Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Neft va gaz” fakulteti “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi


Download 1.87 Mb.
bet13/31
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1330568
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
7-Amaliy mashg‘ulot
Termik jarayonlar uchun reaktorlar hisobi
Mikrosferik katalizatorli katalitik kreking qurilmalarida katalizator, reaktor va regenarator orasida uzluksiz sirkulyatsiyalanadi. Katalizatorning sirkulyatsiya jadalligi katalizatorning sirkulyatsiya karraligi (kratnost) (ks) bilan tavsiflanadi:

10.20

bu yerda: Gs – reaktorga kirayotgan sirkulyatsiyalanuvchi (regenaratsiyalangan) katalizatorning oqimi, kg; L+P – reaktorning yangi L va retsirkulyatsilanuvchi xomashyo R bilan qо‘shilma yuklanishi, kg/soat.
Sistemada sirkulyatsiyalanadigan katalizator miqdori Gs, shuningdek uning karraligi ks – о‘z-о‘zidan asossiz qabul qilinmaydi. Reaktorga kirayotgan xomashyoning solishtirma entalpiyasi hL va Gs ning qiymati, regenatordagi ortiqcha issiqlik Qort reaktor va regenaratorning issiqlik balanslari yordamida bog‘lanishi kerak. Agar, masalan hL qiymati berilsa, unda reaktorning issiqlik balansidan sirkulyatsiyalanuvchi katalizator miqdori Gs ni, regenarator balansidan esa ortiqcha issiqlik miqdori (Qort) ni topish mumkin.
Ikkinchi tomondan, yoqiladigan koks bо‘yicha moddiy balans tenglamasini tuzish mumkin (K, kg/soat):


qayerda: xishk – ishlatigan katalizatordagi koksning miqdori, % (mass); xreg – regenaratsiyalangan katalizatordagi koksning miqdori, Gs – sirkulyatsiyalanuvchi katalizatorning miqdori, kg/soat.



Topilgan Gs qiymatida sо‘nggi tenglamadan ishlatilgan katalizatordagi koksning tarkibini aniqlash mumkin:



Reaktorning samarali ishlashi uchun xishk ning kattaligi tavsiya etilgan qiymatdan katta bо‘lishi mumkin emas.
Quyida, (10.3) masalada foydalanilgan mikrosferik seolit katalizatorli katalitik kreking qurilmasi ishining о‘rtacha kо‘rsatkichlari bо‘yicha amaliy ma’lumotlari keltirilgan.
1. Harorat ,0S
Reaktorda 480-510
Regeneratorda 580-620
Reaktorga xomashyoni kiritishda 200-360
О‘ta qizdirilgan bug‘ning kiritishda 350-400
2. Reaktor va regeneratordagi bosim, MPa 0,15-0,30
3. Xomashyo berish massaviy tezligi, kg/(kg∙soat):
reaktor liftda 55-130
umumiy (reaktor lift + jadallashgan “qaynovchi” qatlam.) 20-22
4. Katalizator sirkulyatsiyasining karraligi 2-15
5. Regenaratorda joylashgan 1t katalizatorga tо‘g‘ri kelgan
koks olish (koksosyem), kg/soat 20-45
6. Koks miqdori, % (mass.):
regeneratsiya qilingan katalizatorda 0,2-0,4
ishlatilgan katalizatorda 0,8-1,8
7. Katalizatorning uyilma (nasipnoy) zichligi, kg/m3 720-800
8. Katalizatorning suyuqlik yoki gazdagi muallaq
konsentratsiyasi (suspenziya), kg/m3
“qaynovchi” qatlamda 240-550
tik quvurlarda (v stoyakax) 240-600
pnevmotransport liniyasida 20-80
reaktor liftda 40-80
reaktorning bug‘latish seksiyasida 330-460
9. Bug‘ va gazlarning tezligi (mavhum), m/s
“qaynovchi” qatlam zonasida 0,4-0,75
reaktorning bug‘latish zonasida 0,2-0,4
reaktor-liftga kirishda 6-10
reaktor-liftdan chiqishda 15-25
10. Suspenziya oqimining chiziqli tezligi, m/s:
pnevmotransport liniyalarida 5-12
tik quvurlarda (v stoyakax) 0,6-2,1
11. Reaktor va regeneratorning shlemli quvurlarida bug‘ va
gazlarning chiziqli tezligi, m/s 25-40
12. Katalizatorning bо‘lish vaqti:
reaktor – lift, s 3-4
bug‘latish seksiyasida, min 1-3
regeneratorda, min 4-20
13. Koksni yoqishga havo sarfi, kg/kg ga nisbatan 11-13
14. Sirkulyatsiyalanuvchi katalizatorga bug‘latish uchun bug‘ sarfi,
% (mass.) 0,25-1,0
15. Issiqlik miqdori, kJ:
1kg yangi xomashyoga 210-275
1kg koks yonishida (quyi) 25000-32000
16. О‘rta solishtirma issiqlik sig‘imi kJ/(kg∙K)
koksniki 1,65-2,51
katalizatorniki 1,05-1,13
7.1 - masala. Metanni oksidlanish pirolizida har bir 100 kg dastlabki metanga reaksiya mahsulotlari 30,2 kg maqsadli mahsulot–atsetilen, 12,55 kg reaksiyaga kirishmagan metan, qolganlari – yonaki mahsulotlar: SO, SO2 , H2 va boshqalar tо‘g‘ri keladi.

Metanning konversiyalash darajasi x, xomashyoga tо‘g‘ri kelgan maqsadli mahsulot atsetilen b–ning molyar chiqishi va jarayonni tanlovchanligi (selektivnost) σ ni aniqlash kerak.
Yechish. Maqsadli reaksiya quyidagi stexiometrik tenglama bilan ifodalanadi:

Metanni reaksiyagacha miqdori A0=100 kg=6,25 kmol, reaksiyadan keyin A=11,5 kg=0,784 kmol.
Maqsadli mahsulotning dastlabki xomashyodagi miqdori R0=0, reaksiya mahsulotlarida R=30,2 kg=1,162 kmol.
Konversiya darajasi:

Xomashyoga nisbatan mahsulotning molyar chiqishi:

Nazariy mumkin bо‘lgan maksimum foizda mahsulotning molyar chiqishi: (10.23 reaksiyasiga monand).



Jarayonning selektivligi:





7.2 - masala. n-butanni qattiq alyuminiy xloridda bug‘ fazali katalitik izormerizatsiyalashda reaktordan 1 marotaba о‘tishidagi hosil bо‘lgan mahsulot tarkibi molyar foizlarda: izobutan–42,5, reaksiyaga kirishmagan n-butan–57,5 ni tashkil qiladi.
Retsirkulyatsiya koeffitsiyenti kR va reaktorning jamlangan yuklanishi L+R ni aniqlang, agar reaktorning yangi n–butan bо‘yicha unumdorligi 500 t/sutka bо‘lib, izobutanning yangi xomashyoga nisbatan molyar chiqishi b1=96% ni tashkil qilsa.
Yechish. Yangi n-butanning molyar sarfini aniqlaymiz:

ifodaga muvofiq retsirkulyatsiya koeffitsiyenti:

Jamlangan yuklanish quyidagini tashkil qiladi:
L+R=kRL=2,36∙359=12 kmol/soat=1130 t/kun.

Shunday retsirkulyatsiyalanuvchi n-butanni yuklanishi:


t/kun.
Izobutanning chiqishini ks=2,26 bо‘lganda hisoblaymiz:
R=0,96∙359t=344,6 kmol/soat=479 t/sutka
7.3 - masala. Katalitik kreking reaktori R–1 va regeneratori R–2 ning asosiy о‘lchamlarini aniqlang. 10.1 - rasmda reaktor–regenerator blok sxemasi belgilashlari bilan keltirilgan. Reaktor 1 reaksion zona (lift-reaktor), 2 reaksion zona (shakllangan mavhum qaynash qatlami), 3 bug‘latish zonasi, va 4 separatsion zonalarini о‘z ichiga olgan. Regenator 7–ishchi zona (mavhum qaynovchi qatlami) va 8 inersiya zonasiga ega. Xomashyo-vakuum haydalma ya’ni vakuumda haydalib olingan mahsulot (ITK - HQT bо‘yicha fraksiya 350–5000), zichligi . Xomashyo bо‘yicha unumdorlik L=2400 t/kun, retsirkulyatsiya koeffitsiyenti kR=1,1. Reaktor va regeneratordagi bosim r≈180 kPa, 1–4, 7 va 8 zonalardagi haroratlar mos ravishda t1=510, t2=500; t3=480; t4=490; t7t8=6000C.
Katalizator–seolitli 44% (mass.) muvozanat aktivli mikrosferik zarrachalardan iborat. 1 zona hisobida xomashyo uzatishning massaviy tezligi g1=130 soat -1; umumiy (ya’ni 1 va 2 zonalar yig‘indisi) hisobida g=22 soat –1;
Yuqorida kо‘rsatilgan sharoitda kreking ayrim mahsulotlarining chiqishi va ularning xarakteristikalari ( zichligi va M-molyar massasi) reaktorning moddiy balansi 10.1 - jadvalda keltirilgan.
7.1 - jadval.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling