Personal faoliyatini baholashning zamonaviy uslublari
Download 455.67 Kb.
|
12-mavzu PB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Personalni baholashning noan’anaviy usullari keyingi
- Baholashning psixologik usullari
SHaxsiy sifatlarni aniqlash juda oson ko‘rinsa ham, ko‘rsatkichlarning ushbu guruhini tanlash, tavsiflash va hisoblashda jiddiy muammolar yuzaga chiqadi. Bu shaxsiy sifatlar qo‘rsatkichlari muayyan darajada cheklanganligi, ularni baholashda sub’ektivizmdan qochishning murakkabligi, shaxsiy sifatlar namoyon bo‘lishini bevosita kuzatish imkoniyati yo‘qligi bilan bog‘liqdir.
Xodim muayyan ishni bajarar ekan, uning mehnat faoliyati, erishgan natijalarini baholash qiyin emas. Ammo bu faoliyat jarayonida uning shaxsiy sifatlari ochiq-ravshan namoyon bo‘lmaydi. SHuning uchun shaxsiy sifatlarni baholashga juda ehtiyotkorlik bilan yondashish zarur. Kompaniya va firmalarda personalni baholashning turli uslublari (reyting, tabaqalash, test sinovlari, xodim to‘g‘risida menejer fikr-mulohazalaridan iborat bayon uslubi, baholash markazlari va hokazolar) mavjud (11.6- rasm). Xodimlarni baholash ko‘pdan buyon qo‘llanilib kelinmoqda jihatdan xodimlarni baholashning tadrijiy rivojlanishi (11.9-jadval) diqqatga sazovordir. Personalni baholashning noan’anaviy usullari keyingi 10—15 yil ichida qo‘llanila boshlandi. SHu sababli hozirgi vaqtgacha ularni tajriba usullari deb atashadi. SHunday bo‘lsa-da, personalni baholashning noan’anaviy usullari ko‘pgina kompaniya va firmalarda tobora keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. Ulardan eng ommalashgani „360° attestatsiya” nomini olgan. „360° attestatsiya" usulida xodim bevosita o‘z rahbari, o‘z hamkasblari va o‘ziga bo‘ysunadigan xodimlar tomonidan baholanadi. Attestatsiyani amalga oshirish yo‘llari (barcha attestatsiya qilinayotganlar bir xil formani to‘ldiradilar, xodimni hamkasblari va unga bo‘ysunuvchilar tomonidan baholash hay’atlari orqali amalga oshiriladi) ko‘p bo‘lishi mumkin. Lekin ularning mohiyati bitta: xodimni har taraflama (360° asosida) attestatsiya qilishni baholashdir. Baholashning psixologik usullari noan’anaviy attestatsiyaning yana bir turi hisoblanadi. Bunda malakali psixologlar maxsus testlar orqali xodimlarda u yoki bu sifatlarning naqadar rivojlanganligini aniqlaydilar. Ushbu usulda an’anaviy attestatsiyadan farqli o‘laroq, natijalar (egallab turgan lavozimida samarali faoliyat yuritayotganligi) emas, balki xodimning salohiyati aniqlanadi. Kompaniya va firmalarda bu usul asosan bo‘lajak rahbar-lardagi etakchilik sifatlarini aniqlashda ishlatiladi. Download 455.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling