Psixologiya kafedrasi pedagogik amaliyot
Download 298.5 Kb.
|
4- kurs AMALIYOT DASTURI 2023 talabalarga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Termiz- 2022
- Tuzuvchilar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI PEDAGOGIKA VA SAN’AT FAKULTETI PSIXOLOGIYA KAFEDRASI PEDAGOGIK AMALIYOT DASTURI uslubiy qo’llanma (5110900- Pedagogika va psixologiya 4-kurs talabalari uchun) Termiz- 2022 Ushbu pedagogik (malakaviy) amaliyot dasturida 5110900 – Pedagogika psixologiya ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabalarining 14 haftalik pedagogik amaliyoti mazmuni keltirilgan bo’lib, Institut Kengashida 2022 yil 27 avgustda tasdiqlagan o‘quv reja hamda malaka talablari asosida tashkil etiladi. Dasturda amaliyot maqsadi va vazifalari, uni to‘g‘ri tashkil etish, amaliyotchi - talabaning vazifalari, amaliyot davrida olib boriladigan ishlar, talaba uchun zarur ilmiy-uslubiy manbalar haqidagi ma’lumotlar aks etgan. Tuzuvchilar: Norbosheva M.A., TerDPI Psixologiya kafedrasi mudiri, psixol.f.n., dots. Axmedov B.T., TerDPI Psixologiya kafedrasi katta o’qituvchi Mardonov E.X., TerDPI Psixologiya kafedrasi o’qituvchi Taqrizchi: Eshmurodov O.E., TerDPI Psixologiya kafedrasi katta o’qituvchi, PhD PEDAGOGIK AMALIYOT MAZMUNI Pedagogik amaliyot oliy o‘quv yurtida malakali mutaxassislar tayyorlash nuqtai nazaridan o‘quv jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Mazkur pedagogik amaliyot talabaga institutda olgan nazariy va amaliy bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rish, pedagogik faoliyatni egallashda dastlabki malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, turli yoshdagi o’quvchilar bilan ishlash tajribasini egallashga xizmat qiladi. Pedagogik amaliyotning maqsadi institutda olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash, chuqur o‘rganish asosida pedagogik faoliyatga oid amaliy ko‘nikma va malakalarini egallashdan iboratdir. Pedagogik amaliyotga nazariy va amaliy ta’limga oid o‘quv rejani to‘liq bajargan talaba qo‘yiladi. Talaba pedagogik amaliyot oldidan kafedradan amaliyot rejasi va kundaligini oladi, qilinadigan ishlar mazmuni bilan tanishadi. Tavsiya etilgan adabiyotlar va qo‘llanmalarni o‘rganadi. Amaliyot rahbaridan tegishli maslahatlar olib zarur hujjatlarni tayyorlab amaliyotga har tomonlama tayyorgarlik ko‘radi. Institut rektorining talabalarni pedagogik amaliyotga chiqarish to‘g‘risidagi buyrug‘i chiqgach, kafedra qoshida pedagogik amaliyotga bag‘ishlangan seminar-trening yoki konferensiya o‘tkaziladi. Konferensiyada amaliyot maqsadi va vazifalari bilan talabalar tanishtiriladi, amaliyot rahbarlari e’lon qininadi, tegishli ko‘rsatmalarni beriladi, kunlik va haftalik hisobot vaqtlari kelishib olinadi. Shuningdek, amaliyotchi-talabalarga kafedradan zarur qo‘llanmalar, tarqatma materiallar va vositalar taqdim etiladi. Amaliyotchi-talaba ilmiy-uslubiy qurollangan holda amaliyotga kuzatilishi zarur. Talabalar ta’lim tashkilotida malakali o’qituvchilarining dars jarayonini hamda maktab psixologlaring ish faoliyatlarini kuzatgan holda amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lishi kerak. Talabalar umum ta’lim maktablarida amaliyotchi psixolog, biriktirilgan pedagog rahbar nazorati ostida dasturda belgilangan vazifalarni bajarib borishi lozim. Amaliyot rahbari nazorati ostida o’quvchilar orasida 2-3 ta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlarni ishlab chiqish va o‘tkazish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak. Umum ta’lim maktabida amaliyotchi psixolog tomonidan yuritiladigan barcha hujjatlari bilan tanishib chiqishi ko‘zda tutilgan. Pedagogik amaliyot davrida talabalar yana bir bor o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqishlari ortadi 4 yil davomida olgan nazariy bilimlarini sinovdan o‘tkazadi. 5110900 - Pedagogika-psixologiya ta’lim yo‘nalishida pedagogik amaliyotining asosiy maqsadi talabani kelgusida umum ta’lim maktablarida amaliyotchi psixolog amaliy faoliyatga tayyorlashdan iborat. Talaba-amaliyotchi pedagogik amaliyotining 13 haftasi davomida biriktirilgan shahar umumta’lim maktablarida shuningdek 1 haftasini Termiz shahar va tuman xalq ta’limi bo‘limlari Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo’llab-quvvatlash markazlarida olib boradi. Amaliyot rahbarlari talabaning amaliyot davridagi faoliyati haqida umum ta’lim maktab rahbariyatidan ma’lumot olib turadi. TerDPI Psixologiya kafedrasining Surxondaryo viloyati xalq ta’lim boshqarmasi hamda Termiz shahar xalq ta’limi bo’limi bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasiga ko‘ra amaliyotchi-talabalarning amaliyot davomidagi barcha faoliyatini viloyati xalq ta’lim boshqarmasi hamda Termiz shahar xalq ta’limi bo’limi Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo’llab-quvvatlash markazi boshlig‘i (yoki xodimi) tomonidan nazoratga olishligi hamda tomonlarning kelishuviga muvofiq amaliyot davri uchun imkoniyat darajasida (1; 0,75; 0,5; 0,25 stavkada) amaliyotchi psixolog sifatida ishlashi mumkinligi belgilab qo‘yilgan. Download 298.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling