Qurilish jarayonlari texnologiyasi toshkent 2023


Hozirgi zamon qurilish ishlab chiqarishining asosiy printsiplari


Download 20.22 Kb.
bet2/9
Sana04.04.2023
Hajmi20.22 Kb.
#1328551
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi toshkent 2023-fayllar.org

1 . Hozirgi zamon qurilish ishlab chiqarishining asosiy printsiplari


  • Resurs tejamkorlik qurilish ob’ektini barpo etishning barcha bosqichlarida moddiy, energetik, mehnat, moliyaviy resurslarni maqbullashtirishga va sarflanishini tejashga yo‘naltirilgan printsipni ifoda etadi.

  • Sifat qurilish jarayonlari barcha parametrlarining loyihaviy qiymatlarga mos kelishi, shuningdek ob’ektni qurish va foydalanishning barcha bosqichlarida uzluksiz nazorat qilish tizimi asosida amaldagi norma(me’yor)lar, standartlar, tartiblarga muvofiq kelishini anglatadi

  • Samaradorlik ob’ekt qurilishining loyihalangan parametrlarini qurilish maxsulotini yaratishdagi resurslarning qiymati, muddatlari, sifati, sarfini belgilab beruvchi pirovard yoki oraliq ko‘rsatkichlarga mosligini miqdoriy baholashdan iborat.

2. Qurilish texnologiyalarining strukturasi, tarkibi va o‘ziga xos xususiyatlari.


  • Qurilish texnologiyasi atamasi ostida ijrochilar (mehnat resurslari) vositasida boshlang‘ich tabiiy va sun’iy material (material elementlar)larga ishlov berish, ularning tavsiflarini, holatini va fazodagi vaziyatini (konstruktsiya) o‘zgartirib loyihaviy qurilish maxsulotini yaratish maqsadida yo‘naltirilgan harakatlar (qurilish jarayoni), usullar va vositalar (texnik vositalar)ning yig‘indisini tushunish lozim.

  • Qurilish maxsuloti – bu: a) qurilish tugallangan va foydalanishga belgilangan vaqt oralig‘ida topshirilgan bino va inshootlar; b) loyihaviy arxitektura – rejaviy, konstruktiv, tashkiliy – texnologik yechimlar bilan aniqlanuvchi bino va inshootlarning ayrim qismlari (navbatlari, oraliqlari, sektsiyalari); v) ma’lum vaqt oralig‘ida bajarilgan ishlar hajmlari (m2, m3, dona).

3. Qurilish ishtirokchilari. Qurilish jarayonlari va ishlari.

Xususiy investitsiyalarni jalb qilish aniq bir qurilish maxsulotini yaratishdan manfaatdor bo‘lgan investorlar orqali amalga oshiriladi. Davlat yoki xususiy investor buyurtmachi hisoblanadi, ya’ni qurilish maxsulotini yaratishga buyurtma beruvchi fuqarolik munosabatlarining sub’ekti hisoblanadi. Qurilish maxsulotini yaratishda buyurtmachining manfaatlari – loyihani g‘oyadan boshlab qurilgan ob’ektni foydalanishga topshirgunga qadar rivojlanishni buyurtmachi–quruvchi loyihaning barcha ishtirokchilarini ishlarini muvofiqlashtirishni amalga oshiruvchi ixtisoslashgan tashkilot ifoda etadi, bunga qurilishga dastlabki - ruxsat etuvchi hujjatlarni davlat organlari bilan kelishish, qurilish ustidan texnik nazorat o‘rnatish, qurilgan ob’ektni foydalanishga topshirish kiradi. Buyurtmachi – quruvchi oldida turuvchi asosiy vazifalardan biri ob’ekt qurilishini investitsiyaga qadar tayyorlash hisoblanadi


Download 20.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling