Personal faoliyatini baholashning zamonaviy uslublari


Mutaxassislar mehnat faoliyati natijalari


Download 455.67 Kb.
bet17/30
Sana17.06.2023
Hajmi455.67 Kb.
#1542459
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
Bog'liq
12-mavzu PB

Mutaxassislar mehnat faoliyati natijalari esa ularga yuklatilgan xizmat vazifalari to‘la hajmda, belgilangan muddatda, yuqori sifat bilan bajarilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Rahbar va mutaxassislar mehnat faoliyati asosiy natijalarini aks ettiruvchi eng muhim, eng asosiy ko‘rsatkichlarni tanlashda ular korxona yoki tashkilot butun faoliyati natijalariga bevosita va hal qiluvchi darajada ta’sir ko‘rsatishini hisobga olish kerak (11.6-jadval).

SHu bilan birga rahbar va mutaxassislar ish kamchiliklarini baholashda bilvosita ko‘rsatkichlar — natijaga erishishga ta’sir ko‘rsatadigan omillarni ifoda etadigan mezonlar ham qo‘llaniladi. Ularga ishdagi tezkorlik, mehnat intensivligi, murakkabligi, sifati va boshqalar kiradi. Bilvosita ko‘rsatkichlar bevosita mezonlardan farkli ravishda, odatda xodim o‘z xizmat vazifasini qanday ijro etayotganligini hamda bunda u qaysi sifatlarni namoyon qilayotganligini baholashga xizmat qiladi. Bu ko‘rsatkichlar qoida bo‘yicha ball yordamida baholanadi (11.7- jadval).




Personal bilan ishlashda har bir xodim uchun o‘rtacha xarajatlar ham miqdor jihatdan baholash ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Bu quyidagicha aniqlanadi:



Ishga olingan yangi xodim
uchun urtacha xarajat =

Personalni ishga tanlab



olish uchun xarajatlar
Tanlab olingan nomzodlar

Har bir xodimni o‘qitish
uchun o‘rtacha xarajat =



O‘qitish uchun jami xarajat
O‘qitilganlar soni



CHet el kompaniya va firmalarida, shuningdek, xodimlarni o‘qitish dasturlarining mehnat unumdorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilashga ta’sirini hisoblab chiqish uslublari mavjud. Jumladan, AQSH kompaniyalarida quyidagicha aniqlanadi:





Download 455.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling