Bob I. Imjin urushi va u olib kelgan oqibatlar


Download 103.13 Kb.
bet1/5
Sana04.05.2023
Hajmi103.13 Kb.
#1425958
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Imjin urushi






KIRISH……………………………………………………………………………..

2




BOB I. IMJIN URUSHI VA U OLIB KELGAN OQIBATLAR

5

1.1

IMJIN URUSHI………………………………………………………………….

5

1.2

YAPONIYANING KOREYAGA QILGAN HUJUMI…………………………………………………………………………..



10




BOB II. IMJIN URUSHIDAN KEYINGI DAVRDA DAVLAT TANAZZULINING KUCHAYISHI

16

2.1

IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH……………………………………

16

2.2

ICHKI ZIDDIYATLAR. CHJUSIANLINING INQIROZI…………………………………………………………………………



27




XULOSA…………………………………………………………………………..

33




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………..

36


















Reja:

KIRISH
Afrosiyob devoriy suratlari orasida VII asrda Osiyoning sharqiy hududida joylashgan Tinch okean qirg‘oqlarini yuvib turuvchi uzoq Kogoryo mamlakati elchilarining Samarqand hukmdori saroyiga tashrifi ifodalanganligini ko'rish mumkin. Keyinchalik ma'lum muddat bu davlatlar orasidagi o'zaro aloqalar uzilgan. Biroq, globallashuv jarayonida odamlar va sarmoyalarning chegara bilmasligi natijasida uzoq mamlakatlar orasidagi o'zaro munosa batlar odatiy holatga aylanmoqda. Qolaversa, kommunikatsiyaning yangi tizimi - tezyurar transport, internet, uyali aloqa vositalari orqali turli mintaqalarda yashovchi odamlar vaqt va makon chegarasini sezmagan holda muloqotda bo'Imoqdalar.
Bugungi kunda O'zbekiston va Koreyani o'zaro strategik hamkorlik aloqalari birlashtirmoqda. Tabiiyki, ikki mamlakat xalqlarining o'zaro qiziqishlari ham kundan kunga oshib bormoqda. Koreya Respublikasi O'zbekiston iqtisodiyotining eng yirik investorlaridan biri hisoblanadi. Minglab koreyslar mamlakatimizga tashrif buyurmoqdalar, o'z navbatida, ko'plab o‘zbekistonliklar Koreyaga biznes, ish, o'qish va dam olish uchun borishi natijasida koreyslar o'zbek va rus tillarida, o'zbekistonliklar esa koreys tilida bemalol so'zlashmoqdalar. Aynan yaqin aloqalar tufayli har ikki mamlakat haqida yanada ko'proq ma'lumotga ega bo'lishga intilish ham tabiiy holatdir.
Ushbu kurs ishi orqali Koreya tarixida bo’lib o’tgan jiddiy urushlardan biri “Imjin” urushi haqida to’liqroq ma’lumot berishga harakat qilindi. Tarixda bo’lgan Koreya hayotidagi fojealar, omadli kunlar, tarixiy voqealar va Koreya taraqqiyoti haqida so’z boradi.
Li sulolasining tashqi siyosati - Xitoyning Min sulolasi, Yaponiya va manjurlar bilan bo'lgan. Garchi, rasmiy Xitoy bilan munosabatlar vassallik ko'rinishiga ega bo'lgan bo'lsa-da, Xitoy Chosonning ichki ishlariga aralashmagan. Ikki mamlakat doimiy ravishda o'zlarining do'stona va rasman mustaqil munosabatlari tarzida elchilar va sovg'a-salomlar almashib turishgan. XVI asr davomida Choson hududiga doimiy ravishda chjurchjenlar va yapon qaroqchilari hujum qilib turganlar, lekin ular har safar keskin qarshiliklarga uchraganlar.
XVI asrning 80 yillari oxirlarida bo'linib ketgan Yaponiya Toyotomi Xideyosi tomonidan birlashtirilgandan so'ng, u o'z oldiga Xitoyni bosib olishni maqsad qilib qo'ygan. Xideyosi katta armiya yig'ib, Choson hukumatiga Xitoydagi Min sulolasi bilan bo‘ladigan jang uchun askarlarini Choson hududidan o'tkazishni va koreyslarni bo'lajak jangda yordam berishini so'rab murojaat qilgan. Seul esa, o'z navbatida, bu taklifni rad etgan va Xitoyga Yaponiyaning rejalari haqida xabar bergan. 1592 yilning mayida yaponlar 200 ming qo'shini bilan Koreyaga bostirib kirgan va Imjin urushi (1592-1598) boshlangan. Garchi, urushgacha ko'plab davlat arboblari armiyani tiklash to'g'risida ta'kidlashlariga qaramay, Koreya urushga tayyor emas edi.
Yapon qo'shinlarining birinchi guruhi 2 mayda Koreyaning janubiga tushirildi. Yaponlarda o'qotar qurollar bo'lgan. Shu bois tez orada Pusan shahri qo'lga kiritildi Jiddiy qarshilikka uchramagan yaponlar Seulga tomon harakatlanishgan. Bu davrda Seul Min sulolasiga yordam so'rab murojaat qilgan. 9 iyunda esa van Sonjo saroy a'yonlari bilan poytaxtni tashlab ketgan. Keson shahriga kelgan hukmdor va uning a'yonlarini azablangan olomon toshlar va balchiqli kesaklar bilan qarshi olgan. 12 iyunda yapon qo'shinlari jangsiz Seulga ham kirib kelgan. Tez orada Keson shahri ham bosib olingan, 22 iyulda esa Pxenyan egallangan. Van o'zining yaqin odamlari bilan chegaradagi kichik shaharcha bo'lgan yashiringan. Saroy a'yonlarining qochib ketishi va koreys armiyasining mag'lubiyatiga qaramay, yaponlar tomonidan bosib olingan hududlarda hukumat qo'shinIari qarshilik harakatlarini davom ettirgan. Qolaversa, barcha viloyatlarda "Iybyon" ("Adolat armiyasi") nomli xalq harakatlari yuzaga kelgan.[1]

Download 103.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling