Reja: Kirish I bob. O‘rta umumta’lim maktablarida musiqa o‘qitish metodikasi


I BOB. O‘RTA UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA O‘QITISH


Download 64.32 Kb.
bet2/14
Sana02.05.2023
Hajmi64.32 Kb.
#1421972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
5-SINFDA MUSIQA KURS ISHI

I BOB. O‘RTA UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA O‘QITISH
METODIKASI
1.1. Maktabda musiqa o‘qitishni tashkil etishning oziga xos xususiyatlari.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra, ta’limni demokratlashtirish, individuallashtirish, mintaqaviy xususiyatlarini hisobga olish tamoyillari asosida barcha o‘quv predmetlar, shu jumladan, musiqa fani bo‘yicha ham o‘qitish Kontseptsiyasi ishlab chiqildi. Musiqa madaniyati o‘quv predmeti o‘quvchilarning ma’naviy, badiiy, axloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy g‘urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga mahorat, nafosat, badiiy didni o‘stirishga, fikr doirasini kengaytirishga, mustaqillik hamda tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi. Musiqa madaniyati o‘quv predmeti o‘rta umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan barcha o‘quv predmetlari, jumladan, adabiyot, tasviriy san’at, jismoniy tarbiya, mehnat va boshqa fanlar bilan bog‘lanadi. Barcha o‘quv fanlari qatori musiqiy ta’limda ham davlat ta’lim standartining joriy etilishi milliy musiqiy meroslardan to‘laqonli foydalanish imkonini beradi. Bular ommaviy xalq kuy va qo‘shiqlarida, xonanda va sozandalarning ijodiy faoliyatlari, maqom, shashmaqom, dostonlar hamda bugungi zamonaviy musiqiy faoliyatda o‘z aksini topadi. Musiqa san’atining bu kabi imkoniyatlari yangi avlodni tarbiyalashda, ularning barkamol bo‘lib yetishishlarida o‘ziga xos takrorlanmas manba bo‘lib xizmat qiladi. Musiqa ta’limidan davlat ta’lim standartlari asosida yangi ta’lim mazmuni o‘quvchilarning musiqiy bilim va malakalari bilan birga ularda kuzatuvchanlik, xotirani mustahkamlash, obrazli tasavvur qilish, ijodkorlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, badiiy va musiqiy did kabi hislatlarni rivojlantirishni ta’minlaydi.
O‘quvchilarning musiqiy-estetik rivojlanishlari uchun o‘qituvchi o‘zining ish faoliyatida sidqidildan tayyorlanib, darslarni yuksak metodik darajada o‘tilishini ta’minlashi lozim. Zero, dars o‘qituvchidan katta irodaviy kuch, izlanish, hozirjavoblik hamda turli pedagogik vaziyatlarga tezda munosabat bildirishni talab etadi. Samarasiz dars kamchiliklari uzoq vaqt o‘qituvchiga orom, halovat bermaydi, ortga nazar solib uning sabablarini qidirishga ehtiyoj sezadi. Musiqa madaniyati darsi – maktabda musiqa tarbiyasini tashkil etishning asosiy shaklidir. Musiqa to‘garaklari, fakultativ mashg‘ulotlar ham amaliyotda bo‘lsa-da, dars hech qachon o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi, chunki musiqa madaniyati darsi musiqiy faoliyatning turli shakllarini o‘z ichiga oladi. Bular jamoaviy qo‘shiq kuylash, musiqiy ritmik harakatlarni bajarish, musiqa tinglash, musiqiy savodxonlik, musiqa ijodkorligi, o‘quvchilar cholg‘u asboblarida chalish va hokazo. Dars musiqa tarbiyasi tizimida yetakchi omil hisoblanadi, chunki bunda barcha o‘quvchilar qamrab olinadi. Musiqa darsining muxim xususiyatlaridan biri shundaki, u ko‘proq ijodiy zavq, xissiy tuyg‘ular va obrazli kechinmalar uyg‘otishi bilan ajralib turadi. Musiqa, ayniqsa,o‘quvchilarning aqliy va axloqiy estetik jixatdan kamol topishiga rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Musiqa darsi o‘zining ajoyib xususiyatlari bilan boshqa fanlardan farq qiladi:

Download 64.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling