Qora metallar po’lat va cho’yan ulardan tayyorlanadigan buyumlar. Dan tayyorlanadigan maxsulot tayyorlash texnologiyasi


Download 13.96 Kb.
bet4/5
Sana19.04.2023
Hajmi13.96 Kb.
#1365493
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qora metallar po’lat va cho’yan ulardan tayyorlanadigan buyumlar-kompy.info

Qayta ishlanuvchi cho’yanlar. Bu cho’yanlarda uglerod temir bilan asosan temir karbidi (Fe3S) tarzida bo’ladi. SHuning uchun bu cho’yanlar juda qattiq va mo’rt bo’ladi. Metallurgiya korxonalarida bu cho’yanlar asosan qayta ishlanib, po’latlar olinadi. SHuningdek, ularning kuyma buyumlarini termik ishlab, bog’lanuvchan cho’yanlar ham olinadi. Quyma cho’yanlar. Bu cho’yanlarning tarkibida uglerodning ko’p qismi erkin xolda, ya’ni grafit tarzida bo’ladi. Ular strukturalarining metall asosiga ko’ra perlitli, ferritli, ferrlit-perlitli, perlit-ferritli xillarga ajratiladi. Ma’lumki, bu strukturali cho’yanlarni olish jarayoni sekin kechadi. Shuning uchun sharoit yaratilmasa, suyuq eritmadan austenitning tsementitli aralashmasi ajraladi. GOST 1412-79 bo’yicha cho’yanlarning quyidagi markalari mavjud: SCH10, SCH12, SCH15, SCH18, SCH20, SCH21, SCH24, SCH25, SCHZO, SCH35, SCH40, SCH45. Masalan, SCH12 ferrit-perlitli, SCH15 perlit-ferritli va SCHZO, SCH35 perlitli cho’yanlar bo’ladi. Bu xil cho’yanlar narxi arzon bo’lib, yaxshi quyma xossalariga ega, keskichlar bilan yaxshi kesib ishlanadi, shu bilan birga po’latga nisbatan ishqalanish koeffitsienti kichik va qoniqarli mexanik xossalarga ega.
Kulrang cho’yanlarning markalanishi. Bu cho’yanlarning markalaridagi «SCH» harflari kulrang cho’yanligini, ulardan keyingi raqamlar esa cho’yanning cho’zilishga sinashda eng kichik mustahkamligini bildiradi. Masalan, SCH15 markali kulrang cho’yandagi SCH-kulrang cho’yanligini, 15 raqami esa uning cho’zilishdagi mustahkamligi 15 kgk/mm2 ekanini bildiradi. Bolg’alanuvchan cho’yanlar. YUqorida qayd etilganidek, kayta ishlanadigan cho’yanlardan olingan quymalar juda qattiqligi va mo’rtligi sababli ulardan juda kamdan-kam xollarda mashinasozlikda (tegirmon toshlari, prokat juvalarni e’tiborga olmasak) foydalaniladi. SHu boisdan bu cho’yanlardan olingan kuymalar (shesternyalar, porshenlar, yulduzchalar)ga termik ishlov beriladi. Bunda uning tarkibidagi temir karbid (Fe3S) ferrit va grafitga parchalanadi. Bunda ajralgan grafit plastinka shaklida bo’lmay, bodroqsimon, shaklsiz, tup-tup xolda asosiy metall strukturasida tarqalgan bo’ladi. Shu sababli bu cho’yanlarning mexanik xossalari po’lat bilan kulrang cho’yanlar oralig’ida bo’ladi. SHuning uchun ham bu cho’yanlarni shartli ravishda bolg’alanuvchan cho’yanlar deyiladi. Lekin bu cho’yanlar mo’rtligi uchun bolg’alab ishlatilmaydi. Bolg’alanuvchan cho’yanlarning markalanishi. Bu cho’yanlarning markalaridagi «KCH» harflari bolg’alanuvchan cho’yanligini, undan keyingi birinchi ikki raqam cho’zilishdagi o’rtacha mustahkamligini va keyin­gi raqam nisbiy cho’ziluvchanligini bildiradi. Masalan, KCH 35-10 markali bolg’alanuvchan cho’yandagi KCH bolg’alanuvchan cho’yanligini, 35 raqam uning cho’zilishdagi mustahkamligini kgk/mm2 da va keyingi 10 raqam esa uning nisbiy uzayuvchanligini % da bildiradi.

Download 13.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling