasi — 180°S ni tashkil etadi. Havo bosimiga nisbatan yashovchanligi har xil organizmlarda har xildir. Bakteriyalarning ichki havo bosimining eng yuqori chegarasi 12- 108 Pa (12 ming atm) ga teng. Boshqa organik shakllar, masalan, o’simliklarning urug’i va sporalari, mayda hayvonlar anabioz holda to’la vakuumda ham hayotchanligini saqlab qoladilar. Jonli organizmlar kimyoviy muhit sharoitlarining katta diapazonida ham yashay oladilar. Masalan, yerda yashagan organizmlar dastlab kislorodsiz sharoitlarda yashaganlar. Anaerob sharoitda yashaydigan organizmlar hozirgi davrda yashaydigan individlar o’rtasida ham uchraydi, ularning orasida hujayrali shakllari ham bor. Muhit sharoitlariga chidamlilik darajasi yuqori bo’lgan ayrim individlar havoda radiatsiya yetarli miqdordan ko’p bo’lganida ham yashashlari mumkin. Masalan, ayrim infuzoriyalar YOr yuzidagi tabiat radiatsiyalarining dozasidan uch ming marta ko’p bo’lgan nurlanishlarga ham chiday oladi. Ayrim bakteriyalar atom reaktorlarining qozonlarida yashayotganligi olimlar tomonidan qayd qilingan. SHunday qilib, «hayot» moslashishi jihatidan katta zapasga egadir, jumladan muhit sharoitlarining ta’siriga bardosh berish qobiliyati va yanada kengroq tarqalish imkoniyatlariga egadir. SHuning uchun hayotning biosferada tarqalishi bir xil emas. Hayot cho’l zonalarida juda ham kam rivojlangan, ayniqsa tundrada, okeanlarda rivojlanish holatlari juda ham sust bo’ladi. Jonli organizmlarning materiklarda tarqalishini o’rganish, biosferadagi hayotning taqsimlanishini aniqlash tufayli tabiatdagi turlarning nihoyatda xilma-xil ekanligi aniqlandi. V. I. Vernadskiyning fikricha, tabiatdagi turlarning xilma- xilligi, biosferaning turg’unligini oshiradi.Hakiqatda ham biosferadagi turlarning ko’p bo’lishi faqatgina uning muntazamligini oshirib qolmasdan, shu bilan birga uning tabiatdagi ekologik muvozanatni saqlashdagi roli ham beqiyosdir. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling