Fotimiylar sulolasi
Download 80 Kb.
|
FOTIMIYLAR SULOLASI
FOTIMIYLAR SULOLASI Shimoliy-g‘arbiy Xitoyning knyazlaridan biri Li Yuan yoki Gaotszu (u kelib chiqishi jihatidan chala turk edi) hokimiyatni qo‘lga kiritdi va Tan sulolasiga asos soldi. Tan imperiyasi Xitoyda 300 yilga yaqin, ya’ni 618 yildan 907 yilgacha hukmronlik qildi. Mamlakatning birlashtirilishi, xo‘jalikning jonlanishi, harbiy qudratning o‘sishi Suy va Tan imperiyalarining siyosatida tashqi aloqalarning faollashuviga ko‘mak berdi. Markaziy Osiyoning ulkan kengliklaridan ko‘chmanchi qabilalarning ittifoqi – Turk xoqonligi yuzaga keldi. Xitoy imperiyasi xali o‘ta zaif bo‘lganligi sababli ko‘chmanchilarning qurollangan bosqinini oldini olish maqsadida an’anaviy “tinchlik va qarindoshchilik” siyosatini yuritardi, ya’ni turk xoqonlarining turli ustunliklarini tan olardi va hatto uzoq muddatga tinchlikni saqlash uchun o‘lpon to‘lashga tayyor edi. Shimoliy-Sharqda esa siyosat o‘zgacha ko‘rinish kasb etgandi. Bu erda Suy imperatorlari Moxe qabilalari va shimoliy koreys davlati Koguryoga qarshi uzoq davom etgan va unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmagan urushlarni boshladilar. Asosiy maqsad – Lyaoninni va koreyslar o‘sha paytlarda ustivorlik qilgan Sariq dengizga olib boruvchi dengiz yo‘llarni qo‘lga kiritish edi. Koreyaga qarshi urushlar deyarli bir asr mobaynida davom etdi. VII asrning boshida Xitoyning tashqi aloqalari kengaydi. 607 yilda Loyanga Yaponiyadan elchilik etib keldi, 609 yilda esa – Siamdan tashrif buyurgan elchilik sovg‘alar keltirdi. Hindi-Xitoyga (Vetnam) muvaffaqiyatli yurishlar amalga oshirildi. Imperiya mustahkamlanib borgan sari, ilgari turk xoqonlari bilan do‘stona munosabatlarda bo‘lgan hukmdorlar qo‘shnilariga qarshi urushlar olib borishga o‘tdilar – dastavval mudofaa, keyinchalik esa bosqinchilik urushlariga. VII asrning 30- va 40-yillarida Xitoy qo‘shinlari mo‘g‘ul dashtlariga va Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab yurishlar amalga oshirishdi. Xitoyning harbiy kuchlari Tyan–Shan yonida to‘plandi. Tyan-Shan ortida hitoyliklar qirg‘izlar bilan munosabatlarni o‘rnatishga erishdilar. 648 yilda esa qirg‘iz elchilari Chananga etib kelishdi. O‘rtadagi imperiyaning hududiy jihatdan kengayishi va ayrim mamlakatlarning Xitoy syuzerenitetini tan olishi turk va tibet qabilalarining doimiy bosimi, hamda arab istilochilarining tahdidi ostida bo‘lgan xalqlarning hitoyliklardan yordam olish niyati bilan izohlanadi. Hatto Sosoniylarning so‘nggi podshosi Yozdagir III, arab istilochilaridan qochib, Eronni tark etdi va Xitoydan ko‘mak so‘radi. Uning o‘g‘li va nevarasi o‘zlarini Tan davlatining vassallari deb tan olishdi, garchand hech qanday erlarga egalik qilmasa ham. Imperiyaning manfaatlari tibetliklar bilan Janubiy-g‘arbiy yo‘nalishida va Kukunorda to‘qnashdi. VII asrda Tibetda dastlabki davlat vujudga keldi. Uning podshosi Sronszangbo o‘zining katta qo‘shinini Sharqqa, Hitoyga etakladi. 641 yilda Sronszangbo Li Shamin bilan bitim tuzdi, aftidan o‘zini Xitoy vassali deb tan oldi. Endigina asos solingan Lxasaga Xitoylik amaldorlar, savdogarlar va harbiylar etib kelardi. Budda rohiblari va ayniqsa Syuan Szan tomonidan Shimoliy Hindiston podsholigi bilan bog‘langan aloqalar Lxasa orqali ta’minlanardi. 641 yilda Shimoliy Hindiston hukmdori Xarsha Xitoyga elchilik yubordi. Tuhfalar bilan etib kelgan ushbu elchilik Chanan saroylarida izzat bilan kutib olindi. Ikki yildan so‘ng Li Shamin javob elchiligini jo‘natdi. Ushbu elchilik ishtirokchisi, o‘qimishli buddist (ya’ni budizm tarafdori), saroy gvardiyasi boshlig‘i Van Syuanse Lxasada qolib ketdi. U 647 yilda yana bir bor Hindistonga safar qilganda Xarsha vorisi Arudjinaning qo‘shini elchilikka hujum qildi. Van Syuanse, Tibetga qaytib kelib, tibetliklar, xitoyliklar va gurkaslardan (Nepal aholisi) iborat qo‘shin to‘pladi. Ushbu qo‘shin Gang bo‘ylab yurish qildi va Arutdjinani uning saroyi bilan qo‘lga kiritdi. Asirlar Chananga jo‘natildi. Shimoliy-sharqiy Hindiston zodagonlari, Tan imperiyasi bilan do‘stona aloqalarini mustahkamlanishiga intilib, Xitoyga sovg‘alar sifatida otlar, qurollar, qimmatbaho buyumlarni yuborardilar. Ikki mamlakat o‘rtasida savdo aloqalari o‘rnatildi. Van Syuanse elchiliklar tarkibida yana ikki marotaba Hindistonga safar qildi. 668 yilda Hind elchiligi Xitoydan harbiy yordam so‘ragan. Keyinroq Tibet orqali olib boradigan yo‘l uzilib qoldi va ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar Birma va dengiz orqali amalga oshirildi. 907 yildan Tan imperiyasi tugadi. Bir necha o‘n yilliklar davomida Xitoyda to‘la tarqoqlik hukm surdi. 960 yilda Sun sulolasi hokimiyati ostida Xitoy qaytadan birlashtirildi. Uning asoschisi Chjao Kuan-in edi. Sun imperiyasi Tan imperiyasiga qaraganda kuchsizroq bo‘ldi. Turk, mo‘g‘ul qabilalari va g‘arbdagi boshqa ko‘chmanchi qabilalar Sun imperiyasi chegaralariga borgan sari kuchliroq xavf solib turdilar. Sun imperatorlari uyg‘urlarga, tangutlarga, kudanlarga qarshi urushlar qildi. Biroq, bu urushlar natijasida Sunlar bu mamlakatlarni Xitoyga bo‘ysundira olmadilar. Shunga qaramasdan, Sun sulolasi davrida Xitoyning xalqaro aloqalari qaytadan mustahkamlandi. O‘rta Osiyo, Hindiston va Hindi-Xitoy bilangina emas, balki Koreya, Yaponiya va Indoneziya bilan ham keng miqyosda tashqi savdo olib borildi. XII asrda Sun sulolasining ahvoli og‘ir edi. 1127 yildan boshlab Sunlar faqat Janubiy Xitoyni o‘z nazorati ostida ushlab turdilar xolos. Shimoliy Xitoy chjurchjenlarning Szin deb atalgan yangi bir katta davlati tarkibiga kirdi. XIII asr boshlarida Shimoliy Xitoy mo‘g‘ullar tomonidan bosib olindi. Janubiy Xitoyning faqat o‘zidan iborat bo‘lib qisqarib qolgan Sun imperiyasi (o‘shanda ham hamma viloyatlar uning tarkibiga kirmas edi) 1279 yilgacha, ya’ni Chingizxonning nevarasi Xubilay zabt etmaguncha umr ko‘rdi. Xubilay yangi mo‘g‘ul sulolasiga asos soldi, bu solala xitoycha Yuan deb nomlandi. XIII asr oxiri XIV asr boshlaridayoq mo‘g‘ullar Xitoyliklarning kuchli ta’siri ostiga tushib qoldilar. Ikkinchi tomondan, Xitoyning mo‘g‘ul davlatlari tizimiga kiritilganligi tufayli endilikda Xitoy avvalgi Tan va Sun “milliy” sulolalari davridagidan ham ko‘proq darajada xalqaro savdo ishlarida ishtirok etadigan bo‘ldi. Xitoyning o‘zida Eron, arab, O‘rta Osiyo va Hind savdogarlari tez-tez paydo bo‘la boshlailar. Marko Poloning so‘zlariga ko‘ra. Xitoy ipak, chinni, temir va misni “dunyoning barcha chekkalariga” eksport qilishi amalga oshirilardi. XIV asrning 50-60 yillarida butun mamlakatda mo‘g‘ul istilochilariga qarshi qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tardi. 1368 yilda qo‘zg‘olonchi dehqon armiyasining rahbarlaridan biri bo‘lmish Chju Yuan-Chjan imperator deb e’lon qilindi. U asos solgan yangi sulola Min sulolasi deb ataladigan bo‘ldi. Ushbu sulola Xitoyni 1368 yildan to 1644 yilgacha idora qildi. XIV asrning oxirgi choragi – XV asrda Min sulolasi Koreya, Tibet, Vetnam, Indoneziya, Hindi-Xitoy, Malakkaga nisbatan faol tashqi siyosat olib bordi. Ushbu mamlakatlarga bir necha bor harbiy ekspeditsiyalar uyushtirildi. Ayniqsa, 1403-1433 yillar mobaynida admiral Chjen-Xe boshchiligidagi ettita dengiz ekspeditsiyalarining ko‘lami katta bo‘ldi. Min hukumati elchiliklar yuborish va qabul qilish vositasida Yaponiya, Kampuchiya, Hindiston, Temuriylar davlati kabi mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlarni ta’minlashga urindi. XVI asrda Min sulolasi mo‘g‘ul xonlarining mamlakat chekka hududlariga qilgan hujumlarini bir necha bor qaytardi. 1570 yilda tuzilgan uzoq muddatli tinchlik bitimidan so‘ng bosqinlar to‘xtatildi. Tinchlik shartnomalari xonlar va imperatorlar o‘rtasida ilgari ham bir necha bor imzolangan edi, ular doim Xitoy uchun manfaatsiz bo‘lgan: mo‘g‘ul xonlari shunday savdo-sotiqni majburan qabul qildirardilarki, bunday savdo Xitoyga faqat zarar etkazardi. Xitoyliklar qimmat mahsulotlarni (ipak, don, qimmatbaho xunarmandchilik buyumlari) arzon sotishga, chorva mollarni esa ularning haqiqiy qiymatiga ko‘ra yuqoriroq narxlar bo‘yicha harid qilishga majbur edilar. Shimolda va g‘arbda yashagan xalqlar bilan tashqi savdo aloqalar qaysidir ma’noda urushlar yoki mo‘g‘ular bilan tuzilgan shartnomalarning xususiyati bilan cheklangandi. Xitoy-Yaponiya bilan savdo-sotiq aloqalariga ega edi. Min hukumatining Yaponiya bilan savdoni cheklashga qaratilgan urinishlari shiddatli urushlarga sabab bo‘ldi. XVI asrning 90-yillarida Yaponiya –Koreya urushi davrida Min sulolasi o‘zining vassalli – koreys imperatoriga yordam sifatida katta qo‘shin yuborishga majbur bo‘ldi. Min imperiyasi ayrim davlatlar bilan tinch savdo aloqalariga ega edi. Xitoy xunarmandlarining maxorat bilan ishlangan buyumlari mamlakatdan anchagina tashqarida sotilardi. Xitoy mahsulotlari rus davlatiga ham etib kelgan. Ivan Grozniy tomonidan Sharqqa yuborgan ikki elchiligi ruslarning Xitoy to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo yo‘lini izlab topishga qaratilgan intilishlaridan dalolat beradi. Mo‘g‘uliston orqali Uzoq Sharqqa Tomsk shahridan chiqqan kazaklar elchilar sifatida jo‘nab ketishdi. 1618 yilda kazak Ivan Petrin va uning hamroxlari Pekinda to‘rt kun davomida bo‘lishdi. Ular Min imperatori nomidan keltirgan bir nechta yorliqlarda rus savdogarlariga Xitoyga savdo-sotiq ishlari bo‘yicha kelish ruxsat etilgandi. Uzoq masofani va tilni bilmasligini bahona qilib “samo o‘g‘li” o‘z elchilarini Rossiyaga yuborishni rad etdi. Imperator yorlig‘ining do‘stona tarzda bitilgani Xitoyning savdo manfaatlari bilan izohlanadi, chunki g‘arb bilan quruqlik orqali savdo-sotiqning o‘rnatilishi Xitoyliklar uchun foyda keltirishi mumkin edi. III asr oxiri – IV asrning o‘rtalarida Yaponiyada Yamato qabilasi boshchiligida umum qabilaviy ittifoq vujudga keldi. IV-VI asrlarda Yaponiyada ishlab chiqaruvchi kuchlarni sezilarli darajada taraqqiyoti ko‘zga tashlandi. Jumladan kemasozlik rivojlandi, savdo-sotiq jonlandi, shuni ham aytish kerakki, nafaqat ichki, balki tashqi savdo aloqalari: Xitoy (ayniqsa VI asrning oxirida) va Koreya bilan amalga oshirishdi. VI asrda hokimiyat uchun kurash paytida So‘ga urug‘ining vakillari podshoni o‘ldirdilar (592 yil) va hukmronlik mavqeini egalladilar. Syotoku-Taysi boshchiligidagi guruh ularga qarshi kurash olib bordi. U horijdan ham siyosiy madad olishni niyat qilgandi. Ushbu maqsadni ko‘zlab 607 yilda Xitoyga Suy sulolasi saroyiga elchilik yubordi. Taysining imperator Yan Guanga yuborgan nomasi quyidagi so‘zlar bilan boshlanardi: “Kun chiqar mamlakatining Samo o‘g‘lisi kun botar mamlakatining Samo o‘g‘liga salom yo‘llaydi”. Xitoy solnomalaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, qudratli Xitoy imperatoriga nisbatan qandaydir Yaponiyaning hukmdori o‘zini teng unvon bilan nomlagani Yan Guanning g‘azabini keltirib chiqargan. Lekin shunga qaramay, javob elchiligi yuborildi. Ushbu elchilikning Syotoku-Taysi 608 yilda izzat bilan qabul qildi. Suy elchisi Xitoyga qaytib kelishi paytida u bilan birga yangi Yapon elchiligi jo‘natildi. Ushbu va keyingi elchiliklarning maqsadi Suy imperatorlik xonadoni bilan mustahkam siyosiy tabaqasini o‘rnatish va Yaponiya hukmron aloqasining Xitoy davlat boshqaruv tizimi tajribasidan foydalanishga intilishi edi. Taysi vorislari Xitoy imperiyasi tajribasidan foydalanish siyosatini davom ettirdilar. Koreya bilan munosabatlar bir muncha o‘zgardi. Agar VI asrgacha Yaponlar yarimorolda joylashgan uch davlat (Koguryo, Penche, Silla) o‘rtasidagi o‘zaro urushga aralashib kelgan bo‘lsa, VI asrning ikkinchi yarmidan, Silla davlati kuchayishi sababli, Yaponlarning aralashuvi pasaydi. Shu bilan bir qatorda tinchlik munosabatlari ham to‘xtatilmadi, ikkala tomon elchiliklar yuborishni davom ettirdi. 645 yilda “Tayka to‘ntarilishi” ro‘y berdi. 645 yilda, koreys elchilarini qabul qilish paytida, fitnaga boshchilik qilgan. Nakanoe va Kamatare, o‘zlarining tarafdorlari bilan birgalikda, Soga Irukanga tajovuz qilishdi va uni o‘ldirishdi. Taxtga “shoh xonadoni”-ga mansub Sumegari urug‘ining katta vakili – Karu o‘tkazildi. U hokimiyat tepasiga kelgan yil “Taykaning birinchi yili” deb ataldi. 1260-1285 yillarda Yaponiyaga mo‘g‘ullar bosqini tahdid soldi. Ushbu tahdid mamlakatni o‘ta keskinlik holatida ushlab turdi va hukumatni mudofaa uchun barcha kuchlarni safarbar qilishga majburladi. Mo‘g‘ul istilochilari itoatkorlikni ishor etilishini talab qilishdi. Biroq, Yaponiya hukmdori Xodzyo Takimune Xubilay hukmronligini tan olishni rad qildi va uning elchilarini qatl etdi. Mo‘g‘ullar, xitoyliklar va koreyslarni o‘z yurishlarida ishtirok etishga majburlab, ulkan flot va armiyani to‘plashdi va ikki marotaba (1274 yil va 1281 yil) Yaponiya qirg‘oqlariga hujum qilishdi. Ular Kyusyu sohillariga qo‘shin tushirdilar va son jihatdan ancha ustun bo‘lganliklari tufayli, mardonavor himoyalanayotgan Yaponlarga qattiq zarbalar berishga erishdilar. Oxiri kelib, Yapon qo‘shinlarining shiddatli qarshiligi, mo‘g‘ullarning dengizda operatsiyalar o‘tkazishda no‘noqligi, shuningdek, flotning aksariyat qismi bo‘ronlardan halokatga uchragani Yapon xalqini asoratdan saqlab qoldi. Ammo 1281 yil yurishidan keyin ham bir necha yillar davomida Yaponiya mo‘g‘ullar bosqini tahdidi ostida bo‘ldi. XIV-XV asrlarda tashqi savdo jadal rivojlandi va unda dengiz qaroqchilari sezilarli rol o‘ynashdi. Yaponiya hukumati va zodagonlari nomidan Xitoy bilan olib borilgan rasmiy savdo-sotiq aloqalari alohida o‘rin egallagan. Ushbu savdo Yapon hukumatining Xitoy saroyiga elchiliklar yuborish vositasida amalga oshirilgan. Elchiliklar bilan birgalikda mollar ortilgan 10-15 kema jo‘natilardi. XVI asrda Yaponiyaga Evropaliklar kirib kela boshladilar – 1542 yilda Portugallar, 1580 yilda ispanlar. Evropalik savdogarlar, dengiz qaroqchilari va missionerlar Yaponiyaga Xitoy mahsulotlarini, asosan ipakni, olib kelishardi. Ular Evropada ishlab chiqarilgan o‘q otar qurollar bilan ham Yaponiyada savdo qilardi. Portugal va ispan savdogarlari bilan birlikda etib kelgan iezuitlar Yaponiyada katolik dinini targ‘ib etishardi. Evropaliklar Yapon orollarida paydo bo‘lganidan so‘ng Yaponiyaning Evropa mustamlakachilari tomonidan bo‘y sundirilishi havfi ma’lum darajada yuzaga keldi. Ma’murlar evropaliklarning Yaponiyaga kira olishga yo‘l qo‘ymaslikka qaror qilishdi. XVI asrning ikkinchi yarmida Yaponiya avval Oda, Nobunaga, keyin esa Toyotomi Xideyosi hokimiyati ostida birlashtirildi. Xideyosining tashqi siyosati tajavuzkor tarzda olib borildi. Bu uning o‘z diktaturasini mustahkamlashga qaratilgan intilishi bilan bog‘liq edi. 1592 va 1597 yilarda Xideyosi ikki yirik bosqinchilik yurishini amalga oshirdi. Uning istilochilik rejalariga nafaqat Koreya, balki Xitoy, Tayvan va Filippin ham kiritilgandi. Xideyosi tomonidan to‘plangan va Koreyaga tushirilgan ulkan armiya, hamda katta flot dastavval Yapon qo‘shinlariga muvaffaqiyatni ta’minlab berdi, ammo keyinchalik ular baribir mag‘lubiyatga uchradilar. Xideyosi o‘limidan so‘ng (1598 yil) Tokugava Ieyasu mamlakatni uchinchi bor birlashtirdi. Tokugava urug‘idan bo‘lgan chinchi syogun – Ieyasu o‘zining birin-ketin qabul qilgan farmonlari (1633, 1636, 1639 yy.) bilan, o‘lim jazosi tahdidi ostida, Yaponlarning o‘z mamlakatini tark etishni, hamda uzoq masofaga suzadigan kemalarning qurilishini ta’qiqladi. Shu paytning o‘zida mamlakat ajnabiylar uchun ham yopildi. Bundan gollandlargina istisno bo‘lib, ularga cheklangan tarzda Nagasaki portiga kirish uchun ruxsat etildi. Xitoy savdogarlari ham ana shunday imtiyoz oldilar. XVI asrda Yaponlar nafaqat Koreya, Xitoy, Siam, Filippin bilan aloqalarga ega edi, balki hatto Evropaga elchiliklarini yuborishgan. Jumladan Kyusyu oroli knyazlari 1582-1590 yillarda Rimga elchilik yubordilar. 1587 yilda missionerlik targ‘iboti birinchi bor ta’qiqlangandan so‘ng evropaliklar bilan munosabatlar to‘xtatilmadi. O‘z paytida Xideyosi evropaliklar ko‘magida, ularning kemalari va qurollaridan foydalanib, Koreyaga qarshi yurishning muvaffaqiyatini ta’minlamoqchi bo‘ldi. Ieyasu ham shunga o‘xshash siyosatni olib bordi. Tokugava ispanlar va portugallarning ta’sirini zaiflashtirish maqsadida (ularning missionerlik faoliyati bir necha farmonlar orqali ta’qiqlandi) gollandlar va inglizlarga ko‘proq xomiylik qildi. Garchand Iyasu 1610 yilda Meksikaga elchilik yuborgan bo‘lsa va hatto Evropaga missiya yuborishga ruxsat etsa (1613-1629 yy.) ham, biroq hukmronligining oxirida va uning o‘g‘li hokimiyat tepasida bo‘lgan davrda evropaliklarning faoliyati yanada qat’iy sur’atda cheklanardi. Yaponiyaning tashqi dunyodan sun’iy yakkalanish siyosati ikki yarim asr davomida olib borildi. VII asrda yagona arab davlatining shakllanishiga shart-sharoitlar vujudga keldi. Bunday birlashishga intilish mafkuraviy nuqtai nazardan yagona xudoga sig‘inishni targ‘ib qilishda o‘z ifodasini topdi. Ushbu monoteistik (xudo yakkayu- yagona deb e’tirof qiluvchi) ta’limot islom dini deb ataldi. Kelib chiqishi Makka shahridan bo‘lgan Muhammad alayhissalom ushbu ta’limotning targ‘ibotchisi va mafkuraviy asoschisi edi. Makkadagi boy guruhlarining ayrimlari dastavval Muhammad alayhissalomga qarshi chiqishdi. Ular hattoki Muhammad alayhissalom va uning tarafdorlarini Makkadan YAsribga (hozirda Madina shahri) ketishga majbur qildilar (622 yilda). Muhammad alayhissalomning ko‘chib ketishidan avval Anabada (Makka yonidagi joy) Yasrib qabilalari bilan kelishuv tuzildi va aynan shu voqeani musulmon diplomatiyasining boshlanishi deb hisoblasa bo‘ladi. Hijriy 6-yoki 7-yilning oxirida Muhammad alayhissalom islom dinini qabul qilishga da’vat etib, Vizantiya imperatori Irakliyga, Sosoniylar hukmdori Xusrov II- ga, Efiopiya (Xabashiston) negusiga, Misr noibi al-Mukaukisga, Ummon “shohi”-ga, Baxrayn va Yamam hukmdorlariga maktublar yubordi. 630 yilning yanvarida Muhammad alayhissalom Makkani bo‘ysundirdi va ushbu shahar aholisi islom dinini qabul qilishga majbur bo‘ldi. Hijriy 9 yilda qabilalarning aksariyat qismi islomni qabul qildilar. Bu paytga kelib islom dini deyarli butun Arabiston hududlariga yoyildi. Ushbu yil musulmon tarixiga “delegatsiyalar yili” sifatida kirdi. Muhammad alayhissalom 632 yil 8 iyunda vafot etdi. Muhammad alayhissalomning vorislari Abu Bakrni xalifalik lavozimiga (632-634 yy) saylashdi. Undan so‘ng Umar (634-644 yil), Usmon (644-656 yy) va Ali (656-661 yy) xalifalik qildilar. Muhammad alayhissalomning vafotidan so‘ng arablar keng miqyosdagi istilolarni amalga oshirdilar. Sosoniylar Eronni va Vizantiyaning Osiyo va Shimoliy Afrikadagi egaliklari arablar tomonidan zabt etildi. 661 yilda hokimiyat tepasiga Ummaviylar sulolasi keldi. Ular istilochilik siyosatini davom ettirishdi. Istilolar natijasida xalifalik Hind daryosidan Atlantika okeani sohillarigacha etib borgan erlarni qo‘lga kiritdi. Ummaviylar davlati o‘zining madaniyatida, boshqaruv usullarida, hamda tashqi munosabatlarni rivojlantirish usullarida Vizantiya va qisman Sosoniylar Eroni an’analarining kuchli ta’siri ostida edi. Arab xalifaligining, ayniqsa Ummaviylar hukmronligi davrida, qo‘shni mamlakatlar bilan munosabatlari asosan harbiy to‘qnashuvlar tusini kasb etgan. G‘arbda Ummaviylar, Vizantiya bilan davomli ixtilofda bo‘lib, doimo to‘qnashuvlarda ishtirok etishgan. Garchi ba’zi hollarda Ummaviylar vizantiyaliklar bilan tinchlik bitimini tuzishga majbur bo‘lishgan. Masalan, xalifalikda Ikkinchi fuqarolar urushi davrida Ummaviylar xalifasi Abd al-Malik, davlat ichkarisidagi dushmanlarga qarshi kurash olib borishda o‘ziga erkinlik tug‘dirish uchun, Vizantiyaliklar bilan tinchlik shartnomasini tuzishga majbur bo‘ldi. Bitimga ko‘ra imperatorga bir qator erlar berildi va o‘lpon to‘lash majburiyati olindi. Ummaviylardan bo‘lgan yana bir xalifa Umar II (717-720) qo‘shnilar bilan osoyishtalik siyosatini olib bordi. Lekin undan keyin hukmronlik qilgan xalifalar istilolar siyosatini qaytadan boshladilar. 750 yilda Ummaviylar ag‘darildi va ularning o‘rniga hokimiyat tepasiga Abbosiylar kelishdi. Abbosiylar saroyida Eron an’analari ustunlik qilardi. Abbosiylar xalifaligi davlat boshqaruvining murakkab tizimida tashqi ishlarni idora qilish o‘ta muhim o‘rinni egallardi. Buyuk vazir qaramog‘ida bo‘lgan boshqaruvning etti tarmog‘i, yoki “devonlari”, orasida “devon ar-rasolat” - tashqi ishlar vazirligi ko‘zga ko‘rinarli rol o‘ynagan. Ushbu devonida ish yuritish va marosimlar tartibining ma’lum shakllari ishlab chiqilgan. Biroz kechroq davrga oid manbalar – XI asr siyosiy traktatlari (biror masalaga bag‘ishlangan ilmiy asarlar) va me’muarlari (xotiralar, esdaliklar) – Abbosiylar diplomatiyasining usullarini tavsiflash uchun qo‘llanishi mumkin, hamonki uning an’analari Sharqda uzoq umr ko‘rgan. Elchilik xizmatiga yaqin turgan Abu-l-Fazl-Bayxaqiyning esdaliklarida elchilik quyidagicha tasvirlanadi. Elchilar sifatida ikki kishi yuboriladi – ularning birisi saroy a’yonlariga tegishli bo‘lsa, ikkinchisi o‘qimishli mullalardan saylanardi. Ularga ikki maktub beriladi. Birinchi maktub elchilik yuborilayotgan hukmdor nomiga yozilgan. Ushbu noma, qur’ondan olingan so‘zlar bilan boshlanib, unda ikki hukmdorning unvonlari sanab o‘tilgandi, elchilarning tavsiyanomsi keltirilgandi va ularning vakolatlari chegarasi belgilab berilgandi. Yakunida elchilarni uzoq vaqt davomida ushlab turmaslik va tezroq orqaga jo‘natib yuborish iltimosining mavjudligi o‘ziga xos holat edi. Ikkinchi maktub birinchi elchiga taalluqli edi va quyidagi so‘zlar bilan boshlanardi: “O, bizning birodarimiz va vakilimiz.” Ushbu maktubda yo‘riqnomalar mavjud edi. Elchi, noma va sovg‘alarni topshirib, shartnoma to‘g‘risida muzokaralar olib borishi lozim edi. Buning ustiga, elchiga, avftidan hujjatning tayyor matni topshirilgan va unga hech qanday o‘zgartirish kiritib bo‘lmadi. O‘zga davlat hukmdori shartnomani imzolashga rozi bo‘lmasa, elchi muzokaralarni davom ettirishga vakolatli edi. Shuni ham aytish kerakki, elchi o‘z hukmdoriga muzokaralarning borishi haqidama’lumot berib turishi va zarurat tug‘ilganda, yangi yo‘riqnomalar so‘rashi kerak edi. Elchi, shartnoma tuzilgan taqdirda, uning qasamyod ichish orqali tasdiqlanishini ajnabiy hukmdordan, uning o‘g‘illaridan va a’yonlaridan talab qilardi. Sovg‘alarni topshirish elchiga berilgan topshiriqlar orasida muhim o‘rin egallardi. Elchi xorijiy hukmdor xuzuriga etib kelganda tuhfalarning bir qismi topshirilardi, qolgan qismi esa – faqatgina elchilik muvaffaqiyat bilan yakunlanganda. Topshiriladigan tuhfalarning ro‘yxati elchiga berilardi. Sovg‘alar orasida ayniqsa qimmatbaho matolar va idishlar tez-tez uchrab turardi. Sovg‘alarni ulashish va manzilga etkazib berish bilan maxsus xizmatchilar shug‘ullanardilar. XI asrga oid boshqa manbada – Nizomumulkning “Siyosatnomasida” - elchilik xizmatiga bag‘ishlangan alohida boblar mavjud. Ushbu asarda elchilar chegaraga etib kelganda ularning soni va ular bilan necha kishi etib kelganligi haqidagi abar choparlar orqali darhol yuborilishini talab qilingan. Elchilarga yo‘l ko‘rsatish, ularni boshpana va oziq-ovqat bilan ta’minlash lozim edi. Elchilar g‘anim davlatdan kelgan bo‘lsa ham, ularni haqoratlash mumkin emasdi. Nizomulmulkning ta’kidlashicha, hukmdorlar bir-biroviga elchilarni yuborar ekan, nafaqat oshkora, balki mahfiy maqsadlarni ham ko‘zlaydilar. “Ular quyidagilarni bilishni xohlaydilar: yo‘llarning, dalalarning, daryolarning, zovurlarning, ichimlik suvlarning holati qanday, qo‘shin o‘ta oladimi yoki yo‘qmi, qaerda em-xashak mavjud, qaerda esa yo‘q, amaldorlarning qaysi biri qaerda, shohning qo‘shini qanday va uning soni va aslahalari qanday, uning (shohning) mehmondorchiligi va yig‘inlari qanday o‘tadi, amallari tartibi qanday, o‘tirib-turish tartibi qanday, to‘p o‘ynashi, ovga chiqish tartibi qanday. Uning xulq-atvori, hayoti, sahiyligi, ko‘zi va qulog‘i, qilig‘i va harakati, marhamati, adolati va adolatsizligi qanday. Qarimi u yoki yoshmi? O‘qimishlimi yoki nodonmi? Uning erlari gullab- yashnaydimi yoki xarobmi, uning qo‘shini – mamnunmi yoki yo‘q? Uning vaziri – munosibmi yoki yo‘q, taqvodormi, fazilatli hayot kechiradimi? Uning sarkardalari tajribali va ishlarda mohir insonlarmi? Uning a’yonlari o‘qimishlimi? Iqtidorlimi yoki yo‘q? Ular nimani yoqtiradi, nimadan nafratlanadi? Sharob ichganda shoh xushchaqchaqmi va dilkashmi yoki yo‘q? Hamdardmi yoki loqayd? Vaqtichog‘lik yoki jiddiylikka ko‘proq mayli bor? Askarlar yoki a’yonlar orasida ko‘proq bo‘lishni avzal ko‘radi?”. Bularning barchasidan ko‘rinib turibdiki, Vizantiya diplomatiyasi va unga usullari bo‘yicha yaqin bo‘lgan Sosoniylar Eroni diplomatiyasining an’analari Sharqda gullab yashnadi. g‘arb mamlakatlari va Qurdoba xalifaligi o‘rtasida o‘rnatilgan ko‘plab aloqalar orqali, salb yurishlari davomida bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvlar va muzokaralar orqali Sharqning ta’siri orqada qolgan va madaniyatsizroq bo‘lgan g‘arbga o‘tardi. Frank tarixchilari Buyuk Karl va Bag‘dod xalifasi Xorun ar-Rashid o‘rtasida elchiliklar bilan o‘zaro almashuvi, bir-biriga yuborgan tuhfalar haqida hikoyalar qilishadi. Biroq bu hikoyalarni to‘g‘rirog‘i afsonalar qatoriga qo‘shish lozim. Sharq tarixchilari, Abbosiylarning turli mamlakatlarga yuborgan ko‘plab elchiliklarni ta’riflab, Buyuk Karl huzuriga yuborilgan elchiliklar haqida hech qanday ma’lumotlarni eslab o‘tmaydilar va hattoki bunday hukmdorni bilmaydilar. Lekin Sharqdan Franklar davlatiga savdogarlar, ayniqsa yahudiylar tez-tez kelib turgan va o‘zlari bilan noyob mollar olib kelgan. Bir kuni keltirilgan fil shunchalik katta shov-shuvga sbabchi bo‘ldiki, frank solnomalarida uning vafot etgan yili qayd etilgan. Balki Sharq savdogarlarining ushbu tashriflari xalifa yuborgan elchiliklar to‘g‘risidagi afsonaga zamin yaratgandir. Xalifalik Sharq va G‘arbning barcha mamlakatlari bilan savdo aloqalariga ega bo‘lgan. Arab savdogarlari Hindiston Indoneziya Xitoyga dengiz orqali safarlarini amalga oshirishgan va bu erlarda musulmon savdogarlarining yirik faktoriyalari (savdo-sotiq olib boriladigan manzillar) paydo bo‘lgan. Qizg‘in savdo aloqalari shimoliy mamlakatlar bilan ham yo‘lga qo‘yilgan. Arab savdogarlari o‘z mollarini Volga daryosi va Boltiq dengizi sohillariga etkazib kelganlar. 943 yilda Gaochandagi uyg‘urlar hukmdori Buxoroda hukmronlik qilgan Somoniylar bilan do‘stona aloqalarni o‘rnatdi-ki, bu esa musulmon savdogarlarini Xitoyga olib boradigan xavfsiz yo‘l bilan ta’minladi. Arab savdogarlarining manfaatlari bilan bog‘liq va xalifalik diplomatiyasiga oid qiziqarli voqea ro‘y bergan. Ya’ni 921 yilda Bulg‘orlar podshosiga yuborilgan elchilik haqida gap yuritiladi. Ushbu elchilik ishtirokchisi Axmad ibn Fadlan amalga oshirilgan sayoxat to‘g‘risida qiziqarli esdaliklar qoldirgan. Balvatar o‘g‘li al-Xasan ismli Bulg‘orlar podshosi xalifa al-Muqtadirga, islom xatiblarini yuborishni. qal’a qurilishiga yordam ko‘rsatishni iltimos qilib, elchilik yuborganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar Axmad ibn Fadlanning esdaliklarida qayd etilgan. Xalifa Bulg‘orlar podshosining iltimosiga ijobiy javob qaytargan. Bulg‘or elchiligi bilan birgalikda xalifa al-Muxtadirning elchiligi ham yo‘lga chiqqan. Manzilga etgach, elchilar xalifaning Bulg‘orlar podshosiga yuborgan nomasini o‘qib eshittirishgan va katta izzat bilan qabul qilingan. Shu tarzda ushbu mamlakat bilan diplomatik aloqalar o‘rnatilgan. Keyingi yilda bulg‘orlar podshosi islomni qabul qilgan va bu o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, chunki endilikda musulmonlarga tegishli Shimoliy-Sharqiy erlar birinchi bor mohir hukmdorlar qo‘li ostida birlashtirilgan. Bu esa chegaradagi erlarni xavfsizligini ta’minlashga imkon yaratdi, ularning gullab-yashnashiga olib keldi va horijlik savdogarlar uchun kafolatlangan daromadlar istiqbollarini yuzaga keltirdi. IX asrning 60-yillarida Misr amiri Axmad ibn Tulun, o‘z hokimiyatini mustahkamlab, faktik jihatdan mustaqil davlatni barpo etdi. Marg‘ibda hokimiyat tepasiga kelgan Fotmiylar sulolasi X asrdan boshlab Misrga da’vogarlik qildi. 969 yilda Fotmiylar qo‘shini Misr poytaxti Fustat shahrini egallashdi, keyin esa butun mamlakatni bo‘ysundirishdi. Fotimiylar armiyasining bosh qo‘mondoni Djauxar Suriyani zabt etishga qo‘shin yubordi. Fotimiylar qo‘shini Damashqqacha bo‘lgan Suriya erlarining bir qismini egallashdi. 1037 yilda Fotimiylar bir necha yillar davomida musulmonlar hududlariga tez- tez bosqinlar qilib turgan Vizantiya imperatori bilan yarash ahdini tuzishdi. Ushbu ahdnomadan foydalanib, fotimiylar Xaleb (Aleppo) shahrini bosib olishdi, bu esa ularga butun Suriyani, Antioxiyadan tashqari, bo‘ysundirish imkonini berdi. Antioxiya, o‘z navbatida, Vizantiyaliklarga tegishli edi. XI asrning 60-yillariga kelib fotimiylar imperiyasi deyarli mavjud emasdi. Butun mamlakat bo‘ylab o‘zaro kurashlar bo‘lib o‘tardi. Vizantiya Misrga urush e’lon qilgandi. Sitsiliya nasroniy istilochilar tomonidan bosib olingan. Ular Afrika qirg‘oqlariga ham kelib turgandilar va Aleksandriya shahriga tahdid solgandilar. Salibchilarning Suriyaga hujumi boshlanishi bilan Fotimiylar saljuqiylar hukmdorlarini Quddusdan (Isruslim) haydab chiqara oldilar, biroq “muqaddas shaharni” bir yil davomida o‘z qo‘llarida saqlab qoldilar. 1099 yilda Quddus salibchilar tomonidan zabt etildi, fotimiylar qo‘shini esa chekindi. Garchand Qohira xalifalari Quddus qirolligi bilan tinchlik munosabatlarini saqlab kelgan bo‘lsada, baribir ularning ahvoli mustahkam emasdi Bir necha yillar davomida Fotimiylar Suriyadagi egaliklaridan mahrum bo‘ldilar. Salibchilar Misr chegarasidagi eng uzoq nuqtasi Askolonni egallashdi. 1171 yilda Fotimiylar sulolasi ag‘darildi va Misrda hokimiyat tepasiga mamlyuklar sardori Saloxiddin keldi. O‘zaro ichki kurashlar salibchilarga Suriya va Falastinda katta hududlarni egallash imkonini berdi. Bu joylarda markazlari Qudduz, Tripoli, Edessa va Antioxiya hisoblangan salibchilarning to‘rtta yirik davlatiga asos solindi. Lekin ularning hokimiyati mustahkam emasdi. Oqibatda salibchilarning barcha davlatlari musulmonlar tomonidan zabt etildi. Ushbu sohada Misr sultoni, Ayyubiylar sulolasiga asos solgan, Saloxiddinning ayniqsa omadi keldi. Ayyubiylar hokimiyati zaiflashgandan so‘ng Misrda hokimiyat tepasiga mamlyuklar keldilar. Mamlyuklar sardori Kutuz Misr mustaqilligiga tahdid solgan mo‘g‘ullarni tor-mor etdi. 1260 yil 3 sentyabrda Falastindagi Ayn-Dalut deb atalgan joyda mo‘g‘ullar to‘la mag‘lubiyatga uchradilar, ularning bosh qo‘mondoni asirga olindi va qatl qilindi. Kutuzdan so‘ng hokimiyatni egallagan sulton Beybars (1260-1277 yillar) salibchilarning kuchlari qaqshatdi, hamda ularning asosiy shaharlarini tortib oldi. Salibchilar qo‘lida faqatgina Tripoli va Akka shaharlari qoldi. Beybars Ismoiliylar – assasinlarni ham mag‘lub eta oldi: 1273 yilga kelib assasinlarning oxirgi qal’alari unga taslim bo‘ldilar. Beybars Xulagidlarning ashaddiy dushmani - qipchoqlar bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatdi va shu tariqa mo‘g‘ullar va salibchilar o‘rtasidagi ehtimoliy ittifoqning oldini oldi. 1277 yilda Bibars ko‘p sonli armiya to‘pladi, Tavrdan o‘tdi va mo‘g‘ullarni mag‘lubiyatga uchratdi. Biroq u o‘z g‘alabasini mustahkamlay olmadi va chekinishga majbur bo‘ldi. Chekinish paytida sulton vafot etdi. Beybarsdan so‘ng mamlyuklarning mashhur sultonlaridan biri Kalaun (1279- 1290 yy.) edi. Kalaun Genuya, Sitsiliya, Kastiliya bilan savdo shartnomalarini tuzdi. Aleksandriya va qoxira g‘arb va Sharq o‘rtasidagi savdo-sotiqda vositachilik qila boshladilar. Misr davlatining ta’siri Nubiya va Yamanga yoyildi. Makka shariflari ham Kalaunga itoat etishdi. Bularning hammasi Hindistonga boruvchi savdo yo‘llarning xavfsizligini ta’minladiki bu erlarga arab savdogarlari dengiz orqali etib kela boshladilar. XIV asrning boshida mo‘g‘ullar va mamlyuklar bir-biroviga hujumlar uyushtirib turdilar. 1303 yilda Damashq yonida mamlyuklar mo‘g‘ullarni uzil-kesil tor-mor qildilar va bu jang hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. 1323 yilda mo‘g‘ullar va mang‘itlar o‘rtasida tinchlik shartnomasi tuzildi. Biroq keyinchalik, Ilxonlar davlati parchalanayotgan paytda, mamlyuklar sultonlari qo‘shni davlatni emirayotgan ichki tartibsizliklar va o‘zaro urushlardan foyda ko‘rishga intildilar. Ular noiblar va hukmdorlardan dam bir dam ikkinchisini qo‘llab- quvvatlaganlar, elchiliklarni qabul qilganlar, amaliy yordam haqidakelishib olganlar, ammo hech kimga amaliy ko‘mak ko‘rsatmaganlar. XV asr boshlariga kelib Eron Amir Temur davlatining viloyatlaridan biri edi. XV asrning ikkinchi choragida Ardabil shahrida, Janubiy Ozarbayjonda, “Safoviyyo” nomli shia mazxabiga mansub merosiy shayxlarning ta’siri kuchaydi. 1494 yilda Ardabilning, hamda bo‘ysundirilgan qo‘shni turk kabi qabilalarining shayxi bo‘lgan Ismoil Safoviy XVI asrning boshlaridayoq butun janubiy Ozarbayjonni egallab, 1502 yilda Tabriz shahrini ishg‘ol qildi. Shu davrdan boshlab Ismoil o‘zini Eron shohi deb e’lon qildi (1502-1524 yy.). Tabriz Safoviylar Eronining poytaxti bo‘ldi; Armaniston va Kurdiston, so‘ngra esa Bog‘dod va Mesopotamiya bo‘ysundirildi. Ismoil davrida yuz yildan ko‘proq davom etgan Eron-Turkiya urushlari boshlanib ketdi. Bu urushlar XVII asr 30-yillarining oxirigacha davom etdi. Turkiya sultoni Salim I, o‘z tomonidan. Kavkaz orti, Kurdiston va Mesopotamiyaga da’vogarlik qildi. Uzoq davom etgan urushda (1514-1555) omad goh bir tomonda, goh ikkinchi tomonda bo‘ldi va Amasiyada (Kichik Osiyoda joylashgan) sulh tuzilishi bilan yakunlandi. Unga ko‘ra Safoviylar Iroqni, g‘arbiy Gruziyani, Arman tog‘lari tizmasi va Vaspurakan tog‘laridan janubda joylashgan Armanistonning bir qismini Turkiyaga topshirdilar. 1590 yilda shoh Abbos I Turklar bilan Stambul tinchlik shartnomasini tuzdi va unga binoan Usmoniylar imperiyasi Sharqiy Gruziyani, Sharqiy Armanistonni, Kurdistonni, butun Ozarbayjonni (Ardebil va Talishdan tashqari) va qisman Luristonni qo‘lga kiritdi. Undan so‘ng Abbos I o‘z armiyasini sharqqa yo‘naltirdi, bu erda Shayboniylarni mag‘lub etdi va Nishapur, Mashxad, Xirot va Marvni (1597 y.) ishg‘ol etdi. 1602 yilda Abbos I Turkiyaga qarshi qaytadan urush boshladi. O‘n yil davomida u Ozarbayjon, Luriston, Kurdistonning bir qismi, Sharqiy Armaniston va Sharqiy Gruziyani qaytarib olishga muvaffaq bo‘ldi. Shu paytda Rossiya va Evropaning boshqa mamlakatlari, Turkiyaga qarshi ittifoq tuzishdan manfaatdor bo‘lib, Eronga bir necha bor o‘z elchilarini yuborishgan. Safoviylar ham turklarga qarshi kurashishda Evropaliklar bilan ittifoq tuzmoqchi bo‘lganlar. Abbos I german imperatori Ispaniya va Portugaliya qiroli, Rim papasi, Fransiya, Gollandiya va Rosiya bilan elchiliklar o‘zaro almashuvini amalga oshirgan. Odatda elchilar o‘zlari bilan ko‘plab qimmatbaho sovg‘alar olib kelgan. Shuning uchun ham elchiliklar almashinuvi o‘ziga xos tashqi savdo shaklini kasb etgan. Safoviylar zamonida Moskva Rusi bilan muntazam aloqalar o‘rnatilgan. Elchiliklar bilan o‘zaro almashuv XV asrning o‘rtalaridan boshlangan. XVI asrning 50-yillarida Rus davlati Volga bo‘yi erlarini qo‘shib olib va Kaspiy dengizi sohillariga chiqib, Eron va Osiyoning boshqa mamlakatlari bilan savdo aloqalarini sezilarli darajada kengaytirdi. 1588-1676 yillarda Eronga 20 rus elchiligi yuborildi, Erondan Rossiyaga esa 15 ta. Eron savdogarlari Astraxanga etib kelib, bu erda doimiy savdo-sotiqni amalga oshirishni boshladilar. Usmoniylar imperiyasiga qarshi kurash olib borishga qaratilgan umumiy siyosiy manfaatlar rus-eron savdo- diplomatik aloqalarining rivojlanishiga ko‘mak berdi. XVI asrda Fors ko‘rfazida ochiqdan-ochiq bosqinchilik yo‘liga o‘tgan birinchi mustamlakachilar portugallar edi. Ular Ormuz orolida joylashgan yirik savdo portini ishg‘ol etdilar. Inglizlarning Moskva kompaniyasining maxfiy agentlari, Volga-Kaspiy yo‘lidan foydalanib, shimol orqali Eron va Hindiston bilan savdo-sotiqni rivojlantirishga urinardilar. XVII asrning boshida Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasi o‘z vakillarini Eronga yubordi. XVII asrning o‘rtalariga kelib inglizlar bilan muvaffaqiyatli raqobat qiluvchi va ko‘pgina imtiyozlarni qo‘lga kiritgan Gollandiyaning Ost-Indiya kompaniyasi inglizlarni ikkinchi o‘ringa surib chiqardi. Salib yurishlari davrida Kichik Osiyoda Rum Sultonligi nomi ostida yashagan saljuq turklari davlati XIII asr boshlariga kelib 10 ta amirlikka bo‘linib ketdi. XIII asr oxiri-XIV asr boshlarida yangi davlat tashkil bo‘ldi. Unda ko‘chmanchi o‘g‘uzlar etakchi rol o‘ynadilar. Dastlabki vaqtlarda Erto‘g‘rul, o‘g‘uz qabilalarining rahbari bo‘lib, Vizantiya imperiyasi bilan chegaradosh Sakaryo bo‘yida kichik feodal mulkiga (beylikka) egalik qilardi. Erto‘g‘rulning o‘g‘li va taxt vorisi – Usmon (1282- 1326) Vizantiyaga qarshi urush boshladi uning Kichik Osiyodagi mulklarining ko‘pchiligini, shu jamladan, Brusu (yoki Bursu) shaharini bosib oldi. Brusu shaharini Usmon o‘zining poytaxti qilib oldi. Vafotidan biroz burunroq Usmon Kichik Osiyodagi boshqa amirliklarni o‘ziga itoat qildirdi. Vizantiyaning zaiflashib qolganligidan va Bolqon yarim orolidagi boshqa davlatlarning parchalanib ketganligidan foydalanib, Usmon turklari XIV asrda dastlab Kichik Osiyoda, keyin esa Bolqon yarim orolda ham keng istilochilik harakatlarini boshladilar. Usmonning vorisi – Urxon 1331 yilda Nikey shahrini, keyin esa Vizantiyaning Kichik Osiyodagi boshqa barcha erlarini bosib olganidan so‘ng, Evropada istilolar qilishga kirishdi. 1354 yili Urxon Dardanel bo‘g‘ozining Evropa qirg‘og‘idagi Gallipol shahrini bosib oldi. So‘ngra turklar Frakiyaga kirib bordilar. Bu viloyat keyingi sulton, ya’ni Murod I zamonida (1359-1389) batamom zabt etildi. Murod I 1361 yilda Frakiyaning bosh shahri – Adrianopolni bosib oldi. 1371 yilda serblar, bolgarlar valaxlar va vengrlardan iborat koalitsiya (ittifoq) Murodga qarshilik ko‘rsatishga urindi. Biroq ittifoqchilar Maritsa daryosi bo‘yidagi jangda engildilar. Shundan so‘ng Janubiy Serbiya sulton hokimiyati ostiga o‘tdi. Vizantiya imperatori sultonga o‘lpon to‘lovchiga aylandi. 1389 yil 15 iyunda Kosovo maydonida (Janubiy Serbiya) serblar va ularning ittifoqchilari turklarga qarshi hal qiluvchi jangga kirdilar. Serblarning jasorati va Murod I-ning o‘ldirilishiga qaramay, turklar g‘alabaga erishdilar. Shundan so‘ng Serbiyaning katta qismi Turkiyaga qo‘shib olindi. Turkiya davlatining kengayishi Amir Temur tomonidan vaqtinchalik to‘xtatildi. 1402 yilda Temur ulkan qo‘shin bilan Kichik Osiyoga kirib keldi. Boyazid ham katta harbiy kuchga ega edi, biroq Kichik Osiyodagi turk amirlarining bir qismi sultonga xiyonat qildi va Temur tomoniga o‘tib ketdi. Hal qiluvchi jang 1402 yil 28 iyunda Angor (hozirgi Anqara) shhri yonida bo‘lib o‘tdi va turklar to‘la mag‘lubiyatga uchradilar. Boyazid qochish paytida qo‘lga tushdi va tez orada asirlikda vafot etdi. XV asrning 20-yillarida turklar yana qaddilarini rostlab oldilar. Sulton Murod II (1421-1451) 20-yillarning boshlarida istilolarni yana qaytadan boshladi. 1422 yilda u Konstantinopolni uch marta qamal qilsa-da, ammo uni qo‘lga ololmadi. 1430 yilda Solun shahri olinib, uning barcha aholisi qullarga aylantirildi. 1444 yilda turklarga qarshi yangi salib yurishi uyushtirildi. Unda polyaklar, chexlar, vengerlar, nemislar, qisman fransuzlar va boshqa g‘arbiy evropalik ritsarlar qatnashgan edi. Varna yonidagi jangda (1444 yil 10 noyabr) ritsarlar tor-mor etildi. Shuning o‘zi bilan Konstantinopolning halokati oldindan muqarrar qilib qo‘yildi. Konstantinopol 1453 yil 29 mayda quladi. So‘nggi Vizantiya imperatori Konstantin XI (1448-1453) edi. Sulton Murod II-ning taxt vorisi – sulton Muhammad (Mexmed II) (1451-1481) Konstantinopolni zabt etdi. Muhammad (Mexmed II) 50-60 yillarda Bolqon yarim orolida Dunay bo‘yidagi Serbiyani, Bosniyani, Gersegovinani va Albaniyani zabt etdi. Bolqon yarim oroliga qo‘shni bo‘lgan Valaxiya vassal sifatida qaram qilib qo‘yildi. 70-yillarning o‘rtalarida turklar Qrimni va Tanu (Azov) shahrini bosib oldilar. Taxminan Shu paytning o‘zida Kichik Osiyoda Trapezund shahri, deyarli butun Anatoliya to Frot daryosigacha istilo qilindi. Biroq Muhammad (Mexmed II) ikki marta muvaffaqiyatsizikka ham uchradi: u Belgradni ishg‘ol qila olmadi, turklar uni 1456 yilda qamal qilgan bo‘lsalar-da, maqsadlariga erisha olmadilar; shuningdek Rodos orolini ham zabt eta olmadilar (1480 y.). Muhammad (Mexmed) II-ning nabirasi Salim I zamonida (1512-1520) turklarning istilolari yana boshlandi. Salim Eronga qarshi olib borgan g‘olibona urushi natijasida Kavkaz orti mamlakatlaridan Ozarbayjonni, Armanistonning, Gruziyaning bir qismini. Dog‘iston va Kurdistonni istilo qildi. Keyin esa Suriya va Misrni bosib oldi (1517 y.). So‘ngra, butun islom dunyosining boshchisi sifatida o‘ziga xalifa unvonini oldi. Krit, Kipr va O‘rta er dengizidagi erlarin o‘z qo‘lida saqlab qolish uchun Venetsiya Turkiya sultoniga har yili katta hiroj to‘lab turishga majbur edi. Sulton Sulaymon I Qonuniy zamonida (1520-1566) Usmoniylar imperiyasining qudrati o‘ta yuksak darajaga etdi. Sulaymon hukmronligining boshlaridayoq Belgrad va Rodosni egalladi. Shundan so‘ng u 1526 yilda Moxach yonida katta g‘alabaga erishdi, Bu erda turklar, chexlar va vengerlarning birlashgan armiyasini mag‘lubiyatga uchratdilar. Vengriyaning kattagina qismi Turkiyaning viloyati bo‘lib qoldi. Valaxiya va Moldaviya Portaga hiroj to‘laydigan davlatlarga, unga har yili juda ko‘plab pul to‘lab turadigan va mustaqil tashqi siyosat yuritish huquqidan mahrum etilgan va vassal knyazliklariga uzil-kesil aylantirilgan edi. 1529 yilda Sulaymon Venani qamal qildi, lekin uni ishg‘ol eta olmadi. Eronga qarshi yana boshlanib ketgan urushda Sulaymon Bag‘dod bilan birga Mesopotamiyani istilo qildi. Shu bilan bir paytda turklar Shimoliy Afrika bo‘ylab g‘arbga tomon siljib bordilar. Ular Tripoli va Jazoirni zabt etdilar. Sulaymon davrida Arabiston ham turklar tomonidan bosib olindi. Turkiya XVI asr xalqaro xayotida ko‘zga ko‘rinarli rol o‘ynagan. Turklar ko‘plab davlatlar bilan qizg‘in diplomatik va savdo aloqalariga ega edilar. Ushbu davlatlar qatorida Venetsiya, Genuya, Vengriya, Eron, Avstriya, Polsha, Rossiyani ta’kidlab o‘tsa bo‘ladi. Avstriya va Ispaniyada hukmronlik qilgan Gabsburglarga qarshi uzoq davom etgan shiddatli kurash Turkiyani Fransiya bilan yaqinlashtirdi. Fransiya qiroli Fransisk I Sulaymon bilan rasmiy suratda Gabsburglarga qarshi ittifoq tuzdi. 1529 yilda Sulaymonning Avstriyaga qarshi qilgan yurishi Gabsburglar va Valua sulolalari o‘rtasidagi “katta urush”ning bir bo‘g‘ini edi. Gabsburglar imperiyasi va uning ittifoqchisi – Rim papasi tomonidan odatda qo‘llab-quvvatlangan Venetsiya va Genuyaga qarshi Turkiyaning kurash olib borishiga Fransiya hayrixohlik qilgan. Fransiyaning Shimoliy Italiyadagi harbiy muvaffaqiyatsizliklari Fransiya-Turkiya yaqinlashuvining tezlashishiga jiddiy sabab bo‘ldi. Avstriya va uning ittifoqchilariga qarshi kurashda fransuzlarning ko‘magini olishga niyat qilgan sulton Sulaymon I Fransiyalik savdogarlarga sezilarli imtiyozlar berdi. Fransiya va Turkiya o‘rtasida 1535 yilda tuzilgan “Tinchlik, do‘stlik va savdo to‘g‘risidagi shartnoma” dastlabki “kapitulyasiya” (lotincha “kapitul”- modda, band, paragraf) nomi bilan keng miqyosda ma’lum bo‘ldi. Kapitulyasiyalarning bitimlardan farqi shunda ediki, ular o‘zaro foyda va yon berishlarga asoslanmasdilar. Kapitulyasiyalar – bu bir tomondan in’om etilgan imtiyozlar bo‘lib, ular muayyan hukumat tomonidan xohlagan paytda bekor qilinishi mumkin edi. 1535 yil kapitulyasiyasiga ko‘ra Turkiyada fransuz savdosi uchun alohida imtiyozli tartib yaratildi. unga binoan fransuz savdogarlariga turk suvlarida bemalol qatnash, Turkiyaning barcha portlaridan, ozgina (5 foiz) boj to‘lash sharti bilan bemalol savdo qilish huquqi berildi. 1580 yilda o‘zining Levant savdo kompaniyasini tashkil etish huquqini Angliya ham qo‘lga kiritdi va Fransiya kabi imtiyozlarga erishdi. Muhammad (Mexmed II) zamonida Qrim xoni vositachiligida, Moskva davlati bilan aloqalarni o‘rnatishga dastlabki urinishlar qilindi. 1493 yilda Rossiyaga yuborilgan birinchi turk elchiligi Polsha-Litva ma’murlari tomonidan ushlab qolindi va Moskvaga etib bormadi. 1497 yilda Turkiyaga Mixail Ple щeev boshchiligida elchilik yuborildi va Azov va Kafa orqali qora dengiz havzasida amalga oshiriladigan rus savdosini tartibga solish masalasi turk ma’murlari oldiga qo‘yildi. Chunki, mahalliy turk ma’murlari ushbu shaharlarda rus savdogarlariga to‘sqinlik qilardi. Ikki yildan so‘ng Turkiyaga yuborilgan yana bir elchi axillikda yashash va turk erlarida rus savdogarlari uchun oddiy sharoitlar yaratishga sultonning roziligini olishga erishdi. Hech qanday siyosiy yoki hududiy masalalarni na Rossiya na Turkiya ko‘tarib chiqmadi. Ammo 1514 yili sulton Salim I-ning o‘sha paytda Moskvada bo‘lgan sobiq qozon xoni Abdullatifni Qrimga qo‘yib yuborish iltimosi bilan ruslarga murojaat qilishi uning Qozon xonligi ishlariga aralashish niyati borligidan dalolat berardi. Shu davrdan boshlab Moskva elchilari Azov turklarning chegaradagi rus erlariga qilgan hujumlari to‘g‘risida Sultonga bir necha bor shikoyat qilganlar. Astraxan va qozon xonliklarining, hamda Kaberdin xalqining Rossiya tarkibiga kiritilishidan so‘ng qo‘shnilar o‘rtasidagi munosabatlar sezilarli darajada murakkablashdi. 1569 yilda turklar Astraxonni kuch bilan bosib olmoqchi bo‘ldilar. Ammo bu urinish muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi. Livoniya urushida band bo‘lgan Rossiya Turkiya bilan nizoni chuqurlashtirmoqchi emasdi va shuning uchun Ivan IV tinchlik muzokaralarini olib borish maqsadida o‘z vakillarini sulton huzuriga yubordi. Shundan so‘ng deyarli 70 yil davomida Usmoniylar imperiyasi va Rossiya o‘rtasida yirik harbiy to‘qnashuvlar bo‘lmadi. Turklar bilan ruslar o‘rtasida ikkinchi marta jiddiy to‘qnashuv XVII asrning 30-yillari oxiri va 40-yillarning boshida bo‘lgandi. Bu vaqtda Zaparoje kazaklari Azovni (1637 yil) ishg‘ol qilib, uni bir necha yil davomida o‘z qo‘llarida tutib turdilar (“Azovda o‘tirish”). Kazaklar yordam so‘rab Moskva podshosiga murojaat qildilar. Biroq Moskva davlati, moliyaviy inqirozni boshidan kechirayotganligi va Polsha qiroli bilan kurash tugamaganligidan, Turkiyaga qarshi katta urush olib borish rejasidan voz kechishga majbur bo‘ldi. Podsho Mixail Fyodorovich kazaklarga Azovni bo‘shatishni buyurdi (1643 yil). Lekin shunga qaramay, kazaklarning Qrim va Turkiyaga qarshi kurashi XVII asr oxirigacha davom etdi. Turklarning evropaliklardan birinchi marta mag‘lub bo‘lishi 1571 yilda Lepanto yonida ro‘y berdi. Bu erda turklarning ulkan floti Ispaniya, Venetsiya va Rim papasining birlashgan floti tomonidan tor-mor qilindi (Filipp II-ning ukasi- shahzoda Don-Xuan Avstriyskiy birlashgan flotga boshchilik qildi). To‘g‘ri, bundan keyin Turkiya venetsiyaliklardan Kipr orolini tortib olgan edi. Biroq bu mag‘lubiyat mamlakatning ichki ahvoliga qattiq ta’sir qildi. 70-80 va 90-yillarda Turkiya keskin ijtimoiy-iqtisodiy inqirozni boshdan kechirdi. 1606 yilda Sitvatorokda imzolangan tinchlik shartnomasi Avstriya-Turkiya urushiga yakun yasadi. Ushbu shartnomaga binoan Avstriya-Turkiyaga 1547 yildan boshlab o‘ttiz ming dukat miqdorida to‘lab kelayotgan har yillik hirojdan ozod bo‘ldi. Bundan tashqari. Turkiya birinchi marta tinchlik shartnomasida nasroniy davlatni o‘ziga teng tomon deb e’tirof etishi lozim edi. Bir necha yillardan so‘ng Avstriya o‘z fuqarolari uchun savdo sohasida sezilarli imtiyozlar berilishiga erishdi. Turkiya, Evropa davlatlari o‘rtasidagi ziddiyatlardan foydalanishga urinib, Angliya va Gollandiyaga muhim iqtisodiy va siyosiy imtiyozlarni taqdim etdi. XVII asrning birinchi yarmida ushbu mamlakatlar uchun “kapitulyasiyalar” bir necha bor yangilanib, chet ellik savdogarlarning Turkiyada savdo qilish huquqlari kengaytirildi. Usmoniylar imperiyasi hukmdorlari savdo imtiyozlari evaziga o‘zining istilochilik rejalarini amalga oshirish davrida Evropa davlatlarining qo‘llab-quvvatlashiga erishmoqchi edilar. Turkiya Eronga qarshi uzoq muddat davomida kurash olib bordi. XVII asr boshlarida Eron shohi Abbos I Kavkaz ortining katta qismini, Bog‘dod bilan birga butun Iroqni turklardan tortib oldi. Ammo tez orada turklar sultoni Murod IV harbiy harakatlar boshladi. To‘rt yillik urushlardan so‘ng Qasri- SHirinda tinchlik shartnomasi imzolandi (1639 yil). Unga binoan Iroq (Bog‘dod bilan birga) Turkiyaga qaytarildi; bundan tashqari g‘arbiy Gruziya, g‘arbiy Armaniston va Kurdistonning bir qismi turklar qo‘lida qoldi. Eron va Turkiya o‘rtasidagi ushbu chegara keyinchalik deyarli o‘zgarmadi. Turkiya, Eronga qarshi urush bilan bir vaqtda Evropada Polshaga qarshi harbiy harakatlar olib bordi. Ukrain erlari uchun tortishuv ushbu nizoga sabab bo‘lgandi. 1620 yilda turklar, polyaklar qo‘shinini tor-mor etib, Ukrainaga bostirib kirdilar. Zaporoje kazaklarining mardligi va jasorati tufayli Xotin yonidagi jangda (1621 yil) turklar mag‘lub bo‘ldilar. Biroq turklarning Polshaga qarshi bosimi pasaymadi va ular Ukrainaga hujumini kengaytirib bordilar. XVII asrning birinchi yarmida rus hukumati, umumiy raqib – Polshaga qarshi ittifoq tuzish imkonini hisobga olib, Turkiya bilan tinchlik munosabatlarini tutib turishga intildi. XVII asr 50-yillarning boshlaridan Rossiya-Turkiya munosabatlari Bogdan Xmelnitskiyning harakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan yangi bosqichga o‘tdi. Turkiyaning ushbu nizoga aralashuvi Rossiya bilan urushga olib keldi. Harbiy qudratning pasayishi shubhasiz Usmoniylar imperiyasining tashqi siyosiy zaiflashuvi bilan birgalikda bo‘lib o‘tdi. Download 80 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling