IV. Suv havzalari sathida va yer relyefida ifloslantiruvchi moddalarning yo‘l qo‘yiladigan cheklangan tashlamalarining ekologik normativlari loyihalarini ishlab chiqish tartibi
22. Oqova suvlarning paydo bo‘lish manbalarini xatlovdan o‘tkazish ushbu Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
texnologik, xo‘jalik-ichish maqsadlariga, sug‘orishga, yong‘inni o‘chirishga, sarflanadigan boshlang‘ich suvning sifati va miqdoriy tavsifi, suvni tozalash usullari, aylanma, takroriy va takroriy-izchil suv ta’minoti to‘g‘risida ushbu Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha ma’lumotlar olgan holda suv ta’minoti natijalari;
har bir uchastka bo‘yicha alohida suv iste’moli va suv ajratishning normativ va amaldagi hajmlarini ko‘rsatgan holda asosiy, yordamchi va boshqa ishlab chiqarishlarning texnologik balans sxemalari;
Do'stlaringiz bilan baham: |