Qlichev u., Mamatov sh. Jadidcilik harakati tarixi


Download 0.82 Mb.
bet39/55
Sana14.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1196994
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   55
Bog'liq
portal.guldu.uz-JADIDCILIK HARAKATI TARIXI

Nazorat savollari:
1.
2.
3.


3-asosiy savol:
Yashasin Muxtoriyatli Turkiston”
Dars maqsadi:
IDENTIV O’QUV MAQSADLARI:
1.
2.
3.
3-savol bayoni:
Yashasin Muxtoriyatli Turkiston”
Miting qatnashchilari Sovet hukumatiga nisbatan ham o`z munosabatlarini bildirdilar. «Ulug` Turkiston» gazetasi tarqatgan xabarlarga qaraganda mitingda hozir bo`lganlar «Xalq komissarlari sovetining «Davlat dumasini tarqatib yuborish to`g`risida»gi buyrug`ini «... bugungi kunda mutlaqo mumkin bo`lmagan hodisa» deb qoralaganlar. Chunki: «300 ming kishi nomidan demokratik yo`l bilan to`rt bosqichli saylov haqidagi qonunga muvofiq saylangan Toshkent Dumasi a`zolari o`rniga 700-800 askar va ishchilar Aleksandrov parkida saylagan 4-5 komissar bilan almashtirilgan xolos».
Xullas, Toshkentda 6-dekabrda tashkil etilgan miting Turkiston muxtoriyatini himoya qilish bayrog`i ostida o`tdi va mehnatkashlar ommasining faolligini oshirishda katta ahamiyatga ega bo`ldi.
Turkiston muxtoriyatini qo`llab-quvvatlash va unga xayrixohlik harakatlari o`lka shahar va qishloqlarda ham bo`ldi. Bu haqda o`z vaqtida Turkiston o`lkasida chiqadigan ommaviy axborot vositalari keng ma`lumotlar berdilar.
1917-yil 1-dekabrida Namangan uyezdida 10 mingga yaqin kishi qatnashgan ommaviy xalq namoyishi bo`ldi. Unda namoyish qatnashchilari «Yashasun Muxtoriyatli Turkiston va uning hukumati!» degan shiorlar yozilgan da`vatlarini ko`tarib bordilar.
Bunday harakatlar 6-dekabrda Andijon uyczdi Jalolobod rayoniga qarashli Xonobod qishlog`ida ham bo`ldi. Bu yerda bo`lgan bir necha ming kishilik namoyish qatnashchilari Fozilmon ota mozoridan
to bozorga qadar yig`ilib turdi. Abdulla Eshon va Huseyn Validi namoyishchilar oldida so`zga chiqib, xalqqa Muxtoriyatning tashkil etilishi va uning maqsadlari haqida gapirib berdilar. Namoyish qatnashchilari Turkiston Muxtoriyatini moddiy tomondan qo`llab-quvvatlash maqsadida 500 so`m mablag` to`plagan edilar.
Turkiston Muxtoriyatini qo`llab-quvvatlagan tabriklar 7-dekabrda Qo`qon shahrida bo`lib o`tgan 42 jamoat tashkilotlarining qo`shma majlisiga ham yuborildi. Bulardan tashqari Samarqand viloyati sovet-lari, Kaspiyorti viloyati qurultoyi va boshqalar Turkiston Muxtoriyatini tabriklab, u bilan birga qo`shilajaklarini izhor etdilar.
Milliy matbuot sahifalarida Turkiston o`lkasining taniqli ziyolilari, ma`rifatparvarlari, siyosiy va jamoat arboblari maqola va xabarlar bilan chiqib, ularni muxtoriyatning tashkil topishi bilan tabrikladilar va xalq ommasini uning atrofida bir yoqadan bosh chiqarib birlashishga chaqirdilar. Bunda milliy istiqlolchi vatanparvar ma`rifat-parvarlar: Mahmudxo`ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Mirmuhsin Shermuhammad o`g`li, Islom Shoahmedov, Abdulhamid ChoTpon, Abdurauf Fitrat, Hamza Xakimzoda Niyoziy va boshqalar edilar. Abdurauf Fitrat «Muxtoriyat» maqolasida dunyoga yangi kelgan muxtoriyatga nisbatan otashin mehr his va hayajon tuyg`usini quyidagi so`zlarda ifodalaydi: «Turkiston muxtoriyati... Temir xoqonning chin bolalari yonida turkistonli tubchak turklari orasinda, mundan ug`urli, mundan muqaddas, mundan suyunchli, bir so`zni borligiga ishonmayman. Turkiston turkning qonini qaynatuvchi, imonini yuk-saltiruvchi bir quvvat bor esa yolg`uz shu so`zda bordir. Turkiston muxtoriyati!
Ellik yildan beri ezildik, tahqir etildik, qo`limiz bog`landi, tilimiz kesildi, og`zimiz qopondi, yerimiz bosildi, molimiz talandi, sharafimiz yumurildi, nomusimiz g`asb qilindi, huquqimizga tajovuzlar bo`ldi, insonligimiz ayog`lar ostig`a olindi, tuzumli turdik, sabr etdik. Kuchga tayangan har buyrug`g`a bo`ysundik, butun borlig`imizni qo`ldan berdik. Yolg`iz bir fikrni bermadik, yashunturdik, imonlarimizma avrab saqladik: Turkiston muxtoriyati!
Mahkama eshiklaridan yig`lab qaytganda, yorug`siz turmalarda yotganda, yirtg`uvchi jandarmaning ketgusi bilan yiqilganda, yurtlarimiz yondirilg`anda, dindoshlarimiz osilg`anda ongimiz yo`qoldi, mivamiz buzildi, ko`zimiz yorug`siz qoldi, biror narsani ko`rolmadik. Shul chog`da, tushgun ruhimizni ko`tarmak uchun shul qop-qoronu dunvoning bir yerinda oydin bir yulduz yalqillab turar edi. Biror narsaga o`tmagan ko`zimiz shuni ko`rar edi. Ul nima edi? Turkiston muxtoriyati!

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling