Shartnoma №
Download 27.14 Kb.
|
Sh a r t n o m a-30%, 70%
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHARTNOMANING PREDMETI.
- II. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI.
Sh a r t n o m a № ____ (Statistikma’lumotlaruchun) «______»________________ 20____ y. Nukusshahri Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda “Bajaruvchi” deb yuritiladi) nomidan Nizom asosida faoliyat ko‘rsatuvchi rahbar ________________ bir tarafdan va ______________________________________________ (keyingi o‘rinlarda “Buyurtmachi” deb yuritiladi) nomidan Nizom asosida faoliyat ko‘rsatuvchi rahbari ___________________________________ ikkinchi tarafdan tuzdilar mazkur shartnomani quyidagilar haqida: SHARTNOMANING PREDMETI. Mazkur shartnomaga muvofiq, “Bajaruvchi”, “Buyurtmachi” ning o‘z-aro ixtiyorilik kelishuvi va buyurtmasi asosida, Davlat statistikasi ishlariga kiritilmagan statistika, tahliliy, axborot, noshirlik va boshqa xizmat turlarini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, ushbu shartnoma asosida statistik materiallar tayyorlab berish, turli hisobotlarni tuzishda yaqindan amaliy yordam ko‘rsatish, buxgalteriya va statistik hisob-kitoblarni belgilangan tartibda yuritilishida maslahatlar berish, «oylik», «chorak» lik hamda «yillik» statistik byulletenlar tayyorlab berish hamda, turli hil shakldagi hisobotlarni ko‘paytirish va nusxa olish, kompyuter orqali hisoblab chiqarish ishlarini bajarish kabi xizmatlarni ko‘rsatadi. «Buyurtmachi» esa ko‘rsatilgan konsalting xizmati bo‘yicha ishlarni qabul qilib, ko‘rsatilgan xizmat turlari bo‘yicha shartnoma bahosida nazarda tutilgan to‘lovni amalga oshiradi. II. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI. 2.1. “Buyurtmachi” ning huquqlari: 2.2. “Bajaruvchi”dan mazkur shartnomaga muvofiq, belgilangan muddatga tegishli sifatga ega bo‘lgan xizmatlar ko‘rsatilishini talab qilish; 2.3. Agar zarur sifatga ega bo‘lgan xizmatlar ko‘rsatilmagan taqdirda, ushbu “Xizmatlar”ning kamchiliklarini bepul bartaraf etilishini yoki shartnoma bahosini mutanosib ravishda kamaytirilishini talab qilishi; 2.4. Shartnoma shartlari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi natijasida etkazilgan zararni qoplanishini “Bajaruvchi”dan yozma tartibda talab qilish; 2.5. “Buyurtmachi”ning majburiyatlari: 2.6. Mazkur shartnoma qonunda belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, imzolangandan keyin 5 bank ish kunida shartnomaning 3.1.-bandida statistika ma’lumot xizmati summasini «Bajaruvchi»ning bankdagi hisob raqamiga to’lab berish; 2.7. Buyurtma xizmatini shartnoma shartlariga muvofiq «Bajaruvchi» joylashgan manzilda qabul qilib olish; 2.8. “Bajaruvchi” ning huquqlari: 2.9. Taqdim etilgan statistik materiallarni faqat xizmat sohasida qonuniy foydalanishini talab qilish; 2.10. Buyurtmaga muvofiq ko‘rsatilgan “Хizmatlar”ni “Buyurtmachi”ga topshirish, asossiz rad etilgan taqdirda, etkazilgan zararni qoplashni talabqilish. 2.11. “Bajaruvchi” ning majburiyatlari: 2.12.“Buyurtmachi” tomonidan berilgan so‘rov va konsalting xizmat turlarini to‘liq va o‘z muddatida sifatli bajarilishini ta’minlash; 2.13. Shartnomaga muvofiq buyurtmachi tomonidan to‘lov majburiyatlari (shartnomaning 2.6 bandi) bajarilmagan taqdirda, statistik ma’lumotlarni bajarish va etkazib berishni kafolatlamaydi; 2.14.Zaruriy sifatiga ega bo’lmagan xizmatlar ko‘rsatilgan taqdirda, ushbu kamchiliklarni zudlik bilan bepul bartaraf qilish yoki shartnoma bahosini lozim darajada bajarilmagan qismiga mutanosib ravishda kamaytirish. Download 27.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling