O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti


Download 1.01 Mb.
bet245/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   287
84. O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti.
Ittifoq tarkibida bo’lgan O’zbekiston respublikasi, uning rahbar tashkilotlari huquqlari cheklangan edi. Ular markazning ko’rsatmalariga binoan ish olib borardi. 70-80-yillarda boshqaruvning o’ta markazlashtiriluvi, ma'muriy-buyruqbozlik tizimining hukmronligi avj oldi. Bu hol respublika ma'muriyatini mustaqil ish tutish va tashabbus ko’rsatish imkonidan mahrum etdi. O’sha davrdagi sovet jamiyatining siyosiy tizimiga partiya, sovetlar, kasaba uyushmalari, yoshlar tashkilotlari kirardi. Tizimning asosiy ustuni partiya hisoblanardi. U o’zini rahbarlik qiluvchi va yo’naltiruvchi kuch hisoblab, sovetlar va jamoat tashkilotlariga o’z irodasini amalda zo’rlik bilan o’tkazib kelardi. Qonun chiqaruvchi va ijrochi hokimiyat ittifoqdagi singari, respublikada ham rasman sovetlar ixtiyorida edi. 1950-1959-yillarda O’zbekiston Oliy Soveti Prezidiumiga Sh.R. Rashidov boshchilik qildi. Sharof Rashidovich Rashidov (1917-1983) - respublikaning atoqli davlat, jamoat va siyosiy arbobi, o’zbek yozuvchisi. 30-40-yillarning ikkinchi yarmida u Samarqand viloyati gazetasi, so’ngra «Qizil O’zbekiston» gazetasi muharriri bo’lib ishladi. O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi boshqaruvi raisi bo’ldi. 1959-yildan to umrining oxirigacha O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Kormtetining birinchi kotibi bo’lib keldi. U iste'dodli tashkilotchi va rahbar edi. Uning ishtirokida O’zbekiston iqtisodiyoti va madaniyatini rivojlantirishda muayyan muvaffaqiyatlar qo’lga kiritildi. Paxtachilikni rivojlantirish, yangi yerlarni o’zlashtirish, 1966-yildagi ziiziladan so’ng Toshkentni qayta tiklash ishiga u ko’p kuch-quvvat va g’ayratini sarfladi. Toshkent metropoliteni qurilishi uning tashabbusi bilan boshlangan. Metropolitenning birinchi navbati 1977-yil 6-noyabrda ishga tushirildi. Hokimiyatning joydagi siyosiy organlari. Oliy Sovetdan boshlab to qishloq sovetigacha bo’lgan organlar boshqa ishlar bilan bir qatorda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish masalalari bilan ham shug’ullanar edi. Biroq ularning faoliyatini boshqaruvning ma'muriy-buyruqbozlik tizimi bo’g’ib qo’yardi. Sovetlarning mo’ljallangan tadbirlarni amalga oshirishga mablag’lari ham bo’lmagan. SSSR Konstitutsiyasining 6-moddasida KPSSning sovet davlatidagi yetakchi roli qonuniy mustahkamlab qo’yilgan edi. Ushbu moddada kompartiya jamiyatning rahbarlik qiluvchi va yo’naltiruvchi kuchi deb yozib qo’yilgandi. Konstitutsiyaning bu moddasi jamiyatda kompartiyaning yetakchilik rolini ta'minlab berdi, uning sovet, jamoat tashkilotlari ustidan hukmronlik qilishi uchun asos bo’ldi. Partiya sovetlarning vazifalarini ham amalda o’zi bajarib keldi. Sovetlar ikkinchi darajali masalalarni ham partiya komitetlaridan rozilik olmasdan hal qila olmasdilar. Xo’jalik rahbarlari o’z muammolari bilan sovetlarning ijroiya komitetlarini chetlab o’tib, to’g’ridan-to’g’ri partiya organlariga murojaat qilardilar. Fuqarolarning ijtimoiy-maishiy masalalarga doir shikoyat va takliflari ham partiya komitetlari tomonidan ko’rib chiqilardi. Jamoat tashkilotlari huquqlarining cheklanganligi. Kasaba uyushmalari eng ommaviy mehnatkashlar tashkiloti bo’lgan. Kasaba uyushmalarining eng muhim vazifalari mehnat sharoitlarini, mehnatkashlarning turmush va dam olish sharoitlarini yaxshilash, ularning haq-huquqlari va manfaatlarini himoya qilishdan iborat edi. Biroq 1970-1985-yillarda ular ham boshqarishning ma'muriy-buyruqbozlik tizimi ta'siridan chetda qolmadi. Korxona rahbari kasaba komitetiga buyruq bera olar, kasaba komiteti esa ma'muriyatning xohish-istagiga itoatkorona bo’ysunardi. Totalitar tuzum kasaba uyushmalarini mehnatkashlarning manfaatlarini himoya qilish huquqidan amalda mahrum etdi. Partiya organlari ularning faoliyatiga mudom aralashar edi. Kasaba uyushmalarini mustahkamlash bahonasida partiya komitetlari uyushmalarga rahbarlikka ko’pincha partiya kadrlarini tavsiya etardi. Partiya organlari yoshlar tashkilotlari va boshqa jamoat tashkilotlariga ham qonunga xilof ravishda tazyiq o’tkazib keldi. O’zbekiston Kompartiyasi MK o’zining qarori bilan yoshlar tashkilotiga xotin-qizlar o’rtasida siyosiy-tarbiyaviy ishlarni olib borishni tubdan o’zgartirishni, O’zbekiston yozuvchilar, kompozitorlar, rassomlar uyushmalariga respublika ayollari haqida yangi asarlar yaratishni tashkil qilishni va boshqa vazifalarni yukladi. Bundan ko’rinadiki, partiya organlari jamoat tashkilotlari ustidan hukmronlik qilgan. Ular partiya idoralarining ko’rsatmalarini bajarishga majbur bo’lganlar. Bajarmagan rahbarlar o’z lavozimlaridan ozod etilardi. O’sha davrda «partiya nomenklaturasi» (partiya organlari bilan kelishib tayinlanadigan lavozimlar) deb atalgan tartib-qoida mavjud edi. Mas'ul lavozimlarga partiya a'zolari tayinlanar edi. Shu bilan birga, sovet apparati, jamoat tashkilotlari rahbarlari partiya markaziy komiteti, viloyat, shahar va tuman komitetlari hay'atiga kiritilgan. Natijada sovet, kasaba uyushmalari, boshqa jamoat tashkilotlari partiya organlari bilan qo’shilib, bir bo’lib ketdi. Shu yo’l bilan partiya organlari ularni o’ziga to’la bo’ysundirib oldi. Sovet, jamoat tashkilotlarining partiya organlariga tobeligi ijodiy faoliyatning susayishiga, to’rachilik va qog’ozbozlikka olib keldi. Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi, partiya tashkilotlarining buyruq berib rahbarlik qilish usulining kuchayishi va mayda vasiyligi amalda jamoat tashkilotlari huquqlarini chekladi, bu tashkilotlar ommadan ajrahb, mehnatkashlar oldida o’z obro’-e'tiborlarini yo’qotdilar. O`z KPning siyosati. O’zbekiston Kompartiyasi va uning quyi tuzilmalari, butun KPSSda bo’lganidek, jamiyatdagi to'rachilik ko’rinishlariga qarshilik ko’rsatmadi, ma’muriy-buyruqbozlik tuzimiga payvasta bo’lib qo’shilib ketdi. Partiya rahbarlik qilishning ma'muriy, zo’ravonlik usul-amallarini o’ziga qurol qilib oldi, siyosiy tashkilotga xos xususiyatlarini tobora yo’qotib bordi. O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetidagi soha bo’limlarining aksari davlat boshqaruvi soha tizimlarini takrorlar edi. Mavjud ma'lumotlarga ko’ra, partiya plenumlarida ko’rilgan masalalarning 80 foizga yaqini xo’jalik sohasiga tegishli bo’lgan. Paxtachilik, chorvachilik, umuman, qishloq xo’jaligi, sanoat qurilishi va boshqa sohalarning vazifalari va rivojlanish istiqbollarini plenum qarorlari belgilab berardi. Bu qarorlar xo’jalik organlarining shu masalalar yuzasidan bergan buyruq va ko’rsatmalaridan kam farq qilardi. Partiya organlari xo’jalik muammolariga sho’ng’ib ketib, odamlar bilan ishlashga, siyosiy masalalarga, ijtimoiy va ma'naviy hayot sohalariga e'tiborni susaytirib qo’ydilar. O’tgan yillarda respubhkaning partiya, sovet organlari, jamoat tashkilotlari markaz nazorati ostida amalga oshirgan ishlar hayot talablariga javob berolmay qoldi. Ma'muriy-buyruqbozlik yo’li bilan bu siyosatni amalga oshirishga urinish natija bermadi. O’zbekiston iqtisodiyotining rivojlanish sur'atlari tobora pasayib, respublikada iqtisodiy va ijtimoiy tanglik kuchayib bordi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling