Ob'еkt qoshidagi omborlarni tashkil etish. Reja
-rasm. Bloklarni yiriklashtirish va saqlash uchun maydoni 4000 m
Download 157.37 Kb.
|
Panji aka
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy qoidalar
17.2-rasm. Bloklarni yiriklashtirish va saqlash uchun maydoni 4000 m2 bo‘lgan tentli angar: 1-tent; 2-machtalar; 3-vantlar va tortqilar; 4, 5-strelali va chorpoyali kranlar;
6-yiriklashtirish joyi; 7-transport; 8-anker qurilmalari; 9-metall rama; 10-erga qoqilgan metall qoziqlar; 11-simarqon; 12-machta; 13-dastaki chig‘ir; 14-machta asosi. Inshoot sinchi sifatida aylanma, elliptik yoki to‘g‘ri burchakli ko‘rinishdagi egilgan shakllardan iborat arka va yarim arkalar xizmat qiladi. Inshootning pastki 2,5 m balandlikdagi qismi shchitli konstruksiyalardan bajarilib, unga tentli qoplama mahkamlanadi. Tentli materialning xizmat muddati materialga bog‘liq holda yil davomida foydalanilganda 12...60 oyni tashkil etadi. Bunda boshqa joyga ko‘chirilish ham hisobga olinadi va metall sinchni qayta qo‘llanishi chegaralanmaydi. Umumiy qoidalar Qurilish ishlab chiqarishini to‘g‘ri tashkil etishda ishchi-xizmatchilarning qurilishda bo‘ladigan madaniy-maishiy ehtiyojlarini talab darajasida qondirish masalalariga ham alohida e’tibor bilan qarash zarur. Chunki ishchining yechinib-kiyinishi, toza kiyimlarini ozoda joylarda saqlashi, ovqatlanishi va dam olish xonalarining bo‘lishi ularning ruhiyatiga, sog‘lig‘iga va mehnat faoliyatiga (ish unumiga) ijobiy ta’sir qiladi. Qurilish ishlab chiqarishi uchun zarur bo‘lgan vaqtinchalik inshootlarning (qorishma sexlari, ustaxonalar, suvoqchilik stansiyalari, tosh qirqish dastgohlari va boshqalar) to‘g‘ri loyihalanishi va joylashtirilishi muhim ahamiyatga ega. Vaqtinchalik bino va inshootlar qurilish davri uchungina zarur bo‘lganligi uchun ularni loyihalashda ortiqcha chiqimga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Vaqtinchalik yordamchi binolarni shartli ravishda 3 guruhga ajratish mumkin: a) xizmat binolari, boshqarma, ish yurituvchi xonasi, dispetcher xonasi, qorovulxona; b) madaniy - maishiy maqsadlardagi binolar: kiyimxona, yuvinish xonasi, ovqatlanish xonasi, cho‘milish xonasi, isinish xonasi, tibbiy xizmat ko‘rsatish xonasi, kiyim quritish xonasi, dam olish xonasi; v) yordamchi ishlab chiqarish bino va inshootlari: vaqtinchalik ustaxonalar, qorishma uzellari, suvoq va bo‘yoq stansiyalari, elektrostansiya, nasos va issiqlik stansiyalari. Vaqtinchalik binolarni loyihalash ularning turi, soni va maydonini aniqlashdan iborat. Buning uchun qurilishda ishtirok etuvchilarining umumiy soni asos qilib olinadi: Download 157.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling