Psixalogiya fannidan javoblar


savol.Talim mazmunining moxiyati nimadan iborat


Download 1.35 Mb.
bet42/70
Sana08.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#242254
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   70
Bog'liq
PSIXOLOGIYA YAKUNIY JAVOBLAR

4.savol.Talim mazmunining moxiyati nimadan iborat.

Taʼlim — bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. T. jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. T. tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi oʻquv yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham bildiradi.

T.ning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy maʼlumotga boʻlgan ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, T. haqidagi pedagogik gʻoyalarga qarab kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida T.ning mohiyati, metodi, tashkiliy shakllari oʻzgarib borgan (qarang Pedagogika

T. mohiyateʼtibori bilan dare berish jarayonini, yaʼni pedagog (oʻqituvchi) faoliyatini, umuman oʻquvchining bilish, oʻrganish faoliyatiga rahbarlik qilishni hamda uqish jarayonini, yaʼni oʻquvchi faoliyatini bildiradi. T. jarayoni taʼlim beruvchi — oʻqituvchi va taʼlim olayotgan oʻquvchilar faoliyatining yigʻindisidan iborat. T. va tarbiya jarayonida shaxsning sifatlari, dunyoqarashi, qobiliyati oʻsadi. T. avlodlar oʻrtasidagi maʼnaviy vorislikni taʼminlaydi: kishilarning ijtimoiytarixiy tajribalari yosh avlodga T. orqali oʻtadi.

T. haqida turli nazariyalar mavjud. Baʼzi nazariyalar T.ni jamiyatning ijtimoiyiqtisodiy tuzilishiga bogʻliq boʻlmagan hodisa sifatida baholasalar (qarang Pedotsentrizm baʼzisi T.ning sinfiy xarakterga ega ekanligini, u jamiyatning har bir aʼzosida muayyan siyosiy, falsafiy, axloqiy, huquqiy qarashlarni shakllantirish maqsadi sari karatilganligini taʼkidlaydi.

T.ning maqsadi obʼyektiv hayot talablariga muvofiq holda oʻzgarib borgani kabi, T.ning xarakteri, yoʻnalishi ham uning maqsadiga muvofiq oʻzgarib boradi. T. dialektik tarzda taraqqiy etib boradigan ichki ziddiyatlar jarayonidir. T. bilish krbiliyatlari, qistuygʻular, idrok, shaxsni tarkib toptiruvchi kuchli omildir.

T. jamiyat qurilishining muhim muammolarini hal qilish — jamiyatning moddiytexnika bazasini yaratish, ijtimoiy munosabatlarni tarkib toptirish, yangi kishini tarbiyalashga yordam beradi.

T. oʻquvchining bilish qobiliyatini oʻstiruvchi asosiy omildir. Oʻquvchilar qobiliyatini oʻstirishga qaratilgan tizimlar muayyan didaktik qoidalar tarzida namoyon boʻladi. Didaktik tamoyillarda T.ning mazmuni va jarayonlariga qoʻyilgan talablar belgilanadi (qarang Didaktika. T.ning maqsadi va vazifalari ijtimoiy tuzum, shuningdek muayyan oʻquv yurtlari funksiyasiga muvofiq tarixan oʻzgarib boradi. OʻzRning 1997 y. 29 avg .da qabul qilingan "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi T. tizimining barcha yoʻnalishlarini takomillashtirish va rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. 1996 yildan boshlab lotin imlosiga asoslangan yangi oʻzbek alifbosi joriy etildi va shu yildan boshlab yangi yozuv asosida dasturlar, qoʻllanmalar va darsliklar yaratishga kirishildi, oʻqituvchilar lotin imlosi asosidagi yangi oʻzbek alifbosi boʻyicha qayta tayyorlash kurslaridan oʻtkazildi. Xalqtaʼlimi boʻlimlari qoshida bolalarni maktab taʼlimiga tayyorgarligini belgilaydigan "Tashhis markazlari" tashkil etildi. Oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini reyting asosida nazorat qilish, maktab bitiruvchilarini yakuniy attestatsiyasini kompyuter yordamida test orqali amalga oshirish, T. amaliyotini diagnostik taxdil etish, T. muassasalarida marketing tizimidan foydalanish kabi qator pedagogik yangiliklar joriy etildi (qarang Taʼlimning milliy modeli T. mazmuni uning maqsadiga muvofiq, ijtimoiy shartsharoit, fan va texnika, sanʼat holati va shu kabini hisobga olgan holda belgilanadi. Kasbhunar kollejlari, oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlaridagi T.ning mazmuniga umumiy maʼlumotdan tashqari muayyan kasb va mutaxassislik uchun zarur boʻlgan maxsus bilim, malaka va koʻnikmalar ham kiradi. T. mazmuni oʻquv reja va dasturlari, darslik va boshqalarda yoritiladi. T.




Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling