Psixologiya kafedrasi pedagogik amaliyot


Download 298.5 Kb.
bet3/10
Sana09.02.2023
Hajmi298.5 Kb.
#1180453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4- kurs AMALIYOT DASTURI 2023 talabalarga

Pedagogik amaliyot – talabalarning fanlardan egallagan nazariy bilimlarini mustahkamlab va chuqurlashtiribgina qolmay, balki ularda zaruriy pedagogik-psixologik malaka va ko‘nikmalarini ham shakllantiradi.
Pedagogik amaliyot davrida amaliyotchi talaba o’qituvchi rahbarligida o’qituvchining kundalik yurituvidagi ish hujjatlarni tayyorlash, amaliyotchi psixolog faoliyatini tashkil etish,kuzatish va o‘rganish shuningdek bajarayotgan bitiruv malakaviy ishi uchun materiallar to‘plash,tajriba sinov ishlarini olib borish kabi vazifalarni amalga oshiradi.


Pedagogik amaliyotni tashkil etishga qo‘yiladigan talablar:



  1. Talabalarning pedagogik amaliyotga chiqish to‘g‘risidagi rektor buyrug‘i bilan amaliyot rahbarlari va talabalarni tanishtirish (1 hafta avval);

  2. Amaliyot oldi seminar trening tashkil etish (amaliyot boshlanishidan

2 kun avval);

  1. Amaliyot rahbarlari direktor buyrug‘idan nusxani amaliyot o‘taydigan umumta’lim maktablariga yetkazish va umumta’lim maktab direktorini ogohlantirish (1 hafta avval);

  2. Talabalarni amaliyot dasturi bilan ta’minlash (1 hafta avval);

  3. Amaliyot rahbarlari tomonidan o‘zlariga biriktirilgan har bir talabaning pedagogik amaliyot boshlashi uchun tayyorgarligini tekshirib ko‘rish (o‘quv va ish qurollari, tibbiy ko‘rik xulosasi, amaliyot dasturi kabilar) (amaliyot boshlanishidan 2 kun avval);

  4. Talabalarning shaxsiy ish rejalari mavjudligini nazorat qilish (amaliyot boshlanishidan 2 kun avval);

  5. Hisobot topshirish jadvalini tasdiqlash (amaliyot boshlanishidan 2 kun avval).

Pedagogik amaliyotning vazifalari:





  • Ta’lim-tarbiyaviy jarayonda o’quvchilar hayotini turli sinflarda tashkil etishni kuzatish va tahlil qilishga o‘rgatish.

  • Umumiy o’rta ta’lim maktablari pedagogik jarayonlari bilan yaqindan tanishish;

  • Maktab psixologi tomonidan yuritiladigan ish hujjatlarini o’rganish;

  • Umum ta’lim maktablarining amaliyotchi psixologning faoliyatini tashkil etishni o’rganish;

  • Umum ta’lim maktablarida amaliyotchi psixologning psixologik xizmat yo’nalishlari va faoliyatini kuzatish va o‘rganish;

  • Maktab psixologining ish daftarlari (psixologik-pedagogik tashxis, psixologik korreksiya, psixologik maslahat, kasb-hunarga yo‘naltirish) o’rganish;




  • Maktab psixologi ish rejasi tuzish uchun metodikalar to‘plami (O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan amaliyotda foydalanish uchun yuborilgan) bilan tanishish;

  • Respublika tashxis markazning ijtimoiy tarmoqlarida psixologlar uchun yaratilgan “Metodik kun” kurslarida qatnashib bilim malaka ko‘nikmalarini oshirib borish.

  • O‘zbekistondagi UNICEF ko‘magida O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan amalga oshirilgan “Yoshlarni asosiy hayotiy ko‘nikmalarga o‘rgatish” mavzusidagi trening mashg‘ulotlarni o‘tkazish. (9-11-sinf)

  • Ma’naviy marifiy tadbirlari uchun ssenariylar tayyorlash va o‘tkazish;

  • Maktab o’quvchilari o‘rtasida ko‘rik tanlovlar uyushtirishni;

  • Ochiq dars, mashg‘ulotlarni olib borish kabilarni o‘rganish nazarda tutilgan.

Download 298.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling