Reja: Kompozitorning yoshlik va talabalik yillari


Istiqlol yillarida Mutal Burxonovning ijodi yuksak qadrlanib “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi


Download 99.5 Kb.
bet2/2
Sana15.06.2023
Hajmi99.5 Kb.
#1484768
1   2
Bog'liq
Kompozitor Mutal Burhonov

Istiqlol yillarida Mutal Burxonovning ijodi yuksak qadrlanib “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.
O‘zbek musiqa san’ati rivojiga munosib hissa qo‘shgan buyuk kompozitor, O‘zbekiston xalk artisti Mutavakkil Burxonov 1916 yilda Buxoro shahrida tavallud topdi. Tengqurlari orasida nozik qalbi va teran mushohadasi bilan ajralib turadigan MUTAVAKKIL o‘sha davrning mashhur xofiz va bastakorlari Domla Halim Ibodov, Ota Jalol, Ota G‘iyos, Levicha Hofiz singari ulug‘ san’at fidoyilari izidan borib, eshitganda qalblarga taskin beruvchi musiqa asarlari bastalashni chin dildan orzu qildi.
Shu maqsadi sari intildi, kurashdi, o‘qib o‘rgandi va nihoyat o‘z orzularining ro‘yobiga erishdi.
1990 yillarning oxirida Buxoro viloyat Televidenieda ishlab yurganimda Mutavakkil Burxonov ijodiy faoliyati hamda Davlatimiz madhiyasining yaratilish tarixi to‘g‘risida ko‘rsatuv tayyorlash vazifasi menga topshirildi.
San’at darg‘asiga oshiyon bo‘lgan mo‘jaz, biroq fayzli xonadonga kirdik.
Devorlarda eski suratlar, musiqa asarlarining notalari tushirilgan namunalar, cholg‘u asboblari va qadimiy so‘zana osig‘lik turardi. Suxbat orasida kompozitordan: – hamisha odamlar yodida qoladigan , zamonlar o‘tsa ham sira eskirmaydigan mumtoz san’at asari yaratish uchun bastakordan talab etiladigani nima, deb so‘raganimizda, u shunday dedi:
MUTAL BURXONOV , O‘ZBEKISTON XALQ ARTISTI.
“Men bir narsadan faxrlanaman, mening musiqam butun dunyo bo‘ylab yangraganida ne-ne insonlar o‘rnidan turib qulluq qiladi… Buning ma’nosi katta, ular mening san’atim qarshisida emas, Vatanim O‘zbekistonning salobatli ovozi qarshisida bosh egadilar. Davlat gimni bu Vatanning ovozi… Menga yaratgan egam o‘sha ovoz ohanglarini qalbimga joylagani va bu ohangni o‘zga qalblarga yetkaza olishim uchun yo‘l berganiga beadad shukronalar aytaman… Va yana shuni istardimki, mendan so‘ng kimdir qabrim ziyoratiga borganida, qadam bosishi bilan o‘sha sehrli ohang yangrasa…”
Mutavakkil BURXONOV
Jahon mumtoz musiqasi durdonalari qatoridan munosib o‘rin olgan, eng sara musiqiy asarlar muallifi, bastakor, san’at arbobi Mutavakkil Burxonovning kamtarona hayot yo‘lini o‘zbek musiqa san’atining fidoiylari musiqashunos olim Ahmad Jabborov, hamda O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi raisi Rustam Azimovlar bizga bergan intervyusida benazir kompozitorning o‘ziga xos uslubi chindan ham mangulikka daxldorligi e’tirof etdilar. San’at shunday mo‘jizaki, agar uni chin yurakdan sevolsang, u ming karra ortig‘ ardog‘i bilan seni yuksaklarga ko‘taradi. Mutavakkil Burxonov zamon va makon chegarasini bilmas, millat va elat tanlamas mumtoz san’atning oshifta oshig‘i edi. Mutavakkil Burxonov o‘z san’atini qalbining tub-tubida ardoqladi va halol mehnati ila uni ko‘klarga ko‘tara oldi. Biz bugun O‘zbekiston Majhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Mutal Burxonov xonadonidagi suhbatimizni esladik. O‘zbek bastakorining xuddi kelajakni bashorat qilib aytgan samimiy so‘zlarini yodga oldik. O‘shanda u niyatlari haqida gapirib shunday degan edi.
“-Butun umrim davomida odamlar yodida qoladigan, sira eskirmaydigan, hamma bir bo‘lib, jo‘r bo‘lib kuylaydigan qo‘shiq yaratish niyati bilan yashadim. Niyatim sof edi. Shuni bilamanki meni xalqim hech qachon unutmaydi.
Bargdek uzilib ketsam
Unutmas meni bog‘im,
Ishimni hurmat qilur,
Gullardan haykal qurur
Ming yillardan keyin ham,
Unutmas meni bog‘im… /USMON NOSIR she’ri/
Ne baxtki, kompozitor yaratgan ijod bog‘i bugun o‘zgacha chiroy bilan yangidan yangi navnihollarni parvarish etmoqda. Uning san’ati bugungi umidli yoshlar, ularning orzu va intilishlarida yana bo‘y ko‘rsatdi. Xalqimizning yaxshi kunlarida, sog‘inch bilan yodga olinayotgan Mutal Burxonov musiqalari O‘zbekistonning urib turgan qaynoq qalbi misol yurtimiz shonu-shavkatini mana chorak asrdirki, butun yer kurrasi uzra munosib namoyon etib kelmoqda. Bir umr sog‘inch bilan yashab, sog‘inib yozgan, mehrga tashna qalbini kaftiga qo‘yib xalqiga tutgan millat o‘g‘lining ezgu istaklari mudom e’zozda. Zero, bu mamlakatda millatini sevgan yaxshi insonlar yodi hamisha abadiylikka daxldor bo‘ladi. Ha, umrlar bo‘ladiki, tiriklikda o‘likdir, umrlar bo‘ladiki mangulikka tirikdir. Jahon mumtoz musiqasi durdonalari qatoridan munosib o‘rin olgan, eng sara musiqiy asarlar muallifi, bastakor, san’at arbobi Mutavakkil Burxonovning kamtarona hayot yo‘li, o‘ziga xos betakror uslubi chindan ham mangulikka daxldor edi.


Adabiyotlar:


1. Muzыkalno- ensiklopedicheskiy slovar. Moskva. 1990 g.
2. F.Karomatov. Voprosы muzыkoznaniya (materialы simpoziuma) 1980 g.
3. A.Jabborov.T.Solomonova.Kompozitorы i muzыkovedы
Uzbekistana.Tashkent. 1975.
4. A.Jabborov. O‘zbek bastakor va musiqashunoslari. Toshkent.2004.
5. Yu.Rajabiy. I. Akbarov. O‘zbek xalq musiqasi tarixi, (O‘qituvchi). 1981 yil.
6. T.Qilichev. Xorazm xalq teatri.
Download 99.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling