Qarshi davlat universiteti djurayev olimjon narkulovich talabalarni pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishga tayyorlash metodikasini


Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi


Download 2.33 Mb.
bet7/33
Sana19.11.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1786381
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
Bog'liq
O. Джураев Avtorefarat 14.11.2023

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Talabalarda pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishga doir ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha olingan natijalari asosida:
o‘qituvchi faoliyatining intellektual va biologik funksiyalar uzviyligidagi vazifalari pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishning texnologik, ergonomik va fiziologik aspektlariga doir empirik tajribalarning amaliy vektoriga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan ma’lumotlardan “Korxonalarda mehnatni tashkil etish” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan. 388-201-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni mehnat faoliyatini ratsional tashkil etishga doir nazariy tayyorgarlik jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan;
talabalarni pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishga o‘rgatish jarayoni funksional modelining strategik bloki vaqt sarfini algoritmik ichki harakat rejasi asosida minimizatsiyalash, mehnat sharoitlaridan profstandarlarga ko‘ra optimal foydalanish kabi obektiv qonuniyatlar asosida takomillashtirilganligiga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Korxonalarda mehnatni boshqarish” nomli darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 429-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan. 429-510-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni mehnatni ratsional tashkil etish jarayonini tizimli tashkil etilishiga xizmat qilgan;
pedagogik ta’lim jarayonida talabalarni mehnatni ratsional tashkil etishga o‘rgatish metodikasi kasbiy potensialni va hayotiy pozitsiyani mustahkamlashga qaratilgan kouching strategiyadan konstruktiv, komporativ va aksiologik yondashuvga asoslanuvchi nazariy tayyorgarlik, amaliy tayyorgarlik va refleksiya bosqichlarida foydalanish orqali takomillashtirilganligiga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Jizzax politexnika instituti ilmiy tadqiqot rejasining OT-F1-049 raqamli “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2022-yil 18-oktabrdagi № 01-2449-2441-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni mehnatni ratsional tashkil etishga amaliy tayyorgarlik jarayoni kouching-strategiya asosida rivojlantirilishiga xizmat qilgan.

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling