Parodont kasalliklarini diagnostik tekshiruvlarga asoslanib, xirurgik davolashga tayyorlash. Ochiq kyuretaj va vidman- neyman usullari


Download 198.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana23.01.2023
Hajmi198.21 Kb.
#1110938
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 mavzu

Klinik tekshiruv usullari – bemorni so‘rab – surishtirish va ko‘rish. So‘roqlaganda 
(So‘rab – surishtirish) bemorning yoshi, kasbi, ovqatlanish xususiyati (xarakteri ) 
(ovqatlanishning muntazamligi, ovqat ratsionida uglevodlar, oqsillarning miqdori (ko‘pligi) va 
b.q.), bemorning ota-onasi yoki boshqa oila a’zolarining bunday kasallik bilan og‘rib o‘tgan yoki 
og‘rimaganligi aniqlanadi. Ichki a’zo va tizimlarida boshqa kasalliklari bor yoki yo‘qligini 
aniqlash muhimdir. 
Kasallik anamnezi. SHikoyatlar, ularning xususiyati (xarakteri ) (noxush hid, milklarning 
qonashi, tishlarning qimirlashi va h.z.), jarayonning kechishi (tez, sekin, vaqti-vaqti bilan) 
aniqlanadi. Kasalikning tez avj olishi kuzatilganda (tishlarning qimirlashi, tushishi) avvalo 
qandli diabet kasalligini inkor etib, so‘ngra boshqa umumiy va stomatologik belgilarni (og‘iz 
bo‘shlig‘ida quruqlik, achishish, chanqash, tana vaznining o‘zgarishi va b.q.) aniqlash lozim 
bo‘ladi. 
Bemorni ko‘rish. Tashqi tomondan ko‘rish va og‘iz bo‘shlig‘i ko‘rigi farqlanadi. 
Bemorning kayfiyati, o‘zini tutishi (ta’sirchanlik, tushkunlik, odamovilik va h.z.), teri 


qoplamalarining rangi, regionar limfa tugunlarining holati va bemorning xolatiga e’tibor beriladi. 
Gorizontal, vertikal va sagital yuzalar bo‘yicha yuzning proporsiyasi aniqlanadi. 
Mahalliy statusni aniqlash. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini tabiiy yorug‘likda ko‘rish 
maqsadga muvofiqdir. Milk shilliq qavati holatiga e’tibor berilb, uni shartli ravishda uchta 
qismga bo‘linadi: tishlararo milk so‘rg‘ichi, milk qirrasi, alveolyar o‘siqni qoplab turgan qism. 
Ko‘rik vaqtida milkni rangiga ham e’tibor berish kerak (to‘q-qizil rang o‘tkir yallig‘lanishda, 
ko‘kimtir rang surunkali yallig‘lanishda). 
Tishlarni ko‘rish patologik jarayonni og‘irlashtiruvchi omillarni aniqlash va bartaraf etish 
maqsadida katta ahamiyatga ega. Tishlar orasidagi aloqalarning zichligi, diastemalar
tremalarning mavjudligi, do‘mboqchalarning yaqqol namoyon bo‘lishi aniqlanadi. Ko‘rik 
vaqtida tish karashlarining mavjudligiga e’tibor qaratiladi. 
Mahalliy xolatni baholashning keyingi bosqichi bu tishlar joyidan siljishining darajasini 
aniqlashdir. SHartli ravishda tishlar joyidan siljishining 4 darajasi farqlanadi: 1 daraja – 
tishlarning vestibulo – oral yo‘nalishi bo‘yicha 1 mmdan kam masofaga siljishi; 2 daraja – 
vestibulo – oral va medio – distal yo‘nalishi bo‘yicha 1 mm gacha bo‘lgan masofaga siljish; 3 
daraja – tishning vestibulo – oral va medio – distal yo‘nalishi bo‘yicha 1 mm dan ko‘p bo‘lgan 
masofaga siljishi; 4 daraja – suyak to‘qimasining to‘liq destruksiyasi va tishning barcha 
yo‘nalishlari bo‘yicha siljishi. 
Parodontal cho‘ntakning chuqurligi maxsus zond yordamida o‘lchanadi. O‘lchash 
parodontdagi patologik jarayonning barcha bosqichlarida tishning 4 tarafidan olib boriladi.
Prikusning holati, birlamchi yoki ikkilamchi jarohatdan keyingi okklyuziyaning 
mavjudligi. Oklyudogramma mumdan qilingan kontakt plastinkalar yoki folgadan tayyorlangan 
taglikga ega bo‘lgan maxsus taqasimon gazmollarga tushirilgan izlar asosida tuziladi. Mumdan 
tayyorlangan plastinka og‘iz bo‘shlig‘iga kiritilib, bemorga jag‘larni markaziy, sagital va 
transversal okklyuziya holatida berkitish taklif etiladi. Plastinkaga olingan izlarni maxsus 
belgilarni qo‘llagan holda tish formulasiga o‘tkaziladi: (+) – kontaktning mavjudligi, ( - ) – 
kontaktning yo‘qligi.

Download 198.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling