Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 13 fevraldagi pq-4992-son qaroriga muvofiq, kimyo sanoati uchun innovatsion kimyoviy ilmiy-ishlab chiqarish va ta’lim klasterini tashkil etish konsepsiyasi ishlab chiqildi


Download 150.64 Kb.
bet7/15
Sana29.01.2023
Hajmi150.64 Kb.
#1139575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
kirish

CaC2 + 2 H2O → Ca(OH)2 + C2H2
Tabiatdagi toz suvlar manbai qor va yomg’ir suvlaridir. Yomg’ir suvida erigan havo tarkibidagi gazlardan tashqari karbonat angidrid, xloridlar, nitratlar, sulfatlar, ammiak, organik va noorganik changlar ham mavjud. Yomg’ir suvida erigan ammiak, nitrat va sulfatlar tuproqlarning qishloq xo’jaligi quvvatini oshiradi. Suv o’simliklar va hayvonlarning oziqlanishida muhim omil hisoblanadi. Suv, erituvchi, katalizator va suyuqlik muhiti qoldiqlarni olib tashlashda ba’zi bir o’lchamlarni tavsiflashda standart mos yozuvlar materiali sifatida, suyultiruvchi, tarqatuvchi, sovutuvchi, tozalovchi, issiqlik tashuvchisi sifatida, shuningdek gidroelektr energiyasini ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi. Sanoatda vodorod suvni elektroliz qilish yo’li bilan yoki suv bug’larini issiq ko’mirdan o’tkazish yo’li bilan olinadi.
Suv — keng ishlatiladigan modda. Suv kislorod, vodorod, ishqor, nitrat kislota, spirt, aldegid, soʻndirilgan ohak va boshqa koʻpgina kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishda ishtirok etadigan kimyoviy reagentdir. Suv bogʻlovchi materiallar uchun zarur komponent. Qaynatish, eritish, suyultirish, kristallash uchun texnologik komponent sifatida koʻpgina ishlab chiqarish. jarayonlarida ishlatiladi. Texnikada elektr va issikdik eltuvchi, bugʻ mashinalarida ish jismi, bosim uzatuvchi sifatida qoʻllanadi. Organizmdagi suv barcha oʻsimliklar, tirik organizmlar va mikroorganizmlarda moddalar almashinuvi uchun zarur asosiy vosita, shuningdek, bir qancha kimyoviy fermentativ reaksiyalarning substrati hisoblanadi. Fotosintez jarayonida suv karbonat angidrid bilan birgalikda organik moddalar hosil boʻlishida qatnashadi va shu bilan birga Yerda tirik organizmlar hosil boʻlishi vositasi hisoblanadi. Suv toʻqimalar faoliyatini, oziq moddalar va almashinuv mahsulotlari (qon, limfa, oʻsimliklar sharbati) ning singishini, fizik termoregulyasiyani va hayot faoliyatiga tegishli boshqa jarayonlarni taʼminlaydi. Organizmlarda juda kup miqdorda suv boʻladi. Odam tanasidagi barcha suyuklik va toʻqimalar tarkibida massasiga nisbatan 65 % chamasida suv boʻladi. Odam ochlikka bir oydan ortiqroq chidashi mumkin, lekin suv sizlikka bir necha kundan ortiq chiday olmaydi. Suvda organizmning yashashi uchun zarur boʻlgan organik va anorganik moddalar eriydi. Odamning suvga boʻlgan fiziologik ehtiyoji, iqlim sharoitiga qarab, sutkasiga 3—6 l ni tashkil etadi. Sanitariya va xoʻjalik, roʻzgʻor ehtiyojlari uchun kup miqdorda suv talab kilinadi. Suv markazlashgan sistemadan yetarli miqdorda berilgan takdirdagina yuvindi va chiqindilarni suv kanalizatsiyasi yordamida okizib yuborish mumkin. Aholi yashaydigan joylarning sanitariya madaniyati suv bilan taʼminlanish darajasiga qarab belgilanadi (kishi boshiga sutkasiga l hisobida). Aholining sogʻligʻi va sanitariya yashash sharoitlariga bevosita yoki bil vosita salbiy taʼsir etishi xavfining oldini olishda suvdagi kimyoviy moddalarning eng katta belgilangan miqdorda boʻlishi, ilmiy asoslangan gigiyena normativlari muhim ahamiyatga ega.

Download 150.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling