Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 120.44 Kb.
bet8/9
Sana13.10.2020
Hajmi120.44 Kb.
#133502
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Харбий хизмат буйича


13-bob. Yakunlovchi qoidalar

359. Harbiy xizmatchilar sodir etgan huquqbuzarliklar uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq intizomiy, moddiy, fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladi.

360. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor deb topilgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga


1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida ofitsyerlar
tarkibiga mansub lavozimlarda harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risida
KONTRAKT

Seriya AA №000000



1.__________________________________________________________________________________________
fuqaroning (harbiy xizmatchining) harbiy unvoni, familiyasi, ismi, sharifi
___________________________________________________________________________________________ tug‘ilgan kuni, oyi va yili
______________________________________________________________________________________ bilan
vazirlikning (idoraning) nomi
_________________________________________________________________________ komandiri (boshlig‘i)
vazirlik (idora) bo‘linmasining nomi
________________________________________________________________________________ vakilligida
vakolatli mansabdor shaxsning harbiy unvoni, familiyasi, ismi, sharifi
__________________________________________________________________________ da ixtiyoriy ravishda
vazirlikning (idoraning) nomi
_____________________________________________________________________________ muddat davomida
kontrakt muddati

harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risida mazkur kontraktni tuzdilar.










2. _________________________________________________________________________________________
harbiy xizmatchining familiyasi, ismi va sharifi

o‘ziga quyidagi majburiyatlarni oladi:










a) O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo‘yicha harbiy burchni bajarishga doimo tayyor turish;
b) ushbu kontraktda belgilangan muddat davomida kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari umumharbiy nizomlari, turli sharoitlarda unga bo‘ysunuvchi bo‘linmalarni boshqarish bo‘yicha yo‘riqnoma va ko‘rsatmalar talablarini mukammal bilish va so‘zsiz bajarish, komandir va boshliqlarning buyruqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarishini ta’minlash;
v) bo‘ysunuvchilarni kundalik xizmat faoliyatida va jangda mohirona boshqara bilish, qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun o‘z vaqtida va oqilona qaror qabul qilish, bo‘linma va shaxsiy tarkibni boshqarish va rahbarlik qilishda butun mas’uliyatni chuqur anglash va o‘z zimmasiga olish, bo‘ysunuvchilarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash bo‘yicha barcha zaruriy choralarni ko‘rish;
g) bo‘linmalarning yuqori jangovar shayligi va sifatli jangovar tayyorgarligi, yuqori harbiy intizomi, ichki tartibga rioya etishi, shuningdek qurol-aslaha, harbiy texnika va mulkni saqlash, ularni jangovar qo‘llash uchun doimiy shaylikda tutishni ta’minlash;
d) jangovar-xizmat vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishda o‘zining professional, liderlik, axloqiy-ishchanlik va tashabbuskorlik sifatlarini qo‘llash;
e) o‘z bilimlarini takomillashtirish va kasb mahoratini oshirishga doimo intilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan barcha umumiy, lavozimi bo‘yicha va maxsus majburiyatlarni vijdonan bajarish;
Quyidagi huquqlarga ega:
a) harbiy xizmat shartlarida belgilangan cheklashlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘rsatilgan huquq va erkinliklardan foydalanish;
b) shaxsiyatiga nisbatan hurmat, komandirlar (boshliqlar) va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan unga nisbatan haqqoniy munosabatda bo‘lish;
v) qonunchilikda belgilangan tartibda, davlat hisobidan o‘rnatilgan me’yorlarga ko‘ra moliyaviy va moddiy tomondan ta’minlanish;
g) qonunchilikka muvofiq nafaqa bilan ta’minlanish, ijtimoiy va huquqiy himoyalanish;
d) malakasi, qobiliyati va xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishini hisobga olgan holda o‘z kasbiy malakasini oshirish va xizmat pog‘onasi bo‘yicha yuqori lavozimga ko‘tarilish;
e) sog‘lig‘ini saqlash;
j) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan tartib va shartlarga muvofiq kontrakt tuzish va uni bekor qilish;
z) harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda kelib chiqqan nizolarni tomonlarning kelishuvi yoki sud orqali hal qilish;
i) qonunchilikda belgilangan boshqa kafolat va kompensatsiya to‘lovlarini olish.
3. _________________________________________________________________________________________

vazirlikning (idoraning) nomi

qonunchilikka muvofiq holda o‘ziga quyidagi majburiyatlarni oladi:
a) ushbu kontraktni tuzgan harbiy xizmatchi va unining oila a’zolarining konstitutsiyaviy huquqlariga rioya etilishini ta’minlash;
b) harbiy xizmatchiga harbiy xizmatni o‘tash, professional jihatdan shakllanish va xizmat pog‘onasi bo‘yicha ko‘tarilishida zarur sharoitlar yaratish;
v) harbiy xizmatchining sug‘urtalanishini ta’minlash;
g) harbiy xizmatchini belgilangan pul va moddiy ta’minot bilan ta’minlash;
d) harbiy xizmatchining harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplab berishni ta’minlash.
Quyidagi huquqlarga ega:
a) xizmatni o‘tash sharoitlaridan kelib chiqqan holda harbiy xizmatchini qonunchilikda belgilangan alohida huquq va erkinliklaridan cheklash;
b) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan tartib va shartlarga muvofiq kontrakt tuzish va uni bekor qilish;
v) harbiy xizmatchi bilan kelib chiqqan nizolarni tomonlarning kelishuvi yoki sud orqali hal qilish;
g) harbiy xizmatchini O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo‘yicha jangovar-xizmat vazifalarini bajarishga yuborish;
d) davlat manfaatlaridan kelib chiqqan holda harbiy xizmatchini O‘zbekiston Respublikasining istalgan hududiga harbiy xizmatni o‘tash uchun yuborish.
4. Vazirlik, davlat qo‘mitasi, idoraning manfaatlarini himoya qiluvchi mansabdor shaxs majburiyatlari:
a) harbiy xizmatni o‘tashga kelgan nomzodni harbiy xizmatni o‘tash shartlari bilan tanishtirish;
b) nomzodni harbiy xizmatning zararli va xavfli sharoitlari, kasbiy kasallikka chalinishi mumkinligi hamda harbiy xizmatni bajarish bilan bog‘liq huquqiy cheklashlar haqida ogohlantirish.
5. Kontrakt shartlarini bajarmagan taqdirda tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
6. Mazkur kontrakt tomonlar imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi.
7. Kontrakt O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkin.
8. Kontrakt ikki nusxada tuzildi va qayd etildi: 1-nusxa harbiy xizmatchining shaxsiy hujjatlari yig‘majildida saqlanadi, 2-nusxa harbiy xizmatchiga topshirildi.
9. Tomonlar























______________________________________
harbiy xizmatchining harbiy unvoni, familiyasi, ismi, sharifi
______________________________________
sana

(M.O‘.)

______________________________________
vakolatli mansabdor shaxsning lavozimi, imzosi, ______________________________________
harbiy unvoni, familiyasi, ismi, sharifi ______________________________________ sana

Mazkur kontraktning kuchga kirganligi to‘g‘risidagi buyruq __________________________________________
___________________________________________________________________________________________
tegishli mansabdor shaxsning buyrug‘i sanasi va raqami
Mazkur kontrakt ______________________________________________________________________ sababli
kontraktni amalda bekor qilish uchun asos
_______________________________________________________________________________bekor qilindi.
kontraktni bekor qilish sanasi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida oddiy askarlar va serjantlar
tarkibiga mansub lavozimlarda harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risida
KONTRAKT

Seriya VA №000000
























1._________________________________________________________________________________________
harbiy xizmatchining harbiy unvoni, familiyasi, ismi, sharifi
___________________________________________________________________________________________
tug‘ilgan kuni, oyi va yili
_____________________________________________________________________________________ bilan
vazirlikning (idoraning) nomi
_________________________________________________________________________ komandiri (boshlig‘i)
vazirlik (idora) bo‘linmasining nomi
_________________________________________________________________________________ vakilligida
vakolatli mansabdor shaxsning harbiy unvoni, familiyasi, ismi, sharifi
_________________________________________________________________________ da ixtiyoriy ravishda
vazirlikning (idoraning) nomi
____________________________________________________________________________ muddat davomida
kontrakt muddati

harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risida mazkur kontraktni tuzdilar










2. _________________________________________________________________________________________
harbiy xizmatchining familiyasi, ismi va sharifi

o‘ziga quyidagi majburiyatlarni oladi:










a) O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlash bo‘yicha harbiy burchni bajarishga doimo tayyor turish;
b) o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishi uchun zarur bo‘lgan harbiy va maxsus bilimlarga ega bo‘lish uchun vijdonan yondashish va ularni mukammal bilish;
v) ushbu kontraktda belgilangan muddatda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari umumharbiy nizomlari talablarini yaxshi bilish va ularni so‘zsiz bajarish;
g) o‘z harbiy kasbini bosqichma-bosqich o‘rganish, bo‘ysunuvchilarni jangda va kundalik xizmat faoliyatida boshqarishga o‘rganish, qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun o‘z vaqtida va asosli qaror qabul qilish;
d) qurol-aslaha, harbiy texnika va mulkni saqlash bo‘yicha barcha chora-tadbirlarni ko‘rish, ularni jangovar qo‘llash uchun doimiy shaylikda tutish;
e) o‘z bilimlarini takomillashtirish, kasb mahoratini oshirish, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikda yuqori ko‘rsatkichlarga erishishga muntazam intilish;
j) O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan barcha umumiy, lavozimi bo‘yicha va maxsus majburiyatlarni so‘zsiz bajarish;
quyidagi huquqlarga ega:
a) harbiy xizmat shartlarida belgilangan cheklashlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan huquq va erkinliklardan foydalanish;
b) shaxsiyatiga nisbatan hurmat, komandirlar (boshliqlar) va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan unga nisbatan haqqoniy munosabatda bo‘lish;
v) qonunchilikda belgilangan tartibda davlat hisobidan o‘rnatilgan me’yorlarga ko‘ra moliyaviy va moddiy tomondan ta’minlanish;
g) qonunchilikka muvofiq nafaqa bilan ta’minlanish, ijtimoiy va huquqiy himoyalanish;
d) malakasi, qobiliyati va xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishini hisobga olgan holda o‘z kasbiy malakasini oshirish va xizmat pog‘onasi bo‘yicha yuqori lavozimga ko‘tarilish;
e) sog‘lig‘ini saqlash;
j) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan tartib va shartlarga muvofiq kontrakt tuzish va uni bekor qilish;
z) harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda kelib chiqqan nizolarni tomonlarning kelishuvi yoki sud orqali hal qilish;
i) qonunchilikda belgilangan boshqa kafolat va kompensatsiya to‘lovlarini olish.
3. _________________________________________________________________________________________

vazirlikning (idoraning) nomi

a) ushbu kontraktni tuzgan harbiy xizmatchi va uning oila a’zolarining huquqlarini ta’minlash;
b) harbiy xizmatchiga harbiy xizmatni o‘tashi, yashashi va maishiy ta’minoti uchun zarur sharoitlarni yaratish;
v) harbiy xizmatchining sug‘urtalanishini ta’minlash;
g) harbiy xizmatchini belgilangan pul va moddiy ta’minot bilan ta’minlash;
d) harbiy xizmatchining harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplab berishni ta’minlash.
quyidagi huquqlarga ega:
a) xizmatni o‘tash sharoitlaridan kelib chiqqan holda harbiy xizmatchini qonunchilikda belgilangan alohida huquq va erkinliklaridan cheklash;
b) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan tartib va shartlarga muvofiq kontrakt tuzish va uni bekor qilish;
v) harbiy xizmat majburiyatlari bilan bog‘liq holda harbiy xizmatchi bilan kelib chiqqan nizolarni tomonlarning kelishuvi yoki sud orqali hal qilish;
g) harbiy xizmatchini O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo‘yicha jangovar-xizmat vazifalarini bajarishga yuborish;
d) davlat manfaatlaridan kelib chiqqan holda harbiy xizmatchini O‘zbekiston Respublikasining istalgan hududiga harbiy xizmatni o‘tash uchun yuborish.
4. Vazirlik, davlat qo‘mitasi, idoraning manfaatlarini himoya qiluvchi mansabdor shaxs majburiyatlari:
a) harbiy xizmatni o‘tashga kelgan nomzodni harbiy xizmatni o‘tash shartlari bilan tanishtirish;
b) nomzodni harbiy xizmatning zararli va xavfli sharoitlari, kasbiy kasallikka chalinishi mumkinligi hamda harbiy xizmatni bajarish bilan bog‘liq huquqiy cheklashlar haqida ogohlantirish.
5. Kontrakt shartlarini bajarmagan taqdirda tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
6. Mazkur kontrakt tomonlar imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi.
7. Kontrakt O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkin.
8. Kontrakt ikki nusxada tuzildi va qayd etildi: 1-nusxa harbiy xizmatchining shaxsiy hujjatlari yig‘majildida saqlanadi, 2-nusxa harbiy xizmatchiga topshirildi.
9. Tomonlar























______________________________________
harbiy xizmatchining harbiy unvoni, familiyasi, ismi, sharifi ______________________________________

______________________________________ sana



(M.O‘.)

_____________________________________
vakolatli mansabdor shaxsning lavozimi, imzosi, ______________________________________ harbiy unvoni, familiyasi, ismi, sharifi

______________________________________ sana
























Mazkur kontraktning kuchga kirganligi to‘g‘risidagi buyruq __________________________________________
___________________________________________________________________________________________
tegishli mansabdor shaxsning buyrug‘i sanasi va raqami
Mazkur kontrakt ______________________________________________________________________ sababli
kontraktni amalda bekor qilish uchun asos
_______________________________________________________________________________bekor qilindi.
kontraktni bekor qilish sanasi

Download 120.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling