Paxtachilik klasterining rivojlanishi


Demografik rivojlanish tarixi


Download 45.15 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi45.15 Kb.
#1575068
1   2   3

Demografik rivojlanish tarixi


Bolalar Registonda suratga tushishmoqda. Oʻzbekiston aholisining toʻrtdan bir qismidan oshigʻi 14 yoshgachadir.
Oʻrta Osiyo hududida yashagan ibtidoiy odamlarning qad. manzilgohlari quyi paleolit davriga toʻgʻri keladi. Jez davrida Oʻzbekiston hududida chorvador va qisman dehqonchilik bilan shugʻullangan qabilalar yashagan. Bu vaqtda ibtidoiy jamoa davri yemirilib, qabilalar oʻrtasida mulkiy munosabatlar vujudga keldi.
Eron shohi Doro I ning Behistun yozuvlarida oʻzbek xalqining qadimiy ajdodlari xorazmiylar, sugʻ'iylar, saklar, baqtriyaliklar toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan. Yunon va rim tarixchilari Gerodot, Strabon, Arrian va Ptolemey hozirgi Oʻzbekiston hududida yashagan saklar haqida maʼlumotlar qoldirganlar.
Oʻzbeklarning alohida elat boʻlib shakllanishi uzoq-yillar davomida sodir boʻlgan etnik jarayonlar mahsuli dir. Ular O'rta Osiyoning markaziy viloyatlari Movarounnahr, Xorazm, Yettisuv, qisman Sharqiy Turkistonning gʻarbiy mintaqalarida shakllangan. Oʻzbek xalqining asosini hoz. Oʻzbekis ton hududida qadimdan oʻtroq yashab, sugʻorma dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shugʻullanib kelgan mahalliy aholi: sugʻdiylar, xorazmiylar, baqtriylar, chorvador sak-massagetlar kabi etnik guruhlar tashkil etgan. Shuningdek, Janubiy Sibir, Oltoy, Yettisuv, Sharqiy Turkiston hamda Volga va Ural daryolari boʻylaridan turli davrlarda Movarounnahrga kirib kelgan etnik komponentlar ham oʻzbek xalqi etnogenezida ishtirok etganlar. Markaziy Osiyoning keng hududida yashagan bu etnoslar, asosan, turkiy va sharqiy eroniy tillarda soʻzlashganlar. Amudaryo va Sirdaryo havzalari oraligʻining oʻtroq aholisi va chorvador qabila va elatlarning etnik jihatdan dastlabki aralashuvi jarayoni natijasida oʻtroq hayotga moslashgan turkiy hududiy maydon, oʻzbek xalqiga xos antropologik qiyofa shakllangan.
Mil. avv. III-asrda Sirdaryoning oʻrta oqimida Qangʻ davlati hukm surgan davrda Amudaryo va Sirdaryo oraligʻi va unga tutash mintaqalarda iqtisodiy, siyosiy va etnomadaniy aloqalarning tobora rivojlanib borishi natijasida turkiyzabon etnoslar ustuvorlik qilib, oʻziga xos uygʻunlashgan madaniyat yuzaga keladi. Arxeologik va tarixiy majmualarda bu madaniyat „Qovunchi madaniyati“ nomi bilan qayd etilgan. Antropolog olimlarning taʼkidlashicha, aynan shu davrlarda Oʻrta Osiyoning vodiy va vohalarida yashovchi aholining tashqi qiyofasida hoz. oʻzbek va voha tojikla riga xos Oʻrta Osiyo ikki daryo oraligʻi antropologik tipi toʻliq shakllanadi.
Oʻzbek xalqining etnogenezida qatnashgan navbatdagi etnik komponentlar kushonlar hamda 45-asrlarda Oʻrta Osiyoning markaziy viloyatlariga Oltoy, Jan. Sibir va Sharqiy Turkistondan kirib kelgan xioniy, kidariy va eftaliylardir. Shuningdek, oʻzbeklar etnogeneziga Oʻrta Osiyoning markaziy mintaqalari (Toshkent vohasi, Fargʻona, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo vodiylari va Xorazm)ga kelib oʻtroqlashgan turkiy etnik komponentlar faol taʼsir koʻrsatadi. Bu komponent lar va mahalliy aholi oʻrtasidagi etno-madaniy munosabatlarning rivoji natijasida yangi qatlam madaniy yutuqlarining mahalliy madaniy-xoʻjalik anʼanalar bilan jadal uygʻunlashuvi yuz beradi. 7-asrning 30-yillaridan boshlab oʻlkamiz „Turkiston“ nomi bilan atala boshlagan.
8-asrda arab va ajam xalqlarining Oʻrta Osiyoga kirib kelishi bilan mahalliy aholining etnik tarkibida maʼlum darajada oʻzgarishlar sodir boʻlgan boʻlsa-da, ammo mintaqadagi etnik jarayonlar ga kuchli taʼsir etmagan. Bu davrda Movarounnahrdagi oʻtroq va yarim oʻtroq turkiyzabon aholi, sugʻdiylar va Xorazmning tub yerli aholisi oʻz hududlarida arablar hukmronligida yashaganlar.
911-asrlarda Movarounnahrda yaxlit turkiy qatlam, jonli turkiy til muhiti vujudga kelib, oʻz navbatida sugʻdiylar va b. mahalliy etnoslar bilan integratsiyalashuv jarayoni jadallashgan. Bu davrda Movarounnahr va Xorazmda turkiy etnik qatlam kuchli etnik asosga ega boʻlib, bu qatlam asosining aksariyat koʻpchiligi oʻtroqlashgan turgʻun turkiy etnoslardan iborat boʻlgan.
Qoraxoniylar davrida Movarounnahr va Xorazmda siyosiy hokimiyat turkiy sulolalarga oʻtishi munosabati bilan sodir boʻlgan etnik jarayonlar oʻzbek xalqining shakllanishida yakuniy bosqich boʻldi. Aynan shu davrda oʻzbek xalqiga xos elatni belgilovchi hududiy, madaniy -maʼnaviy umumiylik, etnik oʻzlikni anglash maʼlum bir davlat doirasidagi etnik uyushqoqlik, din umumiyligi kabi etnik omillar shakllandi. Bu davrda oʻzbeklarning umum elat tili qaror topdi. Umuman olganda, elat shakllanishi dagi muhim ahamiyatga molik aksariyat etnik alomatlar shakllanib yetiladi. Shunday qilib, asrlar osha yurtimizda kechgan oʻta murakkab siyosiy vaziyatda muttasil davom etgan etnik jarayonlar natijasida 1112-asr boshlarida oʻzbek xalqi shakllandi.
Oʻzbekiston aholisining ijtimoiy -iqtisodiy va demografik rivojlani shi 19-asrning 2-yarmidan boshlab podsho Rossiyasi bosib olgandan soʻng keskin oʻzgardi. Bu holat aholi soni, milliy va yosh-jinsiy tarkibi, koʻpayish surʻatlari, joylashish xususiyatlarida oʻz aksini topdi.
Yoʻnalishiga koʻra tashqi aholi migratsiyasi va ichki aholi migratsiyasi farqlanadi. Tashqi aholi migratsiyasi mamlakatdan chiqib ketish (muhojirlik), ichki Aholi migratsiyasi esa mamlakat doirasida, viloyat va tumanlararo yashash joyining oʻzgarishi. Migratsion jarayonlarda ishtirok etuvchilar — migrant (muhojir)lar, migratsiya oqimi shakllanuvchi hudud — migrantlar chiquvchi, ular borgan hudud — migrantlar oʻrnashuvchi region deyiladi. Muayyan mamlakatdan boshqa biron-bir mamlakatga aholining koʻchib ketish jarayoni emigratsiya, unda ishtirok etganlar esa emigrantlar deyiladi. Va, aksincha biron bir boshqa mamlakatdan maʼlum mamlakatga aholining koʻchib kelishi immigratsiya, unda ishtirok etganlar immigrantlar (kelgindilar) deyiladi.
Aholi migratsiyasi doimiy (turar joyni uzil-kesil oʻzgartirish), vaqgincha (shartnoma asosida maʼlum muddatga ishga, oʻqishga va boshqa sabablar bilan mamlakatdagi bir maʼmuriy-hududiy birlikdan boshqasiga borish, yoxud xorijga ketish), mavsumiy (iqtisodiyot tarmoklari — qishloq xoʻjalik, undiruvchi sanoat sohasi yumushlari, davolanish, dam olish va boshqa sabablarga koʻra koʻchish), mayatniksimon (mokisimon) (ertalab ishga, oʻqishga ketib, kechqurun uyiga qaytib kelish) migrasiya turlari boʻladi. Maʼlum vaqt davomida hududga koʻchib kelgan va koʻchib ketgan kishilar soni oʻrtasidagi farq migratsiya saldosi deyiladi. Baʼzan migratsiyaga turizm, kurortga borish, ziyorat, shuningdek mokisimon qatnovchilarni ham kiritadilar, lekin turar joyni oʻzgartirmagani uchun ularni Aholi migratsiyasiga kiritish mumkin emas.
Qishloq aholisi hisobiga shaharlarda yashovchi aholining toʻxtovsiz oʻsib borish tendensiyasi ham mavjud. Qishloqlarda yashash sharoitining shaharlarga nisbatan maʼlum darajada noqulayligi, uning ayniqsa yoshlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatlardan toʻla qondira olmasligi bu tendensiyaga sabab boʻladi.
Oʻzbekistonda aholi migratsiyasi jarayoni yangi zavod va fabrikalarning qurilishi, 50-60-yillarda Navoiy, Zarafshon, Uchquduq, Bekobod, Angren, Olmaliq, Yangiyer va boshqa sanoat shaharlarining barpo etilishi hamda ularni ishchi kadrlar bilan taʼminlash maqsadida shoʻrolar davrida SSSRning markaziy sanoat rayonlaridan aholini ommaviy koʻchirib keltirish hisobiga boʻldi. Natijada bu sha-harlarda tub joy aholisi ozchilikni tashkil etib, koʻpchiligi Respublika tashqarisidan yoʻllanma bilan kelgan kishilar boʻldi. 1966-yilgi Toshkent zilzilasidan soʻng Toshkent shahri aholisi ham ikki baravardan ziyod ortdi. Urush yillarida oʻz yurtlaridan qochoq boʻlganlar va badargʻa qilinganlar ham Oʻzbekistonda qoʻnim topdilar.
Aholi migratsiyasi jarayoniga tarixiy va milliy anʼanalar ham taʼsir koʻrsatadi. Oʻrta Osiyo xalqlarida, jumladan oʻzbeklarda tugʻilib oʻsgan joyga mehri balandligidan migratsiyaga moyillik ancha sust Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida yangi strategiya ishlab chiqilib, unda eksportning xom ashyoviy yo`nalishini bartaraf etish hamda xorijiy investitsiyalar oqimi kengayishiga ko`maklashish kabi yo`nalishlar belgilab olindi. Mamlakatda tashqi iqtisodiy aloqalar tizimi, ularni yo`lga qo`yishdagi asosiy tamoyillar ishlab chiqildi. Xorijiy davlatlar firma, bank tizimlari bilan aloqalarni barpo etish yo`lida siyosiy, huquqiy va tashkiliy omillar yaratildi. "Tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risida", "Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoyadorlar faoliyatining kafolatlari to`g`risida"gi va boshqa bir qator qonun va me`yoriy hujjatlar qabul qilindi. Ular tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish uchun sharoit yaratdi. 

Bu haqda O'zbekiston Davlat Statistika qo'mitasi xabar tarqatgan.


Goskomstatga ko'ra, eng ko'p qo'shma korxona Toshkent shahrida tashkil etilgan.
Yil boshidan buyon O'zbekiston poytaxtida 222 ta chet el investitsiyasi yotqizilgan korxona ish boshlabdi.
Toshkent viloyatida 31, Farg'ona viloyatida 17, Samarqand viloyatida 13, Jizzax viloyatida 12, Navoiy viloyatida, Surxondaryoda 5 va Sirdaryo viloyatida ham beshta qo'shma korxona yanvardan-sentyabrgacha ro'yxatdan o'tkazilgani xabar qilinadi.
Statistika qo'mitasiga ishoniladigan bo'lsa, O'zbekistonga sarmoya yotqizishga eng ishqibozlar xitoyliklar ekan.
O'zbekiston bilan Xitoy o'rtasida 85 qo'shma korxona, Rossiya bilan 53, Buyuk Britaniya bilan 28, Janubiy Koreya bilan 27, Turkiya bilan 22, Hindiston bilan 12 hamda Qozog'iston bilan 11 hamkorlikda biznes boshlangani xabar qilinmoqda.
O'zbekiston biznes yuritish uchun muhiti toqatsiz mamlakat deb ko'riladi.
Bir paytlar O'zbekistonning chet elliklar bilan muvaffaqiyatli biznes hamkorligi namunalari deb ko'rilgan nomdor shirkatlar ham mamlakatni tark etishga majbur bo'lganlar.
O'zbek rasmiylari o'z statistik ma'lumotlarida to'g'ridan-to'g'ri xorij sarmoyalari ko'rsatkichlarini e'lon qilmay qo'yganlar.
Misol uchun, statistika qo'mitasi 325 qo'shma korxonadagi xorij sarmoyasi qanchani tashkil etganini ochiqlashni istamagan.
Xo'sh, to'qqiz oy mobaynida 325 ta chet el sarmoyasi bilan korxona tashkil etilgani O'zbekistondek mamlakat uchun ko'pmi yoki oz?
BBC ushbu savolni Toshkentda biznes yuritgan turkiyalik ishbilarmon Vohid Guneshga berdi.

Download 45.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling