Ob'еkt qoshidagi omborlarni tashkil etish. Reja
Download 157.37 Kb.
|
Panji aka
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2 Umumiy qoidalar. Quriladigan vaqtinchalik binolarni hajmini hisoblash. Vaqtinchalik invеntar bino va inshoatlar. Qurilish maydonida vaqtinchalik maishiy-xizmat shaxarchalarini loyihalash
Ob'еkt qoshidagi omborlarni tashkil etish. Reja: 1.1 Umumiy qoidalar. Omborlar tasnifi. Ishlab chiqarish zaxiralarini hisoblash. Omborlarni hisoblash. Ob'еkt qoshidagi ochiq omborlarni qurish. Qurilish maydonidagi vaqtinchalik binolar. 1.2 Umumiy qoidalar. Quriladigan vaqtinchalik binolarni hajmini hisoblash. Vaqtinchalik invеntar bino va inshoatlar. Qurilish maydonida vaqtinchalik maishiy-xizmat shaxarchalarini loyihalash. 1.1 Umumiy qoidalar. Omborlar tasnifi. Ishlab chiqarish zaxiralarini hisoblash. Omborlarni hisoblash. Ob'еkt qoshidagi ochiq omborlarni qurish Qurilishda ombor xo‘jaligini to‘g‘ri tashkil qilish ishlab-chiqarish rejalarini o‘z vaqtida bajarish uchun zamin hozirlaydi. Qurilish uchun zarur bo‘lgan materiallar, konstruksiya va qismlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri korxonalardan tashib keltirib ishlatish usuli ham mavjud. Lekin, bunda ko‘zda tutilmagan sabablarga ko‘ra (transport vositasining buzilib qolishi, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlarning oqibatida o‘z vaqtida konstruksiyalarni transport vositasiga yuklash imkoniyatlari bo‘lmay qolishi va h.k.) qurilish materiallari va konstruksiyalari ko‘rsatilgan vaqtda qurilish ob’yektiga tashib keltirilmay qolishi mumkin. Bunda qurilishdagi ishchilar ma’lum muddatda rejalashtirgan ishlarini bajarish imkoniyatini yo‘qotishlari va qurilish uzluksizligiga putur yetish ehtimoli vujudga keladi. Bunday hollarning oldini olish maqsadida, qisman qo‘shimcha sarf-xarajatlarga olib kelishiga qaramay, asosiy qurilish materiallari va konstruksiyalarini bir necha kun oldin qurilish maydonchasiga tashib keltiriladi va u yerda ombor xo‘jaligi tashkil qilinadi. Qurilish maydonidagi ombor xo‘jaligini loyihalashda quyidagi 3 turdagi omborlar ko‘zda tutiladi: ochiq ombor maydonlari, yopiq omborxonalar va yarim ochiq omborlar (shiyponlar). O‘lchamlari katta bo‘lmagan asbob-uskunalar, bo‘yoqlar, linoleum, oynalar, maxsus kiyim-bosh va poyafzallar, mix, elektrod va shunga o‘xshashlarni saqlash uchun kamida 60,0 m2 foydali maydonga ega bo‘lgan yopiq omborxonlar ko‘zda tutilishi zarur. Shifer, qoraqog‘oz, bitum, yog‘och-taxta, eshik-deraza, armatura, sement, gips kabi materiallar yarim ochiq omborlarda saqlanadi. Temir-beton konstruksiyalar, g‘isht, shag‘al kabi ochiq joyda saqlanishi mumkin bo‘lgan konstruksiya va materiallar uchun ochiq ombor maydonlari loyihalanadi. Barcha turdagi omborlarning maydoni unda saqlanuvchi materiallarning miqdoriga ko‘ra hisoblab topiladi: F = bu yerda: Q – omborda saqlanishi zarur bo‘lgan materiallar va tuzilmalar miqdori; k - material va tuzilmalar taxining oraliqlarini hisobga oluvchi koeffitsiyent, odatda konstruksiyalar turiga qarab 1,1...1,5 oraliqda olinadi; q - omborning 1,0 m2 maydonida saqlanadigan material va tuzilmalar me’yori. Omborda saqlanishi lozim bo‘lgan material va konstruksiyalar miqdori quyidagicha hisoblanadi: Q = bu yerda: Qum - qurilishga zarur bo‘lgan material va tuzilmalarning umumiy miqdori; T - material va tuzilmalarning qurilishda ishlatish davri, (kunlarda) to‘rsimon yoki taqvimiy rejadan olinadi; ŋ - material va tuzilmalarni keltirishda va ishlatishdagi notekislikni hisobga oluvchi koeffitsiyent ŋ =1,1; t - qurilishning uzluksizligini ta’minlash uchun qabul qilinadigan zahira kunlar, t =3...5 kun. Omborlarning maydoni hisoblab topilgach, ular turlari bo‘yicha qurilish bosh tarhga joylashtiriladi. Bunda og‘ir konstruksiyalarni ochiq ombor maydonlariga joylashtirish va ularning montaj krani yordamida olinib o‘rnatilishini ta’minlash zarur. Shu bilan birgalikda omborlarga transport vositalarining bemalol kelib-ketishi, to‘xtab turishi uchun imkoniyatlar yaratilgan bo‘lishi, yong‘in chiqishi va tarqalmasligining chora-tadbirlari ko‘rilgan bo‘lishi lozim. Download 157.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling