Qarshi davlat univyersiteti


Download 0.78 Mb.
bet4/13
Sana21.01.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1106406
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Qirg\'iziston

Foydali qazilmalari
Qirg`iziston respublikasi Tog`li respublika sifatida ajralib turadi. Bu yerda Tyan—shan va Pomir—Oloy sistemalarining Tog` tizmlari o’tgan. Tog`larning baland cho’qqilari—G'alaba (7439m) va Lenin cho’qqilari (7134) ham respublika hududida joylashgan. Yuksak Tog` zanjirlarining cho’qqilari abadiy qor va muzliklar bilan qoplangan. Respublika hududining 1G'3 qismi dengiz sathidan 3000 m va undan balandda joylashgan. Norin,Qoradaryo, Talas, Chuv va boshqa sersuv daryolar huddi shu Tog`lardan boshlanadi. hududining yarmiga yaqini 1000—3000 m balandda joylashgan. Tog` vodiylari va yaylovlar xalq xo’jaligi uchun katta ahamiyatga egadir. hududining 30% ga yaqin qismini o’rmonlar qoplagan.
Daryolarning asosiy qismi Tog` daryolari bo’lganligi sababli suІorish va gieroenergetika sifatida katta ahamiyatga ega. Gidroenergetika resurslari bo’yicha MDHda Rossiya va Tojikistondan keyingi o’rinda turadi. Daryolari orasida Norin kaskadlari katta ahamiyatga egadir.Qirg`iziston respublikasida Yirik oltin konlari (Issiq ko’l oblastida), surma va simob (O’sh viloyatidagiQadamjoy va haydarkent) rudalari, Toshko’mir konlari va ko’ngir ko’mir konlari (Toshko’mir,Hzgan, Ko’k yonІoq),Farg`ona vodiysida qisman neft va gaz konlari topilgan. Rangdor metallurgiya Qirg`izistonning ixtisoslashgan tarmog’iga aylandi.

1.2 Xo’jaligiga umumiy ta’rif
Qirg’iziston agrar-industrial mamlakat. Yalpi milliy mahsulotda sanoat 20,5 %, qishloq xoʻjaligi 38,4 %, xizmat koʻrsatish tarmogi 12 %, savdo 10,1 % ni tashkil etadi.
Xo’jaligi agrar-industrial xarakterga ega. Yetakchi xo'jalik tarmog'i qishloq xo'jaligidir. Dehqonchiligining eng yirik tarmog'i donchilikdir. Jami ekin maydonlarining 1/2 ga yaqinida donli ekinlar ekiladi. Texnik ekinlardan paxta va tamaki (Janubiy Qirg'iziston), qandlavlagi (Shimoliy Qirg'izistonda) ko'proq ekiladi.
Chorvachiligining asosiy tarmoqlari mayin junli qoramolchilikdir.
Qishloq xoʻjaligi uchun yaroqli yerlar maydoni 10,1 mln. gektar (mamlakat hududining 50,9 %). 1 mln. gektar yer sugʻoriladi. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — chorvachilik (yalpi mahsulotning 55 %), asosan mayin va yarim mayin junli qoʻychilik; sut-goʻsht chorvachili-gi, yilqichilik ham rivojlangan. mamlakatda 988 ming qoramol, 88 ming choʻchqa, 3765 ming qoʻy va echki, 360,7 ming yilqi, 2100 ming uy parrandasi bor (2002). Dehqonchilikning asosiy tarmogʻi — paxta, tamaki, efir moyli ekinlar yetishtirish; shuningdek, yem-xashak ekinlari, gʻalla (bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori), kartoshka, sabzavot, poliz ekinlari ekiladi. Mevachilik, tokchilik va bogʻdorchilik rivojlangan. Qand lavlagi va beda urugi olinadi.
Qirg`iziston xo’jaligi Markaziy Osiyo davlatlari xo’jaligidan farq qiladi. Respublikada mashinasozlik sanoati, Ayniqsa ko’p mehnat talab qiladigan-elektronika, radiotexnika, priborsozlik hamda qishloq xo’jalik mashinasozligi yaxshi rivojlangan. Bishkekdagi avto—yig`uv va fizika priborlari zavodlari, Qirg`izkabel, QirІiz elektrodvigatel, Moylisoy lampa zavodi va boshqa yirik korxonalar hisoblanadi.
Respublika qishloq xo’jaligi mayin junli va yarim mayin junli qo’ylar boqishga, sut-go’shg qoramolchiligi, yilqichilik, paxtachilik (O’sh viloyatida) qandlavlagi, meva va sabzavot, donli ekinlar yetishtirishga ixtisoslashgan.
Chorvachilik respublika qishloq xo’jaligining asosini tashkil etadi.QirІizigtoniing pichanzor va yaylovlari (8 mln. ga. dan ko’proq), qirІiz xalqining chorvachilikdagi qadimiy katta tajribasi chorvachilikni intensiv rivojlantirishga imkon beradi. Chorvachilikda qo’ychilik yetakchi tarmoqdir.Qo’ylarning ko’pligi bo’yicha Markaziy Osiyoda Qozog`istondan keyin ikkinchi o’rinda turadi.
Chorvachilikning sut-go’sht qoramolchiligi uchun sharoit yetarlidir. Bular asosan, Chuy va Talas vodiylarida, Issiqko’l bo’yida, respublikaning janubig`arbida boqiladi.
Rivojlanishining tabiiy omillari, muhim tarmoqlari. Mamlakat qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun tabiiy resurs muhim omil bolib maydonga chiqadi. Shuning uchun ham turli-tuman tabiat manbalariga, ozgacha orografik xususiyatga, ozgacha yer fondiga, tuproq iqlim sharoiti va suv resurslariga ega bo’lgan bu mamlakatda va uning turli xil geografik mintaqalarida qishloq xo’jaligi oziga xos sohalarga ixtisoslashgandir. Togli mamlakatda yer ustining onqir-chonqirlar, soy va daralar, qir va adirlardan tuzilganligi, yaylovzorlar iqlimiy sharoitining har xilligi, dehqonchilik qilinadigan yerlarning chegaralanganligi malakat qishloq xojalagini bir meyorda rivojlantirish imkoniyatini bermaydi. Aksincha uni rivojlantirish bobida bir necha muammo bor.
1-muammo. Dehqonchilik qilinadigan yer fondining chegaralanganligi. Bunday holat jahondagi barcha togli mamlakatlarga xos jarayondir. Bu narsani MOD misolida ham korish mumkin. Jumladan togli mamlakatlar Qirgiziton va Tojikistonniig shu jihatdan imkoniyatlari va muammolari bir-biriga o`xshashdir.
1-misol. Qirgiziston va Tojikiston mamlakatlarining umumiy yer fondi 19,8: 14,3 million gektarni tashkil qiladi. MODning bu mamlakatlari iishlot xo’jaligida foydalaiilayotgan yerlar 10,1 :4,2 million gektarga teng. Shundan shudgor qilinadigan yerlar 1,4:0,9 mln.ga, ya’ni ikki qoshni mamlakatda umumiy yer fondining atigi 7,1:6,3 foiziga shudgor qilib dehqonchilik qilinadi.
2.misol. MODning yuqorida tilga olingan har ikki mamlakatida shudgor qilinadigan maydonning aholi jon boshiga nisbatan juda past. Jumladan bu ko’rsatkich Qirgizistonda 0,3 gektarni, Tojikistonda esa 0,17 gektarni tashkil qiladi, xolos. Ayni paytda Markaziy Osiyoning bu davlatlaridagi aholi tabiiy osishdagi yuqori korsatkichi inobatga olinsa regionlar oldida turgan mazkur muammoning yana ham dolzarbligi ayon bo’ladi.
Shuning uchun ham Qirgiziston agrosanoat majmuini rivojlantirish har bir gektar yerdan unumli va tejamli foydalanishning tadbirlar majmuasini ishlab chiqarishni taqozo qiladi. Oz navbatida mamlakat hududining murakkab orografik xususiyatlari ozgacha agronomik tadbirlarini ishlab chiqishni talab qiladi. Jumladan dehqonchilik doirasini kengaytirish maqsadida tog yonbagrlarini ozlashtirish bir tomondan tog’ tabiatiga salbiy ta’sir korsatmasdan terrasalash ishlarini olib borishni, ikkinchi tomondan esa suv quvurlari otkazishni kun tartibiga qoyadi.
2-muammo - Mamlakat agroiqlim resurslaridan maqsadga muvofiq foydalanish. Qirgizistonning iqlimiy resurslari uning turli geografik rayonlarida keskin farg qiladi. Bu farq Shimoliy va Janubiy Qirgiziston oz geografik orniga kora nisbatan yumshoq iqlimli region. U shimoldan va shimoliy sharqdan esadigan sovuq va nam keltiruvchi havo massalalariga ochiq. Janubiy Qirgiziston esa Fargona vodiysi deb nom olgan, turli geografik tomonlardan toglar bilan oralgan issiq iqlimli o’ziga xos qishloq xo’jalik rayonidir.
Mustaqil Qirgiziston o’z agrosanoat majmuini yaqin kelajakka rejalashtirar ekan, mazkur muammolarni ijobiy hal qilishi shubahasizdir. Ayniqsa mamlakatning turli geografik rayonlaridagi agroiqlim xususiyatlarini inobatga olish mamlakat dehqonchiligi uchun birinchi darajali ishqir.
Qirgiziston iqtisodiyotida kop tarmoqli qishloq xo’jaligining ulushi katta. Mamlakat qishloq xo’jaligida chorvachilik yetakchi rol oynaydi. Buning asosiy sababi qishloq xojaligiga yaroqli yerlarning 85 foizini yaylovzorlar tashkil qilishidir. Qishloq xo’jaligida yetishtiriladigan yalpi mahsulotning 60 foizi chorvachilikdandir. Qoychilik, qoramolchilik, yilqichilik, cho’chqachilik va parrandachilik mamlakat chorvachiligining yetakchi tarmoqlaridandir.
Misol. Qoychilik chorvachilikda muhim tarmoq. Keng yaylovzorlarga va yumshoq tabiatga moslashgan mayin va yarim mayin tolali jun beradigan qoychilik mamlakatning shimoliy va markaziy rayonlarida yaxshi rivojlantirilgan. Bu rayonlarda har 100 gektar qishloq xo’jaligiga yaroqli maydonga 140 bosh qoy to’g’ri keladi, Oz navbatida uning boshqa rayonlarida bu korsatkich 40-80 boshga teng. Mamlakatda ishlab chiqariladigan sifatli jun tolalaridan yiliga 30 million dona erkak v ayollar uchun kostyum tikish mumkin.
Qirgiziston qishloq xojalik ishlab chiqarishida ahamiyati jihatidan 2-orinda dehqonchilik va bogdorchilik turadi. 1996 -yilda Mamlakatda jami ekin maydoni 1,4 million gektarni tashkil qildi. Shuning 49,6 foiziga don-dukkakli ekinlar, 11,9 foiziga texnika ekinlari, 3,4 foiziga kartoshka va sabzavot, 35,1 foiziga esa hashaki ekinlari ekiladi. Mamlakatda bugdoy, makkajoxori, sholi, paxta, koknori, tamaki, qand lavlagi, kartoshka, sabzavot ko’p ekiladi. Shuningdek, Qirgiziston meva va uzumni ko’p yetishtiradi. Texnika ekinlaridan koknori etishtirish Markaziy Osiyo uchun yagona dehqonchilik tarmogidir.
Misol. Dorivor koknori asosan Qirgizistonning Issiqkol cho’kmasida kol boyida maxsus ixtisoslashgan xo’jaliklarga ekiladi. Bu ekin quyoshli kunlarni, mo`tadil iqlimiy sharoitni, shamolning tez-tez almashinib turishini yoqtiradi.Bunday tabiiy sharoit esa Issiqkol boylarida, Tyan-Shan toglarining ichki qismidagi vodiylarda muhayyo. Dorivor osimlik koknori novcha 1,2-1,8 m boladi. Koknori yetishtirish ishlari asosan qolda bajariladi. Uning hosili-goradori ximiya-farmaseftika sanoatida ishlatiladi.
Qirgizistonning sanoatida bo’lganidek, uning qishloq xojaligi ham qayta qurilshning katta qiyinchiliklariga duch keladi. Qishloq xo’jaligi tarmoq tuzilishidagi ozgarishlar, uni texnika vositalari, moddiy resurs bilan, hamda malakali kadrlar bilan ta’minlashdagi qiyinchiliklar yalpi mahsulot yetishtirish hajmiga salbiy ta’sir korsatadi. Mamlakat agrosanoat majmuida qishloq xo’jalik mahsulotlarini xorijiy texnologiya asosida qayta ishlashni yo’lga qoyish mln-mln, milliy valyutani sarflashni taqozo etmoqda. Shuning uchun mamlakat ASMda mamlakat qishloq xo’jaligining korki bo’lgan chorvachilikda iqtisodiy ko’rsatkichlar aholi ehtiyojiy darajasidan ancha past. Mamlakat qishloq xo’jaligidagi orqaga chekinishlar ayniqsa 1990—1995 yillarda yaqol ko`zga tashlandi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling