Referat Mavzu: Mahsulot elementi, xomashyo va material tavsif ko‘rsatkichlarini bog‘lash va kelishish
Chiqindilar paydo bo‘lishi normativlarida quyidagi metodlar qo‘llanadi
Download 62.42 Kb.
|
Hujjat (7)
Chiqindilar paydo bo‘lishi normativlarida quyidagi metodlar qo‘llanadi:
ishlab chiqarishning texnologik reglamenti asosida material-xomashyo balansi bo‘yicha hisoblash metodi; chiqindilar paydo bo‘lishining solishtirma tarmoq normativlari bo‘yicha hisoblash metodi, ular tarmoq korxonalari uchun chiqindilar paydo bo‘lish normativlarining individual miqdorlarini o‘rtacha miqdorda hisoblash yo‘li bilan va/yoki muayyan (bazaviy) davr uchun hisobot axborotini tahlil qilish, norma hosil qiluvchi eng muhim (ekspert bo‘yicha aniqlanadigan) omillarni ajratish hamda ularning rejalashtirilayotgan davr uchun normativlari miqdoriga ta’sirini aniqlash vositasida ishlab chiqiladi; hisoblash-tahliliy metod mahsulot ishlab chiqarishdagi chiqindi hosil bo‘lishida, dastlabki texnologik qurilmani hujjatlashtirishda (texnologik xarita, retseptura, reglamentlar, ishchi chizmalar) ishlatiladi. Xom ashyo (material)ning normadagi sarfiga muvofiq belgilangan bunday hujjatlashtirish asosida chiqindilar paydo bo‘lishi normalari, xomashyo birligi hisobiga xomashyo (material)ning normadagi sarfi va xomashyoning muqarrar qaytmaydigan yo‘qotilishidan keyingi hisoblangan sof (foydali) sarfi o‘rtasidagi farq bo‘yicha hisoblab aniqlanadi; tajriba metodi ishlab chiqarish sharoitlarida tajriba o‘lchovlari olib borish asosida chiqindilar paydo bo‘lishi normalarini aniqlashdan iborat. Birinchi navbatda xomashyoning (materiallarning) massa birligida olingan foydali mahsulot og‘irligi, tajriba o‘lchovlarini statistik qayta ishlash asosida, xomashyodagi foydali mahsulotning foizlardagi ulushini ifodalovchi ko‘rsatkich aniqlanadi. Ushbu ko‘rsatkichdan kelib chiqib va xomashyodan ajratilgan foydali mahsulot miqdoridan chiqindilarning paydo bo‘lish miqdori aniqlanadi. O‘zlashtirish bosqichida aniqlangan mahsulot hisobiga chiqindilar paydo bo‘lishi normalari tajriba yo‘li bilan, tipik mahsulotni ishlab chiqarishdagi chiqindi miqdorini o‘lchash asosida aniqlanadi va mavjud turdagi mahsulotning o‘rtacha ko‘rsatkichi aniqlanadi; yordamchi va ta’mirlash ishlari uchun chiqindilar paydo bo‘lishining amaldagi hajmlari bo‘yicha hisoblash metodi (statistika metodi) bazaviy (3 yillik) davr uchun statistik hisobot axboroti asosida chiqindilar paydo bo‘lishi normativlarini aniqlash uchun qo‘llanadi, keyinchalik ma’lumotlarga ishlab chiqarilayotgan mahsulotning material sarfi kamaytirilishini nazarda tutuvchi rejalashtirilayotgan tashkiliy-texnik tadbirlarga muvofiq tuzatishlar kiritiladi. Statistik ma’lumotlar oxirgi uch yil uchun ishlab chiqiladi va ishlab chiqarish jarayoni texnologiyasini va tashkil etishni rivojlantirish tendensiyalariga muvofiq rejalashtirilayotgan davr uchun solishtirma ko‘rsatkichlarga tuzatishlar kiritiladi; Download 62.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling