Personal faoliyatini baholashning zamonaviy uslublari
Download 455.67 Kb.
|
12-mavzu PB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Guruhiy bahs usuli.
- Taqqoslash usullari
Bayon usullariga eng avvalo tarjimai hol bayoni asosida mutaxassis faoliyatini baholash tajribasini kiritish mumkin. Ushbu usullar guruhiga shuningdek, rahbarlar tomonidan mutaxassis faoliyatiga og‘zaki yoki yozma tavsif berish ham taalluqlidir.
Bayon usullariga yana quyidagilar kiradi: „Muammoli voqealar" usuli. U mutaxassis tomonidan attestatsiya qilinayotgan davr faoliyatida erishgan eng yuksak natijasi yoki yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini qayd etishdan iboratdir. Guruhiy bahs usuli. Bu usulda ekspertlar guruhi (bu guruh tarkibida attestatsiya qilinayotgan mutaxassisning bevosita rahbari ham bo‘lishi mumkin) mutaxassis bilan uning faoliyati haqida yakkama-yakka suhbatlashadi. Ana shu suhbat yakunlari asosida attestatsiya qilinayotganlar orasidan eng malakali, tashabbuskor, ishchan, mas’uliyat hissi kuchli, mustaqil faoliyat ko‘rsatishga qodir mutaxassislar tanlab olinadi. Taqqoslash usullari ham bayon usullari guruhiga kiradi. Taqqoslash quyidagi usullarda amalga oshiriladi: etalon usuli. Ushbu usulda korxonadagi eng yaxshi muta-xassislar etalon sifatida qabul qilinadi. Firma mutaxassislari faoliyati ana shu etalon hamkasblari mezonlariga taqqoslash asosida attestatsiya qilinadi; matritsa usuli. Bu usulda mutaxassisning amaliy sifatlari u egallab turgan lavozim uchun talab qilinadigan sifatlarga taqqoslanib, attestatsiya qilinadi; erkin yoki majburiy tanlov usuli. Mazkur usulda ham attestatsiya qilinayotgan mutaxassis sifatlari avvaldan belgilab qo‘yilgan talablarga taqqoslanadi; aralash usullar asosida ham bayon tamoyili yotadi. Lekin bu holda baholash miqdoriy ko‘rsatkichlar yordamida amalga oshiriladi. Ularga quyidagilar kiradi: 1. Baholarni jamlash usuli. Mutaxassisning baholangan sifatlari ballari yig‘indisi asosida attestatsiya xulosasi chiqariladi. Belgalangan guruhlar usuli. Attestatsiya qilinayotgan mutaxassislar namoyon etgan sifatlari bo‘yicha guruhchalarga bo‘linadi. SHundan so‘ng bu guruhchalardagi sifati quyi ball bilan baholangan mutaxassislar yuqori ball olgan mutaxassislar bilan almashtiriladi. Download 455.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling