O‘zbeksiton respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi urganch davlat universiteti magistratura bo`limi “TA`lim va tarbiyaviy ishlar nazariyasi va metodikasi”
II BOB. BIOSFERA TA’LIMOTI VA FUNSIYASI
Download 1.68 Mb.
|
kURS ISHI
II BOB. BIOSFERA TA’LIMOTI VA FUNSIYASI.Biosfera haqidagi ta’limot Biosfera biomassi(quruq modda hisobida) 1,4 trln.tonnaga teng kelsa, uning yillik mahsuldorligi o’n marta kamdir(Akimova, 1998). 2-Jadval Biosferadagi o’simlik va hayvonlar biomassasi
Biosferada modda va energiyaning aylanma harakatlari to’xtovsiz amalga oshadi. Moddalarning aylanma harakati deganda kimyoviy elementlarning ko’chib yurishi, yoki migratsiyasi tushuniladi. Kichik biologik va katta geologik aylanma harakatlar ajratiladi. Biologik aylanma harakatda qatnashadigan organizmlarning produtsent, konsument va redutsent ekologik guruhlari ajratiladi. Produtsentlar uglerod, quyosh energiyasi va suv ishtirokida organik mahsulotlarni yaratadi, konsumentlar birlamchi mahsulotni iste’mol qiladi va redutsentlar organik moddalarni parchalaydi. YAshil o’simliklar quyosh energiyasidan foydalanib, tirik moddalarning birlamchi mahsulotini hosil qiladi, SO2 ni o’zlashtirib O2 ni ajratadi. Hayvonlar o’simliklar bilan oziqlanadi, kislorodni o’zlashtirib SO2 ni ajratadi. O’lik hayvon va o’simlik qoldiqlarini hasharotlar, zamburug’lar, bakteriyalar va boshqalar parchalaydi, mineral yoki noorganik birikmalarga aylantiradi. Ular tuproqqa tushib, yana o’simliklar tomonidan o’zlashtiriladi. Katta aylanma harakatda ushbu jarayon quruqlik va okean o’rtasida amalga oshadi. ernadskiy aylanma harakatda ishtirok etadigan tirik moddaning quyidagi besh asosiy funksiyasini ajratadi: gaz funksiyasi-atmosferadagi asosiy gazlar tirik organizmlar faoliyati natijasida vujudga kelgan va yangilanib turadi; biogen moddalarni to’plash funksiyasi-organizmlar tanasida ko’plab kimyoviy elementlarni to’playdi; oksidlanish-qaytarilish funksiyasi temir, oltingugurt, marganets, azot va boshqa elementlarning biogen migratsiyasini ta’minlaydi. Tirik xujayralar ishtirokida oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari millionlab marta katta tezlikda amalga oshadi; biokimyoviy funksiya-tirik moddaning ko’payishi, o’sishi va ko’chishi, o’lgan organizmlarning parchalanishi va chirishi bilan bog’liqdir.; insonning biogeoximik faoliyati- oraliq moddalarni(ko’mir, neft’, gaz va boshqalar) ko’plab chiqarish va ishlatish . Er yuzida tirik moddaning asosiy sayyoraviy funksiyasi fotosintez jarayonida quyosh energiyasini bog’lash va uni zaxiraga o’tkazishdir. Organizmlar tog’ jinslarining nurashida, tuproq hosil bo’lishida, rel’yef shakllarini o’zgarishida, qazilma boyliklarning paydo bo’lishida va atmosferaning hozirgi tarkibini vujudga keltirishda katta rol o’ynaydi. To’xtovsiz davom etadigan va tirik organizmlar faoliyati tufayli tartibga solinib turadigan moddalarning doimiy aylanishi biosferaning o’ziga xos belgisidir. Atmosferada sarf bo’ladigan kislorod o’rnini fotosintez va boshqa jarayonlar natijasida to’ldirib turiladi. O’simliklar karbonat angidridni yutib, organik mahsulot yaratadi. Biosferada suvning almashinuvida tirik moddalar katta rol o’ynaydi. Biosferadagi organizmlar azot, kaliy, kremniy, fosfor, oltingugurt va boshqalarni aylanib yurishida bevosita ishtirok etadi. Demak, moddalarning tabiatda to’xtovsiz aylanib yurishida tirik mavjudotlarning ahamiyati juda katta. Biotik aylanishda million tonnalab fosfor va azot, katta miqdordagi kaliy, kal’siy, temir hamda juda ko’p miqdorda suv ishtirok etadi. Suvning aylanishida bug’lanish, transpiratsiya jarayonlari muhim rol o’ynaydi. O’simliklarning yer ustki qismlari tomonidan suvning bug’lantirilishi ko’tarish kuchini hosil qiladi, tuproqdan eritmalarni oladi. Ular o’simlikni suv bilan birgalikda mineral tuzlar bilan ham ta’minlaydi. Suv tuproqdan bug’ holatida atmosferaga ko’tarilib, soviydi, keyin kondensatsiyalanib, yomg’ir holida u yana quruqlikka yoki okeanlarga qaytib tushadi. Biosferada SO2 ham davriy aylanadi(19-rasm.). Atmosferada 0,03% SO2 bor. Fotosintez jarayonida o’simlik atmosferadan SO2 ni yutadi va organik modda hosil qiladi va oziq zanjirlari orqali hayvonlarga o’tadi. Uglerod o’simliklar va hayvonlarning nafas olishi va boshqa jarayonlarda ajralib chiqadi. V.I.Vernadskiyning ko’rsatishicha, tirik organizmlar biosferada kimyoviy elementlar migratsiyasi (ko’chib yurishi)ning asosiy omillaridir. Bu migratsiyani ikkita qarama —qarshi, ammo, o’zaro bog’langan jarayon keltirib chiqaradi: 1) quyosh energiyasi hisobiga anorganik tabiat elementlaridan tirik moddaning tarkib topishi; 2) organik moddalarning energiya ajralib chiqishi bilan birga davom etadigan yemirilishi. Bunday yemirilish jarayonida organik moddalar mineral moddalarga aylanadi. Turli moddalarning migratsiya qobiliyati mutlaqo bir xil emas. Lekin davriy sistemadagi kimyoviy elementlarning ko’pchiligi biosferada faol ravishda migratsiyalanish qobiliyatiga ega. Bunday faol migrantlarni ikki gruppaga bo’lish mumkin: Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling