Personal faoliyatini baholashning zamonaviy uslublari
Download 455.67 Kb.
|
12-mavzu PB
Ks = Xb/Xo‘r 100
bunda: Ks — qo‘nimsizlik koeffitsienti; Xb — qo‘nimsizlik sabablari bo‘yscha ishdan bo‘shatilgan xodimlarsoni; Xo‘r — mehnat qilayotgan xodimlarning ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha soni. Qo‘nimsizlikning absentizm ko‘rsatkichlari — xodimlarning uzrsiz — o‘z xohishlari bo‘yicha ishga chiqmasliklari miqdori orqali ifodalanadi. Absentizm quyidagicha hisoblab chiqilishi mumkin: A = Ky / NK yoki A = Cy / S bunda: A — absentizm ko‘rsatkichi; Ky — muayyan davrda ishda bo‘lmaslik oqibati; K— ish kunlari soni; N— xodimlarning o‘rtacha soni; Cy — yo‘qotilgan soatlar umumiy soni; S — grafik bo‘yicha ish soatlari soni. Absentizm sezilarli darajadagi yo‘qotishlarga sabab bo‘ladi. Ular quyidagilardan iborat: xodimning ish joyida amalda bo‘lish-bo‘lmasligidan qat’i nazar, amalga oshiriladigan majburiy to‘lovlar; ishda yo‘q xodim o‘rnida mehnat qilayotgan xodim uchun ish vaqtidan ortiqcha ish uchun qo‘shimcha to‘lovlar; mashina-uskunalar bo‘sh turib qolishi, mehnat unumdorligi pasayishi va boshqa sabablar bo‘yicha yo‘qotishlar. Personalning har bir toifasi uchun ular ish xususiyatini hisobga oladigan baholash usullarini ishlab chiqish mumkin. Bu ish oson emas. Lekin baholash usullarini amaliyotga joriy qilish juda kuchli qiziqtirish ta’siriga ega bo‘lib, har bir xodimga o‘z salohiyatini xolis baholash, amaliy va shaxsiy sifatlaridagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, mehnat faoliyatida yuksakroq samaraga erishish, o‘z korxonasi pirovard maqsadlariga salmoqli hissa qo‘shishga xizmat qiladi. Ayni vaqtda, personalni baholash kompaniya yoki firma rahbariyatiga xodimlar salohiyatidan samarali foydalanish, ishlab chiqarishni takomillashtirishning juda muhim vositasi hisoblanadi. Download 455.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling