Personal faoliyatini baholashning zamonaviy uslublari


O‘zini tutishning kutilayotgan modeli shkalasi


Download 455.67 Kb.
bet24/30
Sana17.06.2023
Hajmi455.67 Kb.
#1542459
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
Bog'liq
12-mavzu PB

O‘zini tutishning kutilayotgan modeli shkalasi. Ba’zan BARS texnikasi ham deb yuritiladigan ushbu usul rahbar tomonidan baholanayotgan xodimning muayyan sifatini tanlashni talab etadi. Masalan, attestatsiya qilinayotgan xodimning rahbari „Stressga bardosh berish qobiliyati” ustunida mazkur savolga javoblardan birini tanlashi kerak bo‘ladi. YA’ni „Men mazkur xodim stress sharoitida o‘zini quyidagicha tutadi, degan fikrdaman” jumlasi bilan boshlanadigan javob variantlaridan biri tanlanadi:
Vazminligini saqlab qoladi — 5
Kayfiyati tushadi — 4
Jahdi chiqadi — 3
Betartib ish tutadi 2
O‘zini nazorat qila olmay qoladi — 1
Attestatsiya maqsadlaridan kelib chiqqan holda uning ikki tarkibiy qismini farqlash kerak:

  • mehnatni baholash;

  • personalni baholash.

Mehnatni baholash personal mehnatining real mazmuni, sifati, hajmi va intensivligini rejalangani bilan taqqoslashni nazarda tutadi. Bu rejalar odatda yillik va joriy rejalar, dasturlar, texnologiya shartlarida aks ettirilgan bo‘ladi. Mehnatni baholash mehnat:



  • miqdori;

  • sifati;

  • intensivligini aniqlashga xizmat qiladi. Personalni baholashdan maqsad esa xodimning u shug‘ullanayotgan faoliyat turi vazifalarini bajarishga tayyorligi darajasini aniqlash, shuningdek uning martabasi istiqbolini baholash uchun shaxsiy qobiliyati imkoniyatlarini aniqlashdir.

Hozirgi vaqtda kompaniya va firmalarda har bir ish o‘rni uchun ichki standartlar ishlab chiqilgan. Ularda korxonalarda u yoki bu ixtisoslik bo‘yicha ishchi, xizmatchi, mutaxassis qaysi amaliy va shaxsiy sifatlarga ega bo‘lishlari kerakligi aniqbelgilab qo‘yilgan (11.7- rasm).



YUqoridagi talablardan kelib chiqqan holda, mutaxassislar attestatsiyasini tashkil etishga batafsilroq to‘xtaylik.


Eng avvalo, ixtisosliklar faoliyatini baholashning asosiy mezonlariga aniqlik kiritish lozim bo‘ladi. Amaliyotda ular asosan quyidagilardan iborat ekanligi ma’lum:

  • ijtimoiy faolligi;

  • mutaxassis mehnat samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa amaliy, maxsus va shaxsiy sifatlari.

Mutaxassisning ixtisosligi bo‘yicha malakasi quyidagi omillar bo‘yicha baholanadi:

  • maxsus ma’lumotdarajasi;

  • mazkur xizmat vazifasidagi ish tajribasi;

  • ixtisosligi bo‘yicha ish tajribasi;

  • korxona uzluksiz ta’lim tizimida umumiy va maxsus bilimlarini oshirishi;

  • ushbu korxonadagi ish staji (bu mutaxassisning ishlab chiqarish xususiyatlari va sharoitlaridan xabardorligi darajasini ko‘rsatadi);

  • malaka oshirishi davriyligi (mutaxassis bilim va ko‘nikmalari hozirgi davrda tez eskirib qolishini hisobga olgan holda kamida 5 yilda bir marta yangilab turilishi kerak).

Mutaxassisni baholash mezonlarini ikki guruhga birlashtirish mumkin:


  1. Download 455.67 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling