Parodont kasalliklarini diagnostik tekshiruvlarga asoslanib, xirurgik davolashga tayyorlash. Ochiq kyuretaj va vidman- neyman usullari


Download 198.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana23.01.2023
Hajmi198.21 Kb.
#1110938
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 mavzu

Ochiq kyuretaj. Bunda ko‘rish qobiliyatining nazorati ostida granulyasiyalar, tish 
karashlarini butunlay olib tashlash va ildiz yuzalariga sifatli qayta ishlov berish uchun tishlararo 
so‘rg‘ichlarni kesish yo‘li orqali cho‘ntaklar ochiladi. Tishlararo so‘rg‘ichlar ochilib, 
cho‘ntaklarning lunj va til tomondagi devorlari suriladi (suyak usti pardasini ko‘chirmay turib). 
qayta ishlov berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Operatsiya qotuvchi bog‘lam yoki yopishqoq plyonkaning qo‘yilishi bilan tugallanadi. 
Operatsiyadan keyin bemorni parvarishlash qoidalari xuddi yopiq yoki oddiy kyuretajdagi 
singari amalga oshiriladi. «Ochiq» yoki «yopiq» kyuretaj atamalariga nisbatan davom etayotgan 
diskussiyalar haqida gapirib o‘tish o‘rinlidir, chunki ularning har biri invaziv va doimo ochiq 
aralashuv hisoblanadi. Boshqa tomondan esa «ochiq» yoki «yopiq» kyuretaj atamalari bilan aniq 
metodika belgilanadi. Lahtakli operatsiyalar avvaldan sof operativ aralashuvlar toifasiga kiritilib, 
tor doiradagi jarroh-parodontologlarning vakolatlariga kiradi. Asosiy lahtakli operatsiya sifatida 
Seщinskiy—Vidman— Neyman opretsiyasi hisoblanib, u mualliflarning xuddi shunday 
xronologik tartibi bo‘yicha mos ravishda 1914, 1918 va 1920 yillarda taklif etilgan.
Bunday operatsiyani ishlab chiqishning zarurati kyuretajning sanab o‘tilgan usullari 
orqali operatsiya maydoniga yaxshi yo‘lni topish, cho‘ntaklarga, sezilarli suyak destruksiyalarida 
shikastlangan alveolyar o‘siqlarga ishlov berish imkoniyatining yo‘qligi bilan tushuntiriladi. Bu 


aynan kyuretajni takomillashtirish hisoblanadi. Operatsiya qilinayotgan sohaning chekkalari 
bo‘yicha o‘tuvchi burmagacha qo‘shimcha vertikal kesmalarni qilish, ikkala tish qatori shilliq - 
suyak usti pardasi lahtagining ko‘chishi shifokorga yangi imkoniyatlarni ochib beradi.
Operatsiya uslubi. Dastlab tishlarni davolash, yallig‘lanishga qarshi puxta ravishdagi 
terapiya, tanlab charxlash ishlari amalga oshiriladi. Dori vositalari yordamida mahalliy 
davolashga qo‘shimcha ravishda dastlab parodontal cho‘ntaklar mikroflorasining sezgirligi 
aniqlangandan so‘ng, antibiotiklarni ichish buyuriladi. Bemorni gigienik o‘qitish va bir necha 
bor gigienik nazoratni amalga oshirish shart bo‘ladi. Og‘riqsizlantirishdan so‘ng, avvaldan 
aniqlanadigan operatsiya sohasining chegaralari bo‘yicha, tishlararo so‘rg‘ichlar tomoniga o‘tib, 
o‘tuvchi burmagacha ikkita vertikal kesim amalga oshiriladi. So‘ngra milk chekkalari bo‘yicha 
1,5—2 mm masofada lunj va til tarafdan gorizontal kesimlar amalga oshiriladi. Tishlararo 
so‘rg‘ichlari kesiladi. Raspator yordamida lunj yuzasidan va 4 – 5mm til yuzasidan o‘tuvchi 
burmagacha shilliq-suyak usti pardasi qavatma-qavat ko‘chiriladi. SHifokor alveolyar suyakdan 
granulyasiyalarni puxta ravishda olib tashlash va kyuretkalar, ilmoqlar qatorida lazer va 
radioaktiv ta’sir qilish usullarini qo‘llagan holda suyak cho‘ntaklariga to‘laqonli qayta ishlov 
berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. So‘ngra dori vositalari yordamida ishlov berish ishlari 
takrorlanadi. Ba’zida jarohat yuzasi quruq bo‘lmasligi uchun suyak va suyak usti pardasining 
qo‘shimcha mexanik jarohati talab etiladi. So‘ngra lahtaklarni o‘z joylariga o‘rnashtirib 
qo‘yiladi.
Tishlarning bo‘yinchalarini operatsiyadan so‘ng ochilib qolishini oldini olish uchun 
lahtaklarni mobilizatsiya qilishning turli usullari qo‘llaniladi: suyak usti pardasi alveolyar 
o‘siqlar asosida kesiladi, lahtakning chekkalari bo‘yicha qo‘shimcha gorizontal va qiyshiq 
kesmalar amalga oshiriladi, parchalangan yoki qisman parchalangan lahtakdan foydalaniladi. 
So‘ngra ushbu lahtaklar tishlarning bo‘yinchalarigacha ko‘tariladi, ularni avval vertikal 
kesmalarning chiziqlari bo‘yicha, so‘ngra har bir tishlararo oraliqning sohalari bo‘yicha 
mahkamlanadi (rasm. 33.9). Biriktiruvchi to‘qimadan iborat tish va milk birikmasining 
shakllanishi, periodont va tish to‘qimasi biriktiruvchi apparati tiklanishi ehtimolligini oshirish 
uchun (og‘iz epiteliysining o‘sib ketishini oldini olish yo‘li bilan erishiladi) har bir tish atrofiga, 
ayniqsa frontal sohada manjet choklari qo‘yiladi [Golbrayx V. V., 1964].
Lahtakli operatsiyalar odatda operatsiyadan so‘ng kuchayib boruvchi tishlarning siljishi 
bilan birga kuzatiluvchi suyakning sezilarli destruksiyasida amalga oshirilishini hisobga olib, 
operatsiya sohasidagi tishlar plastmassa, evikrol va nur bilan qotuvchi massalar yordamida 
shinalanadi. Ba’zida shinalovchi tuzilmalar rejalashtirib, darhol operatsiyadan so‘ng tishlarni 
immobilizatsiya qilish maqsadida ularni operatsiyadan oldin tayyorlab qo‘yiladi.
Lahtakli operatsiyalarning shakllarini tavsiflashning zarurati yo‘qdir. SHuni esda tutish 
zarurki, ularning barchasi ma’lum bo‘lgan aralashuvlarga xos kamchiliklarni bartaraf etish va 
samaradorlikni oshirishga qaratilgandir. Qator holatlarda operatsiya shakllarining paydo bo‘lishi 
to‘qima reparatsiyasi va regressiyasi mexanizmlariga ta’sir etish imkoniyatlari, opersiyalarning 
jarohatlilik darajasini kamaytiruvchi va operatsiyadan keyingi davrni yanada tinchroq kechishini 
ta’minlovchi yangi texnik moslamalarni ishlab chiqish bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu holat lazer 
skalpeli va lazer usullari hamda radiolazerga tegishlidir. YAngi fikrlarning asosiy generatori — 
bu aralashuvlarning doimiy kamchiliklaridir. Ularning asosiysi, bu periodontal tuzilmalarning 
kafolatlangan 
reparatsiyasiga 
erisha 
olmaganligidadir. 
Birlamchi 
kosmetik 
samara 
to‘qimalarning keyinchalik sodir bo‘ladigan retraksiyasi natijasida kamayadi yoki yo‘qqa 
chiqadi. Buning asosiy sababi shundaki, parodontit — bu surunkali yallig‘lanish jarayoni bo‘lib, 
yumshoq to‘qimalardagi yallig‘lanish bartaraf etilgandan so‘ng ham, periodontal tuzilmalarda va 
suyakning o‘zida distrofik o‘zgarishlarning asoratlari saqlanib qoladi. Agar birinchi navbatda 
epiteliy o‘sadigan bo‘lsa (uning regenerator imkoniyati eng yuqori), u holda parodontal cho‘ntak 
kichik o‘lchamlarda bo‘lsa ham tiklanadi, agar suyak o‘sadigan bo‘lsa, u holda suyak – suyak 
ko‘rinishidagi birikma hosil bo‘ladi (ankiloz). Agar periodontal tolalar birinchi bo‘lib tiklansa, 
bu juda yaxshi bo‘ladi: faqat shu holatdagina to‘laqonli birikma shakllanadi. Afsuski, ushbu 
variant eng kam sodir bo‘ladi [Schrsder W., 1982]. CHo‘ntak ichida tishlar ildizlarining ochilib 


qolgan yuzasining holati muhim ahamiyatga ega: ularning mikrob toksinlari, patologik oqsil 
komplekslari bilan chuqur penetratsiyasi periodontal tutamlarga sementning yuqori qatlam 
tuzilmalari bilan birikma hosil qilishiga imkon bermaydi. Yo‘qotilgan suyakni maksimal 
ravishda to‘ldirish uchun organik va nooorganik moddalar hamda to‘qima ulamalari tavsiya 
etilgan. Tish va milk birikmasi shakllanishining ehtimolligini oshirish maqsadida ildiz yuzalariga 
qayta ishlov beruvchi turli vositalar sinab ko‘rilgan. Parodontal tuzilmalardagi trofik jarayonlar 
faolligini oshirish maqsadida ko‘pgina fizik va farmakologik vositalar, qo‘shimcha jarrohlik 
aralashuvlari (xususan, suyak usti pardasining ostidan yo‘lakchani shakllantirish va uni to‘qima 
ulamalari bilan bilan to‘ldirish) tavsiya etilgan. Davolashning natijalari suyak destruksiyasining 
xarakteri va suyak cho‘ntaklarining shakliga bog‘liq bo‘ladi. Agar suyak nuqsoni uchta 
tomondan alveolyar suyak bilan va bitta tomonidan ildiz yuzasi bilan chegaralangan bo‘lsa, 
ularni to‘rt devorli nuqsonlar deb ataladi. Agar cho‘ntakning ikkita devori alveolyar suyakdan va 
bittasi ildiz yuzasidan iborat bo‘lsa, bu uch devorli nuqsonlardir. Uch va to‘rt devorli nuqsonlarni 
davolash eng muvaffaqiyatli hisoblanadi. Agar ikki devorli nuqsonlar mavjud bo‘lsa, ildizlararo 
birikma sohasi ochilgan bo‘lib (bi-, trifurkatsiyalar), vertikal destruksiya o‘choqlari suyakning 
bir tekis gorizontal emirilishi bilan birgalikda kuzatilsa, u holda jarrohning vazifasi 
murakkablashadi. Buning ustiga klinik o‘zgarishlar bir xil bo‘lganda va adekvat operatsiyada, 
uning samaradorligi turli odamlarda farq qiladi. Aynan ko‘rsatib o‘tilgan sabablar bo‘yicha 
yagona usulni nafaqat turli bemorlarda, balki bitta bemorda parodontning turli sohalarida 
qo‘llash qiyin bo‘ladi. SHuning uchun olimlar va amaliy shifokorlar asosiy usullarga doimiy 
ravishda o‘zgartirishlar kiritib turishga majburdirlar. Ushbu usul shakllaridan osteoplastik 
materiallarning qo‘llanilishi, membranalar yordamida parodont to‘qimalarining yo‘naltirilgan 
tiklanishi, shuningdek, tish ildizlariga kimyoviy ishlov berish kabilar samarali hisoblanadi. 

Download 198.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling