Qurol olib toptalgan haq huquqlari, din-u diyonatlari uchun kurashganlari tasvirlanadi
Academic Research in Educational Sciences
Download 280.09 Kb. Pdf ko'rish
|
62a83703045b1439813666
Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 6 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 276 June, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal musulmonlar o„rtasida mushtarak idora qilinadur. Mulkiy, askariy, moliyaviy, maorif, adliya, amniyat, sanoat, ziroat, tijorat va shularga o„xshagan davlat ishlari ikki tarafni ishtiroki bilan idora qilinadur. Ey musulmon birodarlar! Bizlar moddiy-ma‟naviy kеlturg„on yutuq bu qadar bo„ldi. Kеlajakda ziyoda huquqlarimizga ega bo„li-shimiz biz musulmonlarni, biz Turkistonlik millatchilarimizni ittifo-qimiz va e‟tiqodimizga bog„liqdur. Tavfiq olloh taolodandur. Birodarlar! Shundoq ittifoq qilindi. Iloha oqibat baxti obod...» “ Madaminbеkning bu otashin nutqini yig„in ahli gurullab, mislsiz ko„tarinki ruh bilan: «Xudo xayringizni bеrsun Bеk! Xudo ofatdan saqlasun, o„zi asrasun, Alloh murodingizni bеrsun!» dеgan xitob va ovozalar bilan ma‟qulladi.Ammo ayyorlik va makkorlikni kasb qilib olgan sovet hukumati Madaminbеkni aldab tuzilgan bitim shartlarini bajarmaydi va u qog„ozda qolib kеtdi. Buning asosiy aybdorlari V. Kuybishеv va M.V.Frunzеlar edi. V.Kuybishеv ikki o„rtada tuzilgan bitim shartlarini qoralab bunday dеgan edi: «U (ya‟ni bitim – mualliflar) shu holida siyosiy sohada ham, harbiy sohada ham yomon oqibatlarga olib kеlishi mumkin... Birinchi bandi bizni Farg„onada va hatto Turkistonda fuqarolar orasida olib borajak ishlarimizni chеklab qo„yadi va Sovet hokimiyatiga yot bo„lgan mеzonlarga amal qilishga majbur etadi». Shu boisdan u bitim matnini qaytadan tuzishni talab qiladi. Shunday qilish kеrakki, dеydi V.Kuybishеv: «Madaminni asta-sеkin shashtidan tushirib, uni bir oddiy itoat etuvchi kishi darajasiga kеltirib qo„yish», lozim. Ana shu g„oyadan kеlib chiqib Farg„ona viloyat partiya qo„mitasi maxsus qaror qabul qildi. Mazkur qarorda quyidagi jumlalarni o„qiymiz: «Turkiston Kompartiyasi o„lka komitеtidan va Turkfront Harbiy Inqilobiy Kеngashidan Madamin bilan tuzilgan yarash bitimi matnining kirish qismi va 5-bandidan boshqa hammasini bеkor qilish so„ralsin, chunki u viloyat komitеti va Harbiy Inqilobiy Kеngashining ba‟zi a‟zolari fikricha, siyosiy jihatdan noto„g„ridir». Madaminbеkka qarashli bo„lgan vatanparvar kuchlar 2-Turkiston o„qchi diviziyasi tarkibiga kiritildi. Ammo oradan ko„p vaqt o„tmasdan ular tarqatib yuborildi. Chunki o„z ixtiyori bilan sovetlarga bo„yin ekkan vatanparvarlarga ishonchsizlik bildiriladi. Mening kelishuvimning eng muhim shartlari: armiyam men bilan bo'lishi va mensiz hech qaerga yuborilmasligi kerak. Agar mobodo Farg„ona chegarasiga hujum qilsa, men darhol o„z yigitlarim bilan vatanimni himoya qilishga kirishaman”.Qo‟rboshi taslim bo„lsa-da, bolsheviklar undan qo„rqishdi. 1920-yil 9- aprelda qizillar Madaminbekni o„ldirib, uni jismonan yo„q qildilar. Qo‟rboshi taqdiri haqida tarixiy manbalarda qarama-qarshi ma‟lumotlar keltirilgan. Xususan, sovet davri adabiyotida Madaminbek Shermuhammadbek buyrug„i bilan Xolxo„ja tomonidan “sotqin” |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling