Reja: Asosiy miqdorlar haqida tushuncha. Uzunlik va uning birliklari bilan tanishtirish metodikasi


Download 36.5 Kb.
Sana16.09.2023
Hajmi36.5 Kb.
#1679451
Bog'liq
8- mavzu.Uzunlik, og’irlik va yuza o’lchov birliklari ustida amallar.


8- mavzu:Uzunlik, og’irlik va yuza o’lchov birliklari ustida amallar.


Reja:

1.Asosiy miqdorlar haqida tushuncha.

2.Uzunlik va uning birliklari bilan tanishtirish metodikasi.

3.Massa va hajm, ularning birliklari bilan tanishtirish metodikasi.

1.Asosiy miqdorlar va ular haqida tushunchalar Boshlang’ich sinflarning dasturida matematik material bilan uzviy bog’liqlikda turli miqdorlarni ham o’rganish nazarda tutilgan.

Miqdorlarsiz tabiatni, borliq olamni o’rganish mumkin emas. Chunki miqdorlarda turli narsalarning, borliq dunyoning xossalari aks etgan.

Miqdorlarsiz tabiatni, borliq olamni o’rganish mumkin emas. Chunki miqdorlarda turli narsalarning, borliq dunyoning xossalari aks etgan.

Miqdor tushunchasi narsa yoki hodisaning xossasi bo’lib, bu tushunchalar o’quvchilarning butun o’qishi davrida shakllanadi.

Biz o’quvchilarga uzunlik, jismning massasi (og’irlik), hajmi, vaqt, figuraning yuzi kabi miqdorlar to’g’risida tushuncha berishimiz kerak. Bu tushunchalarni o’rganish arifmetik material bilan qo’shib o’qitiladi.

Masalan: o’lchashni o’rganish, sanashni o’rganish bilan, o’lchov birliklari sanoq sismavzusi bilan, ismli sonlar abstrakt sonlarni nomerlash bilan miqdorlar ustida amallar arifmetik amallar bilan parallel o’qitiladi. Miqdorlarni o’qitish matematikani hayot, sharoit bilan bog’liq holda o’qitib, politexnik bilimlar berish demakdir.

Hisoblash va yasash ishlarini bajarilishini, mehnat tarbiyasini, estetik ta’lim berishni kuchaytiradi. Ayniqsa miqdorlarni ko’rgazmali, aynan o’zini va laboratoriyalarda tushuntirish imkoni mavjud.

Atrof muhitdagi mavjud miqdorlar va ularni o’lchashni amaliyotda ko’radilar, kuzatadilar, haqiqatligiga ishonadilar. Hisoblash ishlarini yakka bajaradilar. Miqdorlarni tushuntirishda figuralar modellar, chizmachilik va o’lchash asboblaridan keng foydalanish kerak.


  • Atrof muhitdagi mavjud miqdorlar va ularni o’lchashni amaliyotda ko’radilar, kuzatadilar, haqiqatligiga ishonadilar. Hisoblash ishlarini yakka bajaradilar. Miqdorlarni tushuntirishda figuralar modellar, chizmachilik va o’lchash asboblaridan keng foydalanish kerak.

2.Uzunlik va uning birliklari bilan tanishtirish metodikasi Kesma uzunligini eng avvalo taqqoslash bilan kesmalarning “teng”, “katta”, “uzun”, “qisqa”, “kalta” kabi tushunchalarini beramiz. Amaliy ishlar bilan bir-birining ustiga qo’yib taqqoslaydigan uzunliklarni tayoqcha yoki metallar yordamida solishtiradilar. Turli xil o’lchov birliklarini tanlash mumkin.

Masalan: sanoq cho’pini uzunlik birligi qilib, u bilan boshqa uzunliklarni o’lchab taqqoslaydilar. Bularga daftarning uzunligi, qarich, qadam kabi birliklarni ham tushuntirish kerak. Shundan keyin sanoq cho’pining uzunligini sm bilan o’lchash va u bilan boshqa uzunliklarni sm bilan aniqlash imkoni tug’iladi.

Sm moduli orqali o’quvchilar:

Sm moduli orqali o’quvchilar:

1.Berilgan kesmani o’lchash.

2.Berilgan uzunlik masalasini hal qiladi.

Uzunlik o’lchovining yangi birligi km bilan tanishtirilayotganda bu birlik haqidagi tasavvurlarni shakllantirish maqsadida yer ustida amaliy ishlar o’tkazish tavsiya qilinadi.

1 km masofani qadamlab o’tib, necha qadam km bo’lganini, bir qadam uzunligi qancha uzunlikka egaligini keltirib chiqaradilar. Bir qadamning uzunligi chizg’ich, ruletka, o’lchov lentasi bilan taxminan hisoblangandan keyin turli masofalarni qadamlab, keyin m yoki km ga aylantiradilar.

1 km masofani qadamlab o’tib, necha qadam km bo’lganini, bir qadam uzunligi qancha uzunlikka egaligini keltirib chiqaradilar. Bir qadamning uzunligi chizg’ich, ruletka, o’lchov lentasi bilan taxminan hisoblangandan keyin turli masofalarni qadamlab, keyin m yoki km ga aylantiradilar.

O’qituvchi amaliyotdan misollar keltiradi. Masalan, suvni, yog’ni, kerosinni nima bilan o’lchab, nimaga solib olib kelamiz, degan suhbatni tashkil qiladi. “Idishlarning sig’imi”, va “litr” tushunchalarining kiritilishi narsalarning xossalari haqida fazoviy tasavvurlarning rivojlanishiga yordam beradi.

Tajriba shuni ko`rsatmoqdaki, o`lchashga oid birinchi mashqlarni raqamlar qo`yilmagan chizg`ich yordamida ham, santimetr modeli yordamida ham bajarish foydali ekan. Bu bolalarga amalda chizg`ichdan foydalanishning afzalligini ko`rsatish imkonini beradi, bir xil modeldan foydalanishda boshqa modeldan foydalanishga uzluksiz va to`la qonuniy o`tishni amalga oshirish imkonini beradi.

O’quvchilarni uzunlikning yangi birligi - dedsimetr bilan tanishtirish ikkinchi o`nlikni o`rganish munosabati bilan boshlanadi. Yuqorida qaralgan chizg`ich (qog`oz poloska) aslida dedsimetrning raqamlanmagan qog`oz modelidir. har bir o`quvchi shunday modellardan bir qanchasini yasashi muhimdir. O’quvchilar detsimetr modeli bilan ham santimetr modeli yordamida bajarganlaridek ishlarni ya`ni o`lchashlar va yasashlarni bajarishadi.

Uzunlik o`lchovining yangi birligi - kilometr bilan tanishtirilayotganda uzunlik o`lchovining bu birligi haqidagi tasavvurni shakllantirish maqsadida yer ustida amaliy ishlar o`tkazish tavsiya etiladi. Bu maqsadda o`quvchilar o`qituvchi boshchiligida 1 km ga (500 m ga teng) masofani o`tishlari va bu masofani qancha vaqtda o`tganlyaklarini aniqlashlari foydalidir. O`tilgan masofani, yo qadamlar bilan (taxminan 2 qadam 1 m ga teng), yoki ruletka, yoki o`lchov lentasi bilan o`lchaydilar.

Yuzani o’lchash uchun yuza birligi кв.cм ni kiritishdan boshlash kerak. Tomonning uzunligi 1 sm yoki daftarga 2 katak uzunligiga teng bo’lgan uzunlik orqali kvadrat chizdiriladi. Bu kvadrat ichida 4 ta katak joylashgan bo’ladi. Shundan keyin daftarning yuzini o’lchashdan boshlash kerak. 1) eni bo’yicha 30 ta katak, bo’yida 40 ta katak joylashgan bo’sa, 30*40=1200 katak. Har to’rttasi 1 kv sm.bo’lsa, 1200:15=300 kv sm. hisoblash mumkin.



http://fayllar.org
Download 36.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling