Qlichev u., Mamatov sh. Jadidcilik harakati tarixi


Biz ishongan edik kirn rus demokratiyasi, haqga tayang`an


Download 0.82 Mb.
bet40/55
Sana14.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1196994
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   55
Bog'liq
portal.guldu.uz-JADIDCILIK HARAKATI TARIXI

...Biz ishongan edik kirn rus demokratiyasi, haqga tayang`an bir inqilob chiqarib, har millatning o`z xaqlarini qaytarur:
Inqilob bo`ldi. Rossiyaning «qo`shma xalq jumhuriyati» usuli bilan idora etiluri jarlandi (e`lon qilindi). Shul e`lon uzra yasalg`on I kraina, tatar va boshqa millatlar muxtoriyatlari tasdiq etildi. Ko`nuk (navbat) Turkistonniki edi. Turkistonning tarixan poytaxtlaridan ikkinchisi bo`lgan Xo`qand shahrinda to`plangan Turkiston qurultoyi 27-noyabrining (milliy laylatulqadrimiz bo`lgan) yarim kechasinda Turkiston muxtoriyatini e`lon qildi.
Nazorat savollari:
1.
2.
3.


4-asosiy savol:
Mustamlaka sovet hukumati tomonidan Turkiston Muxtoriyati va Qo`qon shahrining qonga botirilishi.
Dars maqsadi:
IDENTIV O’QUV MAQSADLARI:
1.
2.
3.
4-savol bayoni:
Mustamlaka sovet hukumati tomonidan Turkiston Muxtoriyati va Qo`qon shahrining qonga botirilishi.
Toshkent sovetlari Turkiston muxtoriyatini yakkalab qo`yish maqsadlarini ko`zlab, o`z qo`lidagi barcha imkoniyatlarini ishga soldi. Toshkent shahar Dumasini tarqatdi, «Туркестанский вестник» gazetasini yopdi va hokazo. Sovetlarning bu va shunga o`xshash ko`rgan tadbirlari Turkiston muxtoriyatiga nisbatan amaliy va rejali hujum boshlanganligidan dalolat berar edi.
1918-yil yanvaridan O`lka soveti Turkiston muxtoriyatini tugatish maqsadida ochiqdan ochiq amaliy harakaflarni boshlab yubordi. Uni o`sha yili 19-26-yanvarda bo`lib o`tgan Turkiston oTkasi sovetlarining IV qurultoyida qabul qilgan qarorlar yaqqol ko`rsatdi. Qurultoyda so`zga chiqqan Toshkent soveti raisi bolshevik I.O.Tobolin bunday degan edi: «Biz nafaqat Rossiya haqida, balki mehnatkashlar haqida qayg`uryapmiz, agar xalq xohish irodasi bu o`lkaning Rossiyadan ajralib chiqishini referendum orqali hal etishni istasa, uning ajralib chiqish huquqini saqlab qolamiz».
U Turkiston muxtoriyatiga qarshi fikrini yashirib ham o`tirmadi. «Biroq, - dedi u, - muxtoriyatni hozir zudlik bilan amalga oshirish to`g`risida gap ham bo`lishi mumkin emas. Zero muxtoriyatning eng birinchi shartiga ko`ra bu o`lkadan harbiy qo`shmlar olib chiqib ketilishi kerak. Agar biz muxtoriyat tushunchasidan kelib chiqadigan ana shu asosiy holatni amalga oshiradigan bo`lsak, unda inqilob biqiniga zarba bergan bo`lur edik, o`lkada esa yana aksilinqilobchilar hokimiyati qaror topar edi». Shuning uchun «Mamlakatning urush holatida ekanligini nazarga olgan holda, bizlar muxtoriyat holatidagi va hatto mustaqil davlatni tashkil etish uchun tayyorgarlik ishlarini boshlab yuboramiz».
I.O.Tobolin o`z so`zining oxirida qurultoy qatnashchilari e`tiboriga muhokama etilayotgan masala yuzasidan bolsheviklar fraksiyasi qarori matnini o`qib berdi:
«Inqilobchi sotsial-demokratlar partiyasi proletariat muxtoriyatini tashkil etish uchun harakat qiladi». Shu bois «deputatlarning kasaba sovet (soyuz)lariga jalb etib, musulmon proletariatining sinfiy ongini ko`tarish» bo`yicha proletariat ommasini tayyorlash asosiy masala etib e`lon qilinadi. Muxtoriyatni e`lon qilish masalasi esa noaniq muddatga kechiktirib qoldiriladi.
Turkiston sovetlari IV qurultoyi Turkiston muxtoriyatiga munosabat masalasini qizg`in muhokama qilib turgan paytda Turkiston muxtoriyati hukumati qurultoy nomiga telegramma yuboradi. Telegrammada 1918-yil, 20-martda «umumiy, to`g`ridan to`g`ri, teng va yashirin ovoz berish asosida» Turkistonda ta`sis majlisi chaqirish tadorigi borligi ma`lum qilinadi. Telegrammada yana shu narsa ta`kidlanadiki: «Turkiston ta`sis majlisi xalqlarning barcha orzu-istaklarini amalga oshirishga da`vat etilgan bo`lib, Turkiston muxtoriyatida o`lkaning oz sonli aholisi va mehnatkash xalq huquqlarini himoya qilib, Rossiya inqilobi tomonidan oldinga demokratik qonun-qoidalar bilan to`la kelishgan holda demokratiyani tashkil etadi».
Ana shu munosabat bilan muxtor Turkistonning xalq majlisi (milliy majlis) yana bir marta Turkiston xalqlariga «Xalq majlisi tomonidan mazkur holatning (moddaning) ishlab chiqilayotgani, hayotga tatbiq etilishi yuzasidan choralar ko`rilayotganini baralla ma`lum qilishni o`z vasifasi deb biladi».
Ammo shunga qaramasdan Turkiston o`lkasi sovetlarining IV quriltoyi Turkiston muxtoriyati hukumatini tan olishdan bosh tortdi, uning a`zolarini qonundan tashqari deb e`lon qildi va hatto ulaming boshliqlarini qamoqqa olish to`g`risida qaror qabul qildi. Xususan, masalani yanada chuqurlashtirgan holat baynalmilal ishchi va askar deputatlari sovetining «... boylar tomonidan e`lon qilingan Qo`qon hukumati tan olinmasin, uning a`zolari esa qonundan tashqari deb tonilsin, boshliqlari qamoqqa olinsin!», degan talabidan so`ng kuchaydi. Qurultoy qarorida bunday deyilgan edi: «Inqilobiy sotsial-demokratlar partiyasi bir to`da rus va musulmon reaksionerlari boshchiligidagi burjua muxtoriyatiga qarshi shafqatsiz kurash e`lon qiladi va o`lkada proletar muxtoriyatni tuzishga intiladi».
Turkiston muxtoriyati rahbarlari 1918-yil boshlarida Toshkentda o`zlariga qarshi katta fojiaviy qirg`inga tayyorgarlik ketayotganda zo`r natonat va irodani ishga solib, muxtoriyatni mustahkamlash yo`lidagi qiyinchiliklarga qarshi sabr-toqat bilan ishlayotgan edilar. Bu qiyinchiliklar nimalardan iborat edi? Eng asosiy qiyinchilik birinchidan, mahalliy tub yerli aholi siyosiy saviyasining milliy istiqlol talablari darajasida rivojlanmaganligi edi. Bu Turkiston muxtoriyatini himoya uilish, uni qo`llab-quvvatlashda istiqlolchi kuchlaming yagona jabha, yakka musht bo`la olmaganligida ko`rindi. Ikkinchidan, yanada kattroq ahamiyatli qiyinchilik Turkiston muxtor hukumatining yashab qolishining sharti bo`lgan moddiy qiyinchilik edi. Bu ham, albatta, yana birinchi qiyinchilikka borib taqaladi.
Bolsheviklar oktabr to`ntarishini Germaniya hukumatining bergan bir milliard nemis markasi evaziga amalga oshirganlari yuqorida ta`kidlandi. Turkiston muxtoriyatida bunday imkoniyat yo`q edi. Moddiy mablag`siz esa hech narsa qilib bo`lmasdi. «Ulug` Turkiston» gazetasida 1918-yil 4-yanvarda Potelyaxovning yozganiga qaraganda Turkiston muxtoriyatiga yahudiylar yarim million so`m yordam tariqasida berishgan. Namangan va Andijon banklari juda katta qiyinchiliklar bilan 500 ming so`mdan pul ajratganlar. Albatta, bu mablag`lar muxtor hukumat sarf qilishi lozim bo`lgan xarajatlar oldida arzimas edi. Chunki birgina «Birlik tug`i» gazetasini moliyaviy qo`llab turish uchun 5 ming so`m, «Свободный Туркестан» uchun esa 50 ming so`m xarajat qilinar edi. Qo`shinni ta`minlash uchun ketadigan moliyaviy xarajat to`g`risida gapirmasa ham bo`ladi. Bu davrda qo`shinlar sonining xalq militsiyasidan tashqari 2 mingga yetganligi yuqorida aytildi.
Uchinchidan, eng muhim qiyinchilik Turkiston muxtoriyatini ko`krak kerib himoya qila oladigan milliy qo`shinning yo`qligi edi. 2 ming askar, buning ustiga yomon qurollangan, ular asosan tayoq, bolta, ketmon, oshpichoq, qilich, ayrimlari pilta miltiq bilan qurollangan qo`shin bilan uzoqqa borib bo`lmas edi. Chunki tish-tirnog`igacha zamonaviy qurollar: bronepoyezdlar, nayzali beshotar miltiqlar, pulemyotlar bilan qurollangan qizil kallakesarlarga qarshi turishning o`zi bo`lmas edi. Buning ustiga 1918-yil 19-yanvarda qizil qo`shinlar Orenburgni qo`lga kiritgach, Moskva bilan Toshkent o`rtasida uzilib qolgan aloqa tiklandi. Natijada Markazdan Turkistonga qo`shimcha qo`shin kuchlari va qurol-aslaha yuborish imkoniyati tug`ildi. Bu hoi o`z navbatida milliy istiqlol jabhasi kurashchilarining vaziyatini yanada og`irlashtirdi.
29-30-yanvarda Qo`qonda favqulodda vaziyat mislsiz darajada keskinlashdi. Bu vaziyat arzimas bir bahona bilan portlab ketishi mumkin edi. Ana shunday bir sharoitda 30-yanvarda Qo`qon ishchi va askar deputatlari sovetining majlisi bo`ldi. Unda Turkiston muxtoriyatini daf etishini amalga oshiruvchi organ - inqilobiy qo`mita tuzildi. Uning raisligiga bolshevik E.G.Babushkin saylandi. Inqilobiy qo`mita tarkibiga tub yerli aholi vakillaridan birorta kishi kiritilmadi.
Qo`mita o`z qo`lida chegaralanmagan hokimiyatni mujassamlashtirdi, unga katta vakolatlar favqulodda choralar ko`rish, hamma narsani sovetlar hokimiyatini himoya qilishga bo`ysundirish va safarbar etish huquqi beriladi. Inqilobiy qo`mita oldidagi eng asosiy bosh vazifa muxtoriyat hukumatini tugatish, shahar aholisini qurolli kuch bilan sovet hokimiyatini tan olishga majbur qilish, «Inqilobiy tartib» o`rnatishdan iborat edi. Inqilobiy qo`mita ishni yevropalik ishchilar va temiryo`lchilarni qurol bilan ta`minlashdan boshladi.
Ayniqsa, bolsheviklarning Qo`qon shahridagi arman millatiga mansub dashnoqlarni: baqqollar, sartaroshlar, vino soruvchilarni qurollantirishlari, haddan tashqari razil va jirkanch maqsadlarni ko`zlar edi. Toshkent, Skobelev, Andijon, Namangan va boshqa shaharlardan harbiy madad so`rab murojaat qilindi. 30-yanvarga o`tar kechasi noma`lum kishilar guruhlari atayin ig`vogarlik bilan bahona uchun Qo`qon telefon stansiyasiga, Qo`qon sovetlar binosiga hujum uyushtirildi. Bu hujum Qo`qonda qizil qo`shin jallod kallakesarlarning ommani vahshiylarcha qirg`in qilishni boshlashi uchun shunchaki bir bahona bo`ldi. Xuddi shu kuni 30-yanvarda Qo`qondagi inqilobiy qo`mita Toshkentga l.O.Tobolinga, F.Kolesovga va Skobelev shahriga telegraf orqali xabar qildi va zudlik bilan yordam berishni so`radi. Inqilobiy qo`mita aholiga qarata murojaat qabul qildi. Murojaatda sodir etilgan voqealar uchun barcha va asosiy ayb muxtoriyatchilarga qo`yildi. Inqilobiy qo`mita o`z tarkibidan maxsus guruh tuzdi va uning oldiga muxtoriyat hukumati a`zolarni hibsga olish vazifasini qo`ydi.
Inqilobiy qo`mita Turkiston muxtoriyati a`zolariga ultimatum top-shirdilar va 2 soat muddat bilan taslim bo`lishni talab qildilar. Lekin Mustafo Cho`qayevning xotirlashicha «31-yanvar kunduz soat 12 da Xo`qand bolsheviklarining bizga bergan ultimatumini tekshirib o`tir-ganimizda to`xtovsiz miltiq otuvchilar bolsheviklar bo`lib chiqdi. Bolsheviklarning ultimatumida bizga 2 soat muddat tayin etilgan va ul muddat 2 soat 20 minutda to Tar edi: Nechundir alar shartnomasiga xilof harakatga kirishib muomala yo`lin kesdilar. Sho`royi islomiya yurtinda hukumat qo`shinlaridan boshqa xalqda jiyilg`an edi. Bolshevik soldatlari yaqinlashib kelarlar, degan xabarni eshitib boshqa xalq torlan kibik hukumat kishilarida ikkinchi bosh qo`shurg`a yo`l qolmagach tarqalishdilar. Chunki xalq muvaqqat hukumatning (Qo`qon muxtoriyati - mualliflar) alida bo`lsa kelishurmiz, bolsheviklarga qarshi qurol ko`tarmangiz» - degan so`ziga quloq solmay, har qaysi borincha so`g`ish asboblarin olib o`ramg`a chiqdilar. Bolsheviklarning va`dalarindan ilk ota boshlovlari xalqning ko`nglini, alar muvaqqat hukumatigina tug`il, butun xalqqa qarshi harakat boshladilar, degan qo`rquv soldi. Bu vaqt muvaqqat hukumatining yo`li bu-tunlay kesilgan edi.
Qo`qonda bo`lgan bu ko`ngilsiz voqeani siyosiy sabablaridan boshdan oyoq yozuvni hozirgi zamon ko`tarmiy».
Ana shu tariqa, Qo`qon shahrida bolsheviklar musulmon xalqlarni qirib tashlashdan iborat dahshatli fojiani boshlab yubordi. Turkiston o`lkasi Xalq komissarlari soveti Turkiston Muxtoriyatiga chetdan keladigan har qanday yordamni oldini olish choralarini ko`rdi. 1918-yil 14-fevralda butun Farg`ona vodiysida harbiy holat e`lon qilindi. Farg`ona temiryo`lida esa qamal holati joriy etildi. Toshkent, Samarqand, Namangan shahar dumalari yopildi va faoliyatlari to`xtatildi. Sobiq general-gubernatorkontselyariyasi tugatildi. Paxta zaxiralari musodara etildi, neft qazib chiqarish, baliq sanoati va boshqalar milliylashtirildi. Din davlatdan va maktab dindan ajratganligi e`lon qilindi.
Albatta, bunday og`ir sharoitda Turkiston muxtoriyati o`zini o`zi himoya qilishga ojiz edi. U boshlangan dahshatli qirg`inga qadar tinch vositalar yo`li bilan hokimiyatni qo`lga olishga ishonardi. Shunga qaramay Turkiston muxtoriyati qo`shinlari oddiy qurollar bilan bo`lsa-da, shaharni uch kun davomida himoya qildilar. G`azovotda qolgan muxtoriyatchilarning shiori «Turkiston - turkistonliklar uchun» edi.
Muxtor hukumat harbiy kengashi raisi M.Chanishev va uning eng vaqin safdoshlari - rus ofitserlari qamoqqa olindi. «Ulamo» chilarning yordami bilan muxtoriyat hukumati militsiyasiga boshchilik qiluvchi Ergash - hukumat rahbari va bosh qo`mondon etib tayinlandi. Ana shu tariqa Muxtor hukumatda davlat to`ntarishi yuz berdi. Hokimiyat ashaddiy murosasiz kuchlar qo`liga o`tib qoldi. Turkiston muxtoriyatidagi bu bo`linish sovetlarga qo`l keldi. Ular bu qulay vaziyatdan foydalanib, Qo`qon shahriga hujumni kuchaytirdilar. Ayniqsa, bosim I8-, 19-fevralda Toshkentdan E.O.Perfilev Qo`qonga yetib kelgach yanada kuchaydi. Uning ixtiyorida II eshelon harbiy qismlar bor edi. Otliq askarlar, artilleriya va piyoda qismlarga ega bo`lgan Turkiston o`lkasi harbiy komissari, so`l eser, vahshiy general Qo`qonni uch tarafdan qurshab oldi.
Qizil qo`shinlar Eski shahar hududiga bostirib kirdilar. Dahshatli va mislsiz qirg`in boshlandi, Qo`qon o`t ichida qoldi. Qo`qondagi xunrezlik, genotsid dahshatlarini amalga oshirganlarning o`zlari ham e`tirof etganlar. O`sha paytda 28 yoshda bo`lgan o`lka harbiy komissiari E. Perfilev jang tafsilotlarini shunday hikoya qilgan: «Machitlarni yana bir necha marotaba o`qqa tutishga to`g`ri keldi. Qizil gvardiyachilar bo`g`izlangan yevropaliklarning jasadlarini ko`rganda shunday tutaqib ketdilarki, ularni hech qanday kuch to`xtatib qololmasdi, askarlar oldidan chiqqan hamma narsani yakson qilib ketaverdilar. Hatto shunday holat ro`y berdiki, 5ta qizil gvardiyachi yerli banditlarning 200 tasini oldiga solib quvladi. Otryad katta qahramonlik ko`rsatdi. Jang ishtirokchilari orasida birorta ham qo`rqog`i yo`q edi. Biz qiyinchilik bilan Toshko`prikni qo`lga kiritdik va Eski shaharga yorib kirdik. Isyonchilar to`dasi Skobelev tomonga chekinishdi. Badavlat kishilar qimmatbaho boyliklarini, pullarini o`zlari bilan olib qochdilar, lekin narsalari o`zlariga nasb etmadi. Qochayotganlarni tezotar to`pdan o`q uzib, yanchib tashladik, bir qismini esa orqaga chekinishga majbur etdik. Ularaing ko`rpa-yostiqlari, gilamlari, qimmatbaho narsalari yo`lda sochilib qoldi».
Qo`qonda dahshatli fojialar va qirg`inlarni o`z ko`zi bilan ko`rgan va uning shaxsan ishtirokchisi M.I.Shkorupaning iqrori, ayniqsa diqqatga loyiqdir: «Tinch aholining uylari, Turkiston Rossiya uchun ham tansiq bo`lib qolgan manufaktura, g`alla omborlari yonardi.
Qo`qon uch kun o`t ichida qoldi. «O`sha kunlarda, - deb yozadi tarixshunos olim Sh.A. Shomagdiyev - talonchiliklar ham avj olgan. Askar, qizil gvardiyachilarga bo`ysunmay qolgan olomon, mayda burjuaziya nima bo`lsa shuni talab, tashib keta boshladi... Eski shahar va barcha do`konlar tijorat firmalari. savdo qatorlari, banklar, mayda xo-nadonlar talon-taroj qilindi. Talonchilar talagan mulklarini aravaga ortib, vokzal va qal`aga tashidilar. U yerda begona mulkni bo`lib olish boshlandi».
Armani millatiga mansub dashnoqlar Qo`qonda ko`z-ko`rib, quloq eshitmagan vahshiyliklarni amalga oshirdilar. Shahar ostin-ustun qilindi va talandi. Ular, xususan, Eski shaharni, ayniqsa, savdo tarmoqlarini, do`konlar, rastalarni, omborlarni taladilar, qolganlariga o`t qo`yib yondirib yubordilar. Dashnoqi armanlar musulmonlar yashaydigan xonadonlarga bostirib kirdilar, hech kimni ayamasdan qirg`in qildilar, hatto chol-u kampirlar va yosh go`daklarga ham rahm qilmadilar. Homilador ayollarni qorinlarini yonb mg`ilmagan go`daklarni qilich tig`idan o`tkazdilar, yosh norasida go`daklarni beda qirqadigan joduda burda-burda qilib tashladilar. Yosh qizlarning nomuslarini haqoratladilar, ayol juvonlarni esa erlari ko`z oldida zo`rladilar. Ibodatxonalar, masjid va madrasalarni kuli ko`kka sovurildi. Hamma yerda qamoqqa olishlar boshlandi, ayg`oqchilar va tilmochlar ko`paydi. Mahalliy aholini qamoqqa olish to`g`risidagi order bo`lsa ham. bo`lmasa ham hibsga olaverdilar. Qamoqqa olinganlarning ko`plari sud va tergovsiz otib tashlandi.
Ubaydullaxo`ja Asadullaxo`jayev, Abdulhamid Sulaymon (Cho`lpon) Qo`qondagi fojiaviy hodisalarni Ashxoboddan Samarqandga kelayotganlarida yo`lda eshitadilar va ular o`z yo`llarini o`zgartirib, Orenburg tomon yo`l oladilar. Bu yerda ular Ahmad Zakiy Validiy To`g`on bilan uchrashadilar. U Orenburgda Boshqirdiston muxtoriyatining ichki va harbiy ishlari bilan band edi. Xullas, hamma alomatlarga ko`ra tarixga Turkiston muxtoriyati nomi bilan kirgan Qo`qon muxtoriyati tor-mor qilindi va tarqatib yuborildi. Qadimgi madaniy va boy savdo shahri bo`lgan Qo`qon tag-tugi bilan vayrona qilindi. Qo`qon xalq militsiyasiga boshchilik qilgan Ergash o`z kuchlari bilan shaharni tashlab chiqdi va sovetlarga qarshi kurashni davom ettirdi.
Rahbarsiz va tashkilotchisiz qolgan Qo`qon shahri mudofaachilari fojia va dahshatni yanada og`iroq tus olmasligi maqsadlarini ko`zlab, sovetlar rahbariyati bilan muzokaralar boshlashga majbur bo`ldilar. Nihoyat, 22-fevral (9 fevralida bolsheviklar tomonidan taqdim etilgan va mahalliy musulmon xalqining milliy manfaati va izzat nafsini kamsituvchi «Tinchlik shartnomasi»ga imzo chekdilar. Shartnomaning birinchi moddasida: «Aholi Xalq komissarlari sovetining hokimiyati va mahalliy sovet muassasalarini tan oladi», deyilgan edi.
Shunday qilib, Turkiston muxtoriyati hukumati beshikdaligidayoq bo`g`ib o`ldirildi va tugatildi, mustamlakachi bosqinchi sovetlar hukumati o`z g`alabasini tantana qildi. Turkiston muxtoriyatidan so`ng 1917-yil dekabrda qozoq milliy demokratlari Orenburgda tashkil etgan Alash muxtoriyati ham tor-mor qilindi.
Ammo zo`rlikka, bosqinchilikka asoslangan va Turkiston muxtoriyatini tugatishga qaratilgan sovetlarning sharmandali va adolatsiz siyosati mehnatkash xalq ommasi ko`zi oldida bu hukumatning asl maqsadi va mohiyatini ochib tashladi. Natijada butun Turkiston xalqlari istiqlol uchun, erk va milliy ozodlik uchun kurashga otlandilar.
Turkiston muxtoriyatini qonga botirilganligining eng asosiy va bosh aybdori V.I.Lenin bosh bo`lgan sovetlar hukumati va kommunistik firqadir, qolaversa markaziy hukumatining Turkiston filiali va uning qonxo`r va jallod malaylari bo`lmish, endigina 26 yoshga to`lgan Kolesov rahbarligidagi Turkiston xalq komissarlari hukumati va uning a`zolaridir. Bu hukumat a`zolarining deyarlik barchasi ma­halliy musulmon xalqlarga nafrat va shovinistik ruh bilan sug`orilgan va ongi zaharlangan shaxslar edilar. Favqulodda komissar Pyotr Kobozevning e`tiroficha «Rais Fyodr Kolesov sanalgani bilan barcha ish Uspenskiy qo`lida edi. Uspenskiy esa ashaddiy monarxist shovinist edi. Lining «0`rtoq musulmonlar! Shuni qulog`ingizga quyib olingki biz sizning og`alaringizmiz, sizlaruka bo`lasizlar, tushunarlimi, bizga bo`ysunishga majbursiz» degan so`zlaridan ham bu shaxsning ichki dunyosi ko`zga yaqqol tashlanib turar edi.
Qo`qon fojiasida asosiy aybdor Lenin va Stalin boshliq bolsheviklar firqasi va sovet hukumati ckanligi ta`kidlanadi. Bu ayb uchun Qo`qon xalqiga, butun Turkiston xalqiga murojaat etib. musulmon ahohsidan uzr so`rash zarurligini, hatto 1919-yil, 9-mayda Lenin huzurida bo`lgan afg`on-hind deegatsiyasi boshlig`i, Muhammad Barakatulloxon (Sobir Yusupov ham birga edi) ham og`zaki, ham yozma ravishda bayon etgandi. Ammo insoniy xislat mustamlakachi va qonxo`r jallodlarga begona edi.
Xullas, Turkiston muxtoriyati uchun kurash mamlakatimiz xalqlarining milliy istiqlol uchun, erk va ozodlik uchun olib borgan mardonavor va jasoratli kurashining eng yorqin sahifalaridan biri sifatida Vatan tarixidan o`rin oldi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling