Reja: kirish it sohasining inson hayotidagi o’rni va ahamiyati


AKT rivojlanish indeksi (ICT Development Index — IDI)


Download 303.99 Kb.
bet8/9
Sana26.03.2023
Hajmi303.99 Kb.
#1297763
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Davronbek tadqiqot ishi toliq

AKT rivojlanish indeksi (ICT Development Index — IDI)
Xalqaro telekommunikatsiya tashkiloti tomonidan 2017 oxirida dunyoning 176 mamlakatlari orasida AKT rivojlanish Indeksi (ICT Development Index – IDI) tuzilgan. IDI indeksi AKTdan foydalanish imkoniyatini, ulardan foydalanish darajasini va aholi tomonidan AKTdan foydalanishning amaliy koʻnikmalarini aks ettiruvchi 11ta statistik koʻrsatkichdan iborat. Hozirda IDI indeksini tuzishning yangi metodologiyasi ishlab chiqilmoqda. 
IDI indeksining soʻnggi reytingida Oʻzbekiston 2016 yilga nisbatan 8 pogʻonaga koʻtarilib, dunyoning 176 mamlakati orasida 95-oʻrinni (indeks koʻrsatkichi - 4,9) egalladi.
Global kiberxavfsizlik indeksi
Ham Xalqaro telekommunikatsiya tashkiloti tomonidan tuziladi va hukumatning beshta sohadagi majburiyatlari darajasini baholaydi: huquqiy chora-tadbirlar, texnik chora-tadbirlar, tashkiliy chora-tadbirlar, salohiyatni rivojlantirish va xalqaro hamkorlik.
Oʻzbekiston 2016 yildan buyon ushbu reytingda 0,1471dan 0,666ga oʻz koʻrsatkichini yaxshilab, 175 mamlakat orasida 93-oʻrindan 52-oʻringa koʻtarildi.
Mobil aloqa Indeksi 
Xalqaro mobil aloqa operatorlari Assotsiatsiyasi (yoki "GSMA Assotsiatsiyasi") tomonidan tuziladi, unga Oʻzbekistonning barcha mobil operatorlari ham kiradi. Indeks mobil Internetning rivojlanish va foydalanish darajasini koʻrsatadi. Indeks 170 dan ortiq mamlakatlardagi koʻrsatkichlarni mobil internetni joriy etishga yordam beradigan asosiy omillar: infratuzilma, qulaylik, isteʼmolchilarning tayyorligi, kontent va xizmatlarga nisbatan oʻlchaydi.

Soʻnggi 4 yil ichida Oʻzbekiston ushbu indeksdagi koʻrsatkichlarini 36,9 dan 46,8 gacha yaxshilab, dunyo boʻyicha oʻrtacha 50 ga yaqinlashdi.


Mobil sanoat indeksi mobil Internetni yanada kengroq joriy etish uchun harakatlaringizni qayerga yoʻnaltirishni aniqlashga yordam beradi.

Elektron hukumatштштп rivojlanish indeksi (E-Government Development Index - EGDI)
BMT kotibiyatining iqtisodiy va ijtimoiy masalalar boshqarmasi tomonidan uchta kichik indeks koʻrsatkichlari: onlayn davlat xizmatlarini rivojlantirish, telekommunikatsiya infratuzilmasi va inson kapitalini rivojlantirish asosida tuziladi
Ushbu indeks koʻrsatkichlariga koʻra, 2016 yildan buyon Oʻzbekiston oʻz koʻrsatkichlarini 0,54 dan 0,67 gacha yaxshilab, 193 ta davlat orasida 87-oʻrinni egallab turibdi.
2017 yilda Oʻzbekistondagi tadbirkorlar va oddiy fuqarolar davlat xizmatlaridan foydalanishlari va kerakli maʼlumotlar olshlari uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (Yagona portal, YIDXP - my.gov.uz) yangi versiyasi ishga tushirildi. Ushbu portal barcha fuqarolar uchun yagona elektron platformadir. Hozirda YIDXPda taqdim etilayotgan xizmat turlari soni 20 yoʻnalish boʻyicha 300 dan oshdi.
Istiqbolda elektron shaklda koʻrsatiladigan davlat xizmatlari ulushini 2022 yilga kelib 60%, 2025 yilga kelib esa 80% etkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, 2025 yilga kelib elektron hukumat rivojlanish indeksini 50-oʻringa koʻtarish rejalashtirilgan.

Download 303.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling