Proyeksiyalash usullari Mundarija: Kirish


Geometrik jismlar va ularning proeksiyalari


Download 1.33 Mb.
bet8/8
Sana19.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1602540
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Proyeksiyalash usullari

3. Geometrik jismlar va ularning proeksiyalari.
I.Darsning maqsadi va vazifasi:
Ta’limiy maqsad.1.Mavzu bo’yicha o’quvchilarga to’g’ri tushuncha berish.
II.Rivojlantiruvchi maqsad.
O’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.
III.Tarbiyaviy maqsad.
Tarbiyali, e’tiborli, xushmuomalali, intizomli bo’lishga tarbiyalash.
Chizmachilikda qo‘llaniladigan termin va tushunchalarni bilish hamda qo‘llay olish kompetensiyasi
Grafik tasvirlar, jihozlar, standart shriftlar, oddiy geometrik yasashlar, tutashmalar, egri chiziqlar, ko‘rinishlar, geometrik figuralarning proeksiyalari, ko‘pyoqliklarning yoyilmalarini bir-biridan ajrata oladi;
Ish qurollaridan to‘g‘ri foydalanish va chizmani ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish kompetensiyasi
Chizmalarni taxt qilish, chizma shriftlarini qoidalar asosida chizish, geometrik yasashlarni bajarish, proeksion chizmalarni chizish, aksonometrik proeksiyalarni yasash hamda detalning eskizi va texnik chizmani bajarish jarayonlarida ish qurollaridan to‘g‘ri foydalana oladi.
IV.Darsning turi.
O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirish.
V.Darsda foydalaniladigan turli xil metodlar: Amaliy.
VI.Darsda foydalaniladigan jihozlar: Ko’rgazmali qurollar va plakatlar.
VII.Darsning rejasi:
1.Tashkiliy qism -2 m. 2.Kirish so’zi- 2 m 3.Uy vazifasini tekshirish- 11 m 4.Yangi mavzu bayoni -20 m. 8.Mustaxkamlash -4 m. 6.Darsning xulosasi – 4 m. 7.Uyga vazifa – 2 m
VIII.Darsning borishi.
1.Tashkiliy qism.
A)O’quvchilar bilan salomlashish.B)Navbatchining axboroti.V)Davomatni aniqlash.
IX.Uy vazifasini va o’tilgan darsni umumlashtirish.
X.Yangi dars bayoni: Har qanday detal ma’lum tartibda joylashgan geometrik jismlardan tuzilgan bo‘ladi. Masalan, rezbasi o‘yilmagan boltni olaylik. Boltning kallagi oltiburchakli prizma, sterjeni silindr, silindr uchidagi faskasi kesik konus- lardan tuzilgan. Fikran har bir geometrik jismni bir-biridan ajratib, ya’ni har birini alohida tasawur qilib ko‘ramiz (18.1-chizma). Shunda bolt prizma, silindr va konusdan tuzilganligi ma’lum bo‘ladi. G eometrik jism ozining sof korinishida ham uchraydi. Masalan, gisht parallelepiped (prizma), qalam prizma yoki silindr, quvursi­lindr, koptokshar va hokazo. Shulardan korinib turubdiki, turmu- shimizda atrofimizni orab turgan narsalar turli geometrik jismlar ko‘- rinishida, malum tartibda ularning yigindisidan tuzilgan.Oddiy geometrik jismlarga quyidagilar kiradi: prizma (kub, paralle­lepiped), silindr, konus, piramida, shar.Kopyoqliklar. Bir xil yoki turli korinishdagi kopburchakliklardan tuzilgan geometrik jism kopyoqlik deyiladi. Ulardan faqat kub, parallelepiped, prizma, piramidalar o‘rganiladi.Ko‘pyoqliklardan piramida (tetraedr) va uning elementlari 18.2-chizmada ko‘rsatilgan. S, А, В, C—uchlari, ABC— asos, SAB, SAC, SBC— yoqlari, AS, BS, CS, AB, AC, BC— qirralari hisoblanadi.Demak, yoqlarining o‘zaro kesishayotgan chiziqlari — qirralar, qirralar- ning o‘zaro kesishayotgan nuqtalari — uchlar, qirralari orqali chegara- lanayotgan tekis shakllar — yoqlar deyiladi.Kub. Kub ko‘pyoqlik turkumiga kiradi va u oltita bir xil kattalikdagi kvadratlardan tashkil topadi. 18.3-chizma, a da kubni H, V, W tekisliklariga proyeksiyalash ko‘rsatilgan. Uning uchala (balandligi, kengligi va uzunligi) o‘lchamlari (a) bir xil. Shuning uchun uning chizmasida o‘zaro teng bo‘lgan uchta kvadrat orqali tasvirlanyapti (18.3-chizma, b).Kub o‘n ikkita qirradan tashkil topadi va har to‘rtta o‘zaro parallel qirralari H, V, W ga perpendikular bo‘lgani uchun nuqta ko‘rinishida, qolganlari parallel vaziyatda bo‘lganligi uchun o‘zining haqiqiy kattaligida proyeksiyalanadi.
Parallelepiped. Parallelepiped ko‘pyoqliklarning bir ko‘rinishi hisoblanib, proyeksiyalar tekisliklariga to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida proyeksiyalanadi (18.4-chizma). Lekin uning uchala o‘lchamlari har xil: balandligi h, kengligi a, qalinligi b bo‘ladi.
Prizma. Ko‘pyoqliklardan biri hisoblangan prizma turli ko‘rinishda bo‘ladi. Prizmaning muntazam oltiburchakligi texnik detallarda ko‘p uchraydi. Masalan, bolt, gayka kabilar. Muntazam oltiburchakli prizma H tekisligiga muntazam oltiburchak, V tekisligiga ikki yon yog‘i bilan parallel joylashganligi uchun o‘sha yoqlari haqiqiy kattaligida, qolganlari qisqarib proyeksiyalanadi (18.5-chizma). Bunday prizmani chizmada eng oldin ustdan ko‘rinishi, ya’ni H dagi gorizontal proyeksiyasini chizishdan boshlash lozim. Shunda uning V va W dagi yoqlarini tasvirlashda xatolikka yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday prizma, asosan, ikkita D — diametr, ya’ni hamma qirralari uchlariga urinma aylana va balandligi h o‘lchamga ega bo‘ladi.
Bu prizma simmetrik sirt bo‘lgani uchun V da oldingi yoqlari orqasidagi yoqlarini to‘sib proyeksiyalanadi. W da ikkita yon yog‘i unga perpendikular bo‘lgani uchun to‘g‘ri chiziq, oldingi ikkita yog‘i orqasidagi ikkita yog‘ini to‘sib proyeksiyalanadi (18.5-chizma, a, b).
XI.Darsning xulosasi.
O’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilar bilan savol-javob o’tkazish.
XII.Uyga vazifa.
A)Mavzuni o’qib kelish. B)Konspekt qilish.V)Keyingi darsga tayyorgarlik ko’rish


Xulosa

Chizma geometriya boshqa geometriyalardan o‘zining asosiy usuli tasvirlash usuli bilan farq qiladi va u matematika fanlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, umumtexnika fanlaridan hisoblanadi. U o‘zining tasvirlash usullari yordamida o‘quvchining fazoviy tasavvurini kengaytiradi. Tasvirlarni yasash va oldindan yasalgan tasvirlarni o‘qiy bilish, hamda amaliyotdagi turli muhandislik masalalarini yechishga yordam beradi. Chizma geometriya qonun va qoidalari bilan nafaqat mavjud narsalarni, balki tasavvur qilinadigan narsalarni ham tasvirlashi mumkin.


Fazodagi shakllarning tekislikdagi chizmalari chizma geometriya usullari bilan ma’lum qonun-qoidalar asosida hosil qilinadi. Bu chizmalar orqali buyumning fazoviy shaklini chizish va o‘lchamlarini aniqlash mumkin. Chizmalar yordamida geometrik shakllarga tegishli stereometrik masalalar yechiladi. Chizmalarsiz fan va texnika taraqqiyotini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Arxitektorlar va muhandislar o‘z ijodiy fikrlarini faqat chizmalar yordamida to‘liq bayon eta oladilar.
Chizmalar bo‘yicha barcha muhandislik inshootlari quriladi, mashinalar, mashina qismlari, medisina asboblari va xokazo buyumlar ishlab chiqariladi.
Shakllarning bizga ma’lum bo‘lgan barcha geometrik xossalarini ularning chizmalaridan olingan ma’lumotlardan ham aniqlasa bo‘ladi. Shuning uchun ham buyumlarning chizmalarini ularning geometrik xususiyatlarini o‘zida aks ettiruvchi tekis geometrik modellar deb atash mumkin.
Narsalarni bir-biriga perpendikulyar ikkita tekislikdagi to’g’ri burchakli proyeksiyalari bilan tasvirlash usuli ortogonal proyeksiyalar usuli deyiladi. Ortogonal so’zi to’g’ri burchakli degan so’z bo’lib, ortogonal proyeksiyalar termini bir-biriga perpendikulyar ikkita tekislikdagi to’g’ri burchakli proyeksiyalarni ko’rsatish uchun ishlatiladi.
Adabiyotlar:



  1. Xorunov R. Chizma geometriya kursi. – Toshkent: O’qituvchi, 1997.

  2. Sobitov E. Chizma geometriya kursi. – Toshkent: O’qituvchi, 1993.

  3. Murodov Sh. va boshqalar. Chizma geometriya kursi. – Toshkent: O’qituvchi, 1988.

  4. Abdullayev U. Chizma geometriya va chizmachilik asoslari. – Toshkent: O’zbekiston, 1999.

  5. Raxmonov I. Chizmalarni chizish va o’qish. – Toshkent: O’qituvchi, 1992.

  6. Ismatullayev R. Chizma geometriya. – Toshkent: O’qituvchi, 2005.

  7. J.Yodgorov va boshqalar. Chizmachilik. – Toshkent: O’qituvchi, 1991.

Ilovalar







Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling