Reja: Fanning maqsad va vazifalari


Download 19.7 Kb.
bet2/3
Sana14.03.2023
Hajmi19.7 Kb.
#1267412
1   2   3
Bog'liq
1-mavzu

Etnografiya yunoncha bo‘lib, «etnos» -xalq «grafiya» tavsiflash degan ma’nolarni anglatgan. Mazkur fanning metodologik masalalariga bag‘ishlangan qator ishlardan ko‘rinadiki, «etnologiya» va «etnografiya» tushunchalarini aynan bir tushunchalar tarzida qabul qilish ham to‘g‘ri emas. Negaki, agar an’anaviy «etnografiya» u yoki bu etnosga (etnik birlikka) oid materiallarni to‘plab, tizimlashtirib va uni ko‘proq tavsiflab bersa, «etnologiya» etnos haqidagi barcha ma’lumotlarni nazariy-metodologik jihatdan tahlil qiladi va bu xususda umumiy xulosalar chiqaradi. Demak, «etnografiya» tushunchasi «etnologiya» tushunchasiga nisbatan nafaqat kengroq tushuncha, balki etnologiyaning ma’lum bir qismi deb aytish mumkin. O‘z navbatida shuni ham aytish mumkinki, har bir mamlakatda mazkur fanning paydo bo‘lishi va nomlanishi o‘ziga xos tarixga ega.
Etnografiya – bu xalqlarning turmush tarzi va madaniyatini o‘rganuvchi tarixiy fan. Turmush tarzi deganda shaxsiy va jamiyat hayotining turg‘un, boshlang‘ich, an’anaviy shakllarini tushunish mumkin. Har bir xalqning turmush tarzi o‘zgacha bo‘lib, u hatto qo‘shni xalqlar turmushidan farq qiladi. “Madaniyat” tushunchasi ancha murakkab so‘z bo‘lib, “colere” – degan lotin fe’lidan olingan, ya’ni haydamoq, yerga ishlov bermoq ma’nolarini anglatadi. Bizda “madaniyat” so‘zi turli ma’nolarda qo‘llaniladi; Ilmiy tilda, jumladan etnografiyada madaniyat deganda inson qo‘li bilan yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni tushunish lozim. Moddiy madaniyatga inson qo‘li bilan barcha narsalar; mehnat qurollari, kiyim – kechak, turar joylar va shu kabilar kiradi; ma’naviy madaniyatga esa insonning aqliy faoliyati bilan bog‘liq narsalar; e’tiqod, badiiy ijod, adabiyot, musiqa, fan, odob – axloq va boshqalar. Ma’naviy madaniyatni – ijtimoiy madaniyat, jamiyat turmushi, oilaviy turmush kabi bo‘limlari mavjud. Albatta dunyoda barcha xalqlarda madaniyat mavjud, Ammo madaniyatni turli darajalari mavjud. Ayrim xalqlarda u tez rivojlangan, boshqalarida esa sekinroq. Nafaqat madaniyatni rivojlanish bosqichini, balki har bir xalqda uning o‘ziga xos tomonlarini farqlash muhim. Masalan, madaniyat bir hilda rivojlangan bosqichida ham o‘ziga xosliklari turlicha bo‘lishi mumkin, bunga yangi Gvineya papuaslari va Amerika eskimoslarini kirtishimiz mumkin.
Har bir xalq madaniyatining o‘ziga xos tomonlari “etnik yoki milliy an’ana”deyiladi, bunga moddiy va ma’naviy
Download 19.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling