Referat Mavzu: Mahsulot elementi, xomashyo va material tavsif ko‘rsatkichlarini bog‘lash va kelishish


VII. Ekologik normativlar loyihalarini rasmiylashtirish


Download 62.42 Kb.
bet25/25
Sana02.01.2022
Hajmi62.42 Kb.
#190656
TuriReferat
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Hujjat (7)

VII. Ekologik normativlar loyihalarini rasmiylashtirish

Oldingi tahrirga qarang.

40. Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy organlari tomonidan tasdiqlangan xatlovdan o‘tkazish materiallari negizida atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning ekologik normativlari loyihalari ishlab chiqiladi.

(40-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 949-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 09/18/949/2214-son)

Loyihalar qog‘oz manbada, uch nusxada rasmiylashtiriladi va tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

41. Ekologik normativlarni ishlab chiqishda tabiiy resurslardan oqilona va kompleks foydalanish hamda atrof-muhit muhofazasi sohasidagi fan va texnikaning eng ilg‘or yutuqlari hisobga olinadi, tashlamalar va oqovalarni kamaytirish, chiqindilarni utillashtirish bo‘yicha eng zamonaviy texnologiyalarni va texnik vositalarni joriy qilish ko‘zda tutiladi.

42. Atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari, oqovalari manbalarini, chiqindilarning paydo bo‘lishi va joylashtirilishini xatlovdan o‘tkazish materiallarining titul varag‘i ushbu Nizomning 19-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha ta’sir ko‘rsatish turlari uchun alohida-alohida rasmiylashtiriladi.

43. Atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari, oqovalari manbalarini, chiqindilarning paydo bo‘lishi va joylashtirilishini xatlovdan o‘tkazish daftarlarining mazmuni ushbu Nizomning 20-ilovasidagi shaklga muvofiq bo‘lishi kerak.

44. Ekologik normativlar titul varag‘i ushbu Nizomning 21-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha rasmiylashtiriladi.

45. Ekologik normativlar loyihalarini rasmiylashtirish ushbu Nizomning 22-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.

VIII. Ekologik normativlar loyihalarini ko‘rib chiqish muddatlari va ularni kelishish tartibi

Oldingi tahrirga qarang.

46. Buyurtmachi Davlat ekologiya qo‘mitasi organlari tomonidan tasdiqlangan ekologik normativlar loyihalarini xatlovdan o‘tkazish materiallari bilan birga davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish uchun (atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I toifasi obyektlari bo‘yicha — Davlat ekologiya qo‘mitasiga, atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning II, III va IV toifalari obyektlari bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga) taqdim etadi.

(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 949-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 09/18/949/2214-son)
Download 62.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling