Psixologiya” kafedrasi 4-kurs talabasi abdurahmanova mushtariyning


Sotsial psixologiyaning hozirgi kundagi mavqei


Download 233.48 Kb.
bet7/12
Sana28.12.2022
Hajmi233.48 Kb.
#1020491
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ABDURAHMONOVA MUSHTARIY1

1.2.Sotsial psixologiyaning hozirgi kundagi mavqei.
Jamiyat bu insonlar majmuidir. Uning taraqqiyoti va ma`naviy salohiyati ko`p jihatdan ana shu insonlar o’rtasida yuzaga keladigan o`zaro munosabatlarning tabiatiga, ular amalga oshiradigan murakkab sotsial hamkorlik faoliyatining mazmuniga bog’liq. Har bir inson jamiyatda yashar ekan, u unda o`ziga xos o’rin va mustaqil mavqe egallashga intiladi, binobarin, u o`ziga xos intilish, layoqat va faollik namunalarini namoyish qiladi. Insonlar o’rtasidagi o`zaro munosabatlarni hamda har bir shaxsning jamiyatdagi o’rni va uning turlicha sotsial munosabatlari tabiatini o`rganuvchi qator sotsial fanlar mavjud bo`lib, ularning orasida sotsial psixologiya alohida o’rin egallaydi.
Sotsial psixologiya juda qadimiy va shu bilan birga u o’ta navqiron fandir. Uning qadimiyligi insoniyat tarixi, madaniyati va ma`naviyatining qadimiy ildizlari bilan belgilanadi. Ular aslini olib qaraganda, u yoki bu jamiyatda yashagan kishilar o’rtasidagi, sotsial munosabatlarning va tafakkurning xosilasi bilan e`tirof etilsa, u o`z uslubiyoti, predmeti va fanlar tizimida tutgan o’rnining yangiligi insoniyat taraqqiyotining eng yangi davrida shakllanganligi va rivojiga turtki berganligi bilan tavsiflanadi.
“Yer-u ko’kdagi buyuk o’zgarishlarni sezish, his qilish va ulardan saboq chiqarish, o’rnak olish uchun odamzot o’zining yon atrofiga uyg’oq nigoh, qalb ko’zi bilan qarashi lozim”. Respublikamizning birinchi Prezidenti aytgan bu fikrni shaxs va uning psixologiyasi bilan qanday bog’lash mumkin. Bu fikrni mag’zini chaqadigan bo’lsak, uning butun mazmun-mohiyati go’yoki sotsial psixologiya va shaxs psixologiyasiga bog’liqligini ko’rishimiz mumkin.
O`zbekistan Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida Respublika Prezidenti I.A. Karimov Oliy ta`limni isloh qilishda va malakali kadrlarni tayyorlashda sotsial psixologiyaning fan sifatida alohida o’rni borligiga jamoatchilik diqqatini qaratdi. Darhaqiqat, yetuk kadr bo`lish uchun shaxs nafaqat o`z iqtidori, bilimi va saviyasini oshirishi zarur, balki jamiyatda turlicha sotsial munosabatlar tizimiga tayyor bo`lmogi, sotsial faoliyatni boshqarishning ilmiy qonuniyatlari va qoidalarini mukammal egallamog’i zarur.
Boshqaruv, marketing va menejment, ta’lim va tarbiya sohalarida, ayniqsa, inson omili va uni boshqarishning psixologik tizimini bilishi – jamiyatda sog’lom insoniy munosabatlarni shakllantirish orqali uni kamol toptirish yo`lidir. Shuning uchun bugungi kunda I.A.Karimov ta`kidlaganidek, sotsial psixologiya va umuman, sotsial faoliyat bilan shug’ullanuvchi fanlarning asosiy vazifasi barkamol avlod tarbiyasini ta`minlovchi barcha ma`naviy, ruhiy va insoniy munosabatlar mohiyatini tahlil qilish, ularni boshqarishning eng samarali usullarini hayotga tadbiq etishdir. Bu o’rinda, ayniqsa sotsial tafakkurning, yangicha dunyoqarash va munosabatlarning shakllanishini, insonning o`ziga va o`zgalarga ta`sir etishning mexanizmlarini o`rganish eng dolzarb masalalardandir.
Sotsial psixologiyaning fan sifatida rivojlanish tarixiga nazar tashlar ekanmiz, uning jamiyatning tarixiy rivojlanishi bilan bog’liq tarzda rivojlanganligining, ilmiy jihatdan esa, falsafiy qarashlar ta`sirida bo`lib, sof sotsial psixologik nazariyalarning juda oz sonli bo`lganligining guvohi bo`lishimiz mumkin.
Insoniyat tarixini o`rganar ekanmiz mutafakkirlar, olimlar, allomalar sotsial psixologik hodisalar bilan juda qiziqqanliklarining guvohi bo`lamiz. Lekin ular bu hodisalarni o`z davri ruhida, o`z nazariy va sotsial qarashlari, hattoki, turli oqimlar orasida tushunishga uringanlar. Shuning uchun ham sotsial psixologiyaning fan sifatida taraqqiyotini o`rganish uchun sotsial psixologik muammolar yoritilgan asar yoki olimning yashagan davri, uning siyosiy qarashlari, jamiyatning taraqqiyot xususiyatlarini ham o`rganish lozim. Ilmiy manbalar sotsial psixologiyaning davlat va huquq nazariyasi, siyosiy iqtisod, etika, falsafa fanlarining rivojlanishi bilan uzviy bog’liqligini ko’rsatadi. Ayniqsa, fan taraqqiyotiga falsafa fani o`zining sezilarli ulushini qo’shgan. Shuning uchun ham amerikalik olim G.Olport sotsial psixologik g’oyalarning yaratilishi va rivojlanishi falsafa bilan, uning ko`zga ko’ringan arboblaridan hisoblangan Platon nomi bilan bog’liq, deb yozgan edi.
Platon o`zining "Davlat" va "Qonunlar" deb atalgan dialoglarida shaxsning jamiyat bilan aloqalari masalasiga to’xtalib, jamiyat individga nisbatan o`zgarmas bir birlikki, uning taraqqiyoti jamiyat rivojlanishi qonunlarga buysunadi, degan fikrni himoya qilgan. Unga qarama-qarshi fikrni Aristotel bayon etib, individni barcha sotsial o`zgarishlarning sababchisi, chunki unda bunga imkon beruvchi psixologik tizimlar bor, deb yozadi. Ya`ni, shaxs va jamiyat o’rtasidagi munosabat masalasi Platonda jamiyat foydasiga hal bo`lgan bo`lsa, Aristotelda bu narsa shaxs foydasiga yechilgan. Ulardan keyingi yangi davr faylasuflarini Gobbs, Gal’vetsiy, Lokk, Russo, Gegel’, Makiavelli, Sharq faylasuflaridan Beruniy, Forobiylar ham barcha asarlarida shaxs va jamiyat qarama-qarshiliklarini ilmiy asosda sharxlashga urindilar, lekin hech qaysisi bu muammoni sotsial psixologik muammo darajasiga ko’tara olmadi.
XIX asrning o’rtalariga kelib, kapitalistik munosabatlarning keskinlashuvi, turli davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarning tobora o’sib borishi, turli xalqlarning bir mamlakatdan ikkinchisiga ko’chishi, ya’ni migratsiya munosabati bilan qator sotsial fanlar rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar paydo bo`ldi. Ayniqsa, tilshunoslik, antropologiya, etnografiya, arxeologiya, huquqshunoslik va boshqa fanlar shakllanib, rivojlandi. Masalan, ingliz olimi E.Teylor ibtidoiy jamoa tuzumidagi madaniyatni to’liq o`rganib chiqdi, amerikalik etnogrof L.Morgan hindular turmush tarzini tahlil qilib chiqdi, fransuz olimi Levi-Bryul’ esa ibtidoiy odam tafakkuri xususiyatlarini o`rganar ekanlar, ular u yoki bu etnik, milliy guruhning psixologiyasini, ularga madaniy maishiy muhitning ta`sirini o`rganishga majbur bo`lishdi. Ya`ni ular alohida individ u yoki bu yillar vakili psixologiyasi sotsial jarayonlar bilan nechog’li bog’liq ekanligini nazariy jihatdan isbot qildilar.
Ayni shu davrda psixologiya fani ham ancha oyoqqa turgan mustaqil fanga aylandi. Lekin u atomistik, ya`ni alohida individ psixologiyasinigina o`rganadigan fan bo`lib, u odamlarni o`zaro muloqoti jarayonida ularda ro’y beradigan sirli o`zgarishlarga e`tiborini endi-endi qaratayotgan edi. Ayniqsa, patopsixologiya, pedagogik psixologiya sohalariga individ bilan boshqa individlar munosabati masalasini chetlab o`tish mumkin bo`lmay qoldi.
Lekin sotsial psixologiyani ilmiy manbalari sohasida sotsiologiya fanining xizmatini ko’rsatib o’tmay bo`lmaydi. Sotsiologiyaning asoschilari hisoblangan Ogyust Kont, Gerbert Spenser va boshqalar, jamiyatdagi sotsial hodisalarni o`rganish uchun albatta, o`ziga xos, ayrim psixologik holatlarni o`rganmoq lozim, degan fikrni qat`iy turib isbot qildilar. Ular har bir sotsial voqeada ruhiy hodisalar borligini isbot qilishga urindilar. Masalan, fransuz sotsiologi Gabriel Tard har bir individda "Sotsial fakt" boriligini, bu narsa uning miya doirasidagina emas, balki bir qancha miyalar aloqasi tufayli mavjuddir, deb hisoblaydi. Sotsial xulq-atvor modeli, uning fikricha doimo individlararo munosabatni o`z ichiga olib, bunda bir individ boshqa individga doimo taqlid qiladi, shuning uchun ham shaxsni o`rganish boshqa shaxslarni inkor qilmasligini talab qiladi. Shunday qilib, sotsiologiyada psixologik yo`nalish paydo bo`ldi. Tarddan keyin L.Uord, F.Giddings va boshqalar sotsiallik qonunlarini jamoa ruhiy holati bilan uzviy ravishda o`rgana boshladilar. Ularning fikricha, sotsial fakt bu sotsial aql, tafakkur bo`lib, u "Jamiyat psixologiyasi" yoki sotsiologiyaning bahs mavzusidir.
Shunday qilib, yuqorida qayd qilingan ilmiy, falsafiy, sotsial manbalar, shart-sharoitlar tufayli sotsial psixologik g’oyalar shakllanib bordi. Bu qarashlar sof psixologiyaga ham o’xshamagan, sotsiologiya doirasidan chiqib ketadigan alohida fan sotsial psixologiyaning paydo bo`lishi uchun katta rolini uynaydi.

Download 233.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling