4. Amaliyot jarayonida talaba kundalik daftar yuritadi. Kundalik daftar amaliyotchi talabaning asosiy ishchi xujjati xisoblanib, uning kunlik pedagogik faoliyati yoritilib boriladi. 5. Pedagogik amaliyot tugaganidan so‘ng amaliyotchi talaba amaliyot davrida bajargan ishlari to‘g‘risida Psixologiya kafedrasida o‘rnatilgan tartibda hisobot topshiradi.
Talaba yig‘ma jildida quyidagi hujjatlar bo‘lishi lozim:
amaliyotchi talabaning shaxsiy ish rejasi (amaliyot rahbari tomonidan tasdiqlangan)
kundalik daftar
Mustaqil tayyorlangan maqola (fotosuratlar bilan birgalikda)chop etilgan. Umum ta’lim maktablari ma’muriyati tomonidan amaliyotchi talabaning amaliyot davomidagi faoliyatini baholovchi tavsifnoma. Psixologik xizmat yo’nalishlari bo’yicha amalga oshirgan ishlari(diagnostika vositalari,korreksion dasturlar va h.k)
Umum ta’lim maktab amaliyotchi psixologining amaliyotchi-talabaning kasbiy tayyorgarligi haqidagi fikrnomasi (tasdiqlangan holatda)
Pedagogik amaliyot to‘g‘risida amaliyotchi talabaning fikr-muloxazasi hamda takliflari. Hisobotlar talaba amaliyot o’tagan ta’lim tashkilotlari hamda tuman(shahar) XTB tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbarlari tomonidan tasdiqlangan muhrlangan bo‘lishi kerak.
Talabalar pedagogik amaliyot davrida:
Umum ta’lim maktabi sharoiti, joylashishi xamda pedagogik jamoasi va boshqa xizmatchi xodimlar bilan tanishadi.
Umum ta’lim maktabi sinflari bilan tanishadi,
O‘ziga biriktirilgan sinfda mustaqil ishlaydi; Talabalar biriktirilgan sinflarning o’quvchilari bilan tanishadilar.
Umum ta’lim maktabi ta’lim-tarbiya jarayonini kuzatadilar va tahlil qiladilar
O’qituvchilarning pedagogik faoliyatini, kundalik ishlarini kuzatadilar
O‘zi biriktirilgan sinf o’quvchilari jamoasini, ularning taraqqiyoti, tarbiyalanganlik darajalarini, individual xususiyatlarini o‘rganadilar.
Kundalik daftarga pedagogik-psixologik jarayonlar hisobotini yozib boradi;
Amaliyotchi psixolog faoliyatini, ish hujjatlarini,psixolog xonaning jihozlanishi bilan tanishadilar;
Belgilangan sinflarda turli yo‘nalishdagi psixologik treninglar tashkil etadilar;
Har bir talaba 5 tadan psixologik treninglarni tahlil uchun o‘tadi;
Talabalar ma’naviy-marifiy tadbirlari uchun ssenariylar tayyorlaydilar;
O’quvchilarning to’garaklardagi faoliyatini o‘rganadilar;
Ota-onalar bilan o‘tkaziladigan yakka tartibdagi suhbat va yig‘ilishlar tashkil etishni kuzatadi va o‘rganadilar;
Direktor, o’qituvchi, amaliyotchi psixolog, tibbiyot xamshirasi tomonidan olib boriladigan ishlar mazmunini o‘zaro aloqadorligini o‘rganadilar.
Tuman(shahar) xalq ta’lim bo‘limi faoliyatini kuzatadi va o‘rganadi.
Tuman(shahar) xalq ta’limi bo’limlari Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo’llab-quvvatlash markazlaridagi psixologik-metodik faoliyati, monitoring faoliyati, kadrlar bilan ishlash metodikasini o‘rganadi.
Yakuniy konferensiya uchun taqdimotlar va ish xujjatlari tayyorlaydilar.
Yakuniy konferensiya shahar xalq ta’lim, umumta’lim maktabi amaliyotchi psixologi va psixologiya kafedrasi hamkorligida o‘tkaziladi
Do'stlaringiz bilan baham: |