Psixologiya kafedrasi pedagogik amaliyot


Amaliyot davrida talabaning majburiyatlari


Download 298.5 Kb.
bet4/10
Sana09.02.2023
Hajmi298.5 Kb.
#1180453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4- kurs AMALIYOT DASTURI 2023 talabalarga

Amaliyot davrida talabaning majburiyatlari


  • Umum ta’lim maktabidagi ichki tartib qoidalariga to‘la rioya qilishi va maktab jamoasi bilan hamkorlikda ishlashi va muloqotda bo‘lishi lozim.

  • Umum ta’lim maktablarida amaliyot o‘tkazish uchun kerakli ish xujjatlarini talabga muvofiq tayyorlash.

  • Umum ta’lim maktablarida malakaviy amaliyot o‘tkazish uchun ma’muriyat tomonidan talab qilingan kiyinish madaniyatiga rioya qilgan xolda bo‘lishi.

  • Amaliyotga o‘z vaqtida borishi, berilgan vazifa va topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishi.

  • Sababli amaliyotga bora olmasa amaliyot rahbari va maktabi psixologini oldindan ogohlantirish.

  • Kafedra o‘qituvchilari va amaliyot rahbari bilan uzviy aloqada bo‘lishlari.

  • Kunlik ish faoliyati aks etgan fotosuratlarni amaliyot rahbari tashkil etgan telegram kanaliga joylashtirib borish;

  • Kundalik daftariga kunlik qaydlarni amaliyot rahbariga kunlik imzolatib borish;

  • Amaliyot bo‘yicha ish hujjatlari jamlangan yig‘ma jildni belgilangan vaqtda kafedraga topshirish.

Izoh: Amaliyotdan baxolanmagan talabalar sessiyaga kiritilmaydi.


Amaliyotchi talaba amaliyot jarayonida:
1.Pedagogik amaliyot davrida amaliyotchi talaba institut direktorining buyrug‘iga ko‘ra fakultet rahbariyati yo‘llanmasiga asosan umumta’lim maktablari pedagogik jamoasining muvaqqat a’zosi hisoblanadi. U amaliyot davrida ta’lim-tarbiyaga oid savollar bilan umumta’lim maktablari tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari va umumta’lim maktablari ma’muriyati hamda umumta’lim maktablari psixologlariga murojaat etishga xaqlidir.
2. Amaliyotchi talaba ish o‘rganish maqsadida umumta’lim maktablari pedagogik yig‘ilishlarida qatnashishi mumkin. Shuningdek, umumta’lim maktablaridagi ARM dan foydalanish huquqiga ega hisoblanadi.

3.Amaliyotchi talaba umumta’lim maktablari ustavi bo‘yicha barcha ichki-tartib qoidalariga bo‘ysunadi. Agar amaliyotchi talaba umumta’lim maktablari talablari, amaliyot rahbari ko‘rsatmalarini bajarmasa, shuningdek umumta’lim maktablari tartib-qoidalarini buzsa, malakaviy amaliyotdan chetlashtiriladi va bu haqida tegishli xat orqali kafedraga, dekanatga yoki institut o‘quv bo‘limiga xabar qilinadi. Bunday xolda talaba amaliyot o‘tamagan hisoblanadi.



Download 298.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling