Qadimgi Rus davlati va huquqi (IX-XII asrlar)


Armiyani buyuk knyaz drujinasi


Download 40.5 Kb.
bet3/5
Sana09.03.2023
Hajmi40.5 Kb.
#1254678
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qadimgi Rus davlati va huquqi (IX-XII asrlar)

Armiyani buyuk knyaz drujinasi tashkil etgan. Drujinniklar profes-sional jangchilar bo‘lib, ayni vaqtda knyazning maslahatchilari ham edi. Yollanma jangchilardan ham foydalanilgan.
Sud ma’muriy hokimiyatdan ajralmagan edi. Uning tepasida buyuk knyazning o‘zi turardi. Virniklar - odam o‘ldirganlik uchun jarimalarni yig‘uvchilar sud ishlarini yuritishga yordam berardi. Votchina sudi mavjud bo‘lib, har bir yer egasi o‘ziga qaram kishilarni sud qilishi mumkin edi. Cherkov ham sud organi edi.
Rusda qonunchilik eng qadimgi vaqtlardan ma’lum. Bundan knyaz Olegning 907 yilda greklar bilan tuzgan shartnomasi ham dalolat beradi.
Rus huquqining eng yirik yodgorligi Rus haqiqati hisoblanadi. Unga quyidagilar kiradi:
1. Yaroslav haqiqati taxminan XI asrning 30-yillarida tuzilgan. Uning manbalarini odat huquqi, knyazlarning qonunchiligi, sud amaliyoti tashkil etadi.
2. Yaroslavichlar haqiqati esa 1052 yoki 1072 yillarda Kiyevda tuzilgan. Yaroslav haqiqati va Yaroslavichlar haqiqati Rus haqiqatining qadimiy matni hisoblanib, qisqa haqiqat deb yuritiladi.
3. «Mufassal haqiqat» Yaroslav Ustavi va Vladimir Monamax Ustavidan iborat bo‘lib, Monomax davrida (1112-1125 yillar) Kiyevda tuzilgan. Uning manbalari: knyazlarning qonunlari va sud amaliyoti hisoblanadi.
Qadimgi Rusda ustavlar, shartnomalar, knyazlarning yorliqlari, cher-kov ustavlari, podsho huquqining to‘plamlari, masalan, darg‘a kitoblari (kormchie knigi) va boshqalar ham bo‘lib, huquq manbalarini tashkil etgan.
Qadimgi rus qonunchiligi ancha rivojlangan fuqarolik-huquqiy nor-malarni tan oladi. Qonunlarda mulkiy munosabatlar keng ifoda etilgan. Mulkni himoya qilish qonunlarning eng asosiy maqsadlaridan biriga aylantirilgan edi. «Mufassal haqiqat»ning 72-moddasida yerlar, o‘rmonlar va tomorqa uchastkalari o‘rtasida chegaralar o‘rnatilganligi ko‘rsatilib, uni buzganlik uchun jarimalar nazarda tutilgan. Shu bilan birga harakatdagi mulklarga nisbatan ham mulk huquqi o‘rnatilgan edi.
Majburiyatlar zarar yetkazishdan va shartnomalardan kelib chiqqan. Masalan, birovga tan jarohati yetkazgan shaxs jinoiy jarima bilan birga jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar uchun ham, jumladan vrach xizmatlari uchun jarima to‘lashi lozim edi.
Majburiyatlar ko‘p hollarda shartnomalardan kelib chiqqan. Shartno-malarning qarz, oldi-sotdi, ayirboshlash, garov, yuk tashish kabi turlari keng tarqalgan. Qarz shartnomasi ko‘pincha guvohlar ishtirokida yozma shaklda tuzilgan. Bunda foizlar nazarda tutilgan. Foizlar juda yuqori edi. 1113 yil Kiyevda bo‘lib o‘tgan shahar kambag‘allarining qo‘zg‘oloni natijasida Vladimir Monomax foizlar miqdorini cheklovchi qator qoidalar chiqarishga majbur bo‘lgan edi.
Qadimgi Rusda xrestianlik qabul qilingandan keyin nikoh va oila huquqi cherkov aqidasiga, ya’ni vizantiya huquqiga asoslanadigan bo‘ldi. Bunga ko‘ra, nikoh yoshi erkaklar uchun 14-15 yosh, ayollar uchun 12-13 yosh qilib belgilanadi. Nikoh tomonlarning va ularning ota-onalari roziligi bilan tuzilardi. Uchinchi marta nikohga kirishga yo‘l qo‘yilmasdi. Nikohni cherkov rasmiylashtirgan. Oilada er va ota hukmron edi. Ota-onalar bola-larni jazolash, qul qilib sotish huquqiga ega edi. Rus haqiqatiga homiylik instituti ham ma’lum.
Rus haqiqati vasiyat bo‘yicha va qonuniy merosni tartibga soladi. Meros qoldiruvchi faqat o‘z oila a’zolariga vasiyat qilishi yoki kimnidir merosdan mahrum qilishi mumkin edi. Uning vasiyati o‘zgarmas hisob-langan. Vasiyat bo‘lmasa meros o‘g‘illar o‘rtasida qonuniy tartibda taq-simlangan. Qizlarga sep-sidirg‘a ajratilgan. Eng kenja o‘g‘ilga merosdan ko‘proq - umumiy mulkdan o‘z hissasi va uy, tomorqa o‘tgan. O‘g‘illar bo‘lmasa, qizlar merosxo‘r bo‘lgan. Faqat boyarlarning qizlari merosxo‘r bo‘lishi mumkin edi. Smerdlarning qizlari meros huquqidan mahrum etilib, faqat erga tegmagan bo‘lsa sep-sidirg‘a uchun hissa olardi xolos. Boshqa barcha hollarda meros knyaz foydasiga hal qilinardi.

Download 40.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling