Bob I. Imjin urushi va u olib kelgan oqibatlar


ICHKI ZIDDIYATLAR. CHJUSIANLINING INQIROZI


Download 103.13 Kb.
bet5/5
Sana04.05.2023
Hajmi103.13 Kb.
#1425958
1   2   3   4   5
Bog'liq
Imjin urushi

2.2. ICHKI ZIDDIYATLAR. CHJUSIANLINING INQIROZI
Dehqonlar yerlarining egallanishi,Chjusianlikning inqirozi shafqatsiz ekspluatatsiya, hosilsiz yillardagi ochlik tufayli XVII-XVIII asrlarda dehqonlar isyonlari (1607, 1623, 1653, 1659, 1667, 1670,1671,1703 ,1708 ,1710 ,1721, 1727, 1733 , 1741, 1752,1782 ,1800 yillarda) butun mamlakatni larzaga soldi.
Siyosiy beqarorlik hokimiyat uchun partiyalarning o'zaro kurashlariga sabab bo‘ldi. Bu holat, ayniqsa, mamlakatda hokimiyatga goh u-goh bu partiyaning kelishini afzal ko’rgan van Sukchone (1674-1720) hukmronligi davrida birmuncha avj oldi. 1674 yili hukumat tepasidagi "g'arbiy partiya" "janubiy partiya" tomonidan ag'darib tashlandi. Shunday bo'lsa-da, 1680 yilda janubliklar o'rtasida kelishmovchiliklar va ajralishlar ro'y berib, hokimiyatni Son Si Ryol (1607-1689) boshliq g'arbliklar egalladi. 0 'z navbatida, 1683 yili g'arbliklar ham yakson etildi. 1689 yil yana hokimiyatga janubliklar keldi. Son Si Ryol va uning tarafdorlari qatl etildi. 1694 yilda esa janubliklar yana g'arbliklar bilan almashdi va hokimiyatga goh "qariyalar", goh "yoshlar" boshchiligidagi hukumat keldi. Shu sababli hokimiyatga yangi hukumatning kelishi aksariyatholatlarda g'alayonlar va turli qatllar bilan qarshi olingan. Van Yonjo (1724-1776 yy.) va Chonjo (1776-1800 yy.)larning o'z hukmronlik davrlarida partiyalararo kelishmovchiliklarni to'xtatishga qaratilgan harakatlari (bir-birlariga e'tiroz bildirish taqiqlangan, hokimiyatga vakillar turli partiya va viloyatlardan taklif etilgan, kelishmovchiliklarning tashkilotchilari shafqatsiz jazolangan va boshqalar) natijasida, garchi mazkur holat butunlay barham topmagan bo'lsa-da, birmuncha pasaydi.
Koreya uchun yana bir siyosiy sinov - bu Yevropa dunyosi bilan tanishuv edi. Xitoy orqali bir necha vaqt davomida elchilar, Koreya tashqarisida bo'lgan xristianlik vakolatxonalari, shuningdek, kema halokatidan jabr ko'rgan yevropalik dengizchilar (1628,1653 yillar) va koreyslaming o'zlari mamlakatga Yevropa yutuqlarini olib kira boshladilar. Koreyslar Yevropa xaritasi bilan tanishib, kemalar qatnovi, Yevropaning to'p va miltiqlari, astronomiyaga oid kitoblarni, soatlar, kuzatish durbinlari, katolik mazhabiga oid yangi ma'lumotlami o'rgandilar. Yashirin holda cherkovlar tashkil qilinib, unda oddiy aholiga barchaning Xudo oldida tengligi g'oyasi ilgari surila boshladi. Shuning uchun mamlakat konfutsiylik mamlakati deb e'lon qilinib, bu borada xorijliklar bilan aloqalar olib borish taqiqlandi. 1785 yilda mamlakatga katolik diniga oid adabiyotlarni olib kirish taqiqlandi, 1788 yilda esa ular musodara qilinib, yoqib yuborila boshlandi. Koreys missionerlariga nisbatan qatl va badarg'a qilish kabi jazolar belgilandi.
Islohotlar zaruriyati chjusianlikning hayotiy sxolastikaga oid munozaralariga sabab bo'ldi. "G'arblik" va "Janubliklar" uzoq vaqt davomida agar birinchi o'g'iI emas, balki ikkinchi o'g'il bo'Isa vanning o'limi uchun uning onasi qancha vaqt davomida motam tutishi kerak, yoki agar oilada motam bo'lsa, amaldor elchi qabulida ishtirok etishdan bo'yin tovlashi mumkinmi degan masalalarda bahslar bo'ldi.
Turli taqiqlar va chjusianlikning ommaviy ravishda qat'iy intizom o'rnatilishiga qaramasdan, unga qarshi muxolifat ham o'sib bordi. Chunonchi, bu davrda Xo Gyun (1569-1618)ning "Xon Gil Don haqida qissa" nomli asari paydo bo'ldi. Unda xuddi Robin Gudni esga soladigan oliyjanob qaroqchi qahramon Yuldo ertaklar oroliga tushib qoladi va u yerda o'z podsholigiga asos soladi. Bu davrda hattoki neokonfutsiychilik ichida ham g'alayonlar bo'lib turgan. Mustahkam e'tiqodli Son Si Ryoldan farq qilgan Li 1 Xan Von Chin (1682-175fl)ning izdoshi bo'lib, "qonunlarni o'zgartirish" g'oyasini ilgari surgan. Uning fikricha, qonunlar ancha eskirgan, qadimgi Xitoy qonunlari asosida yaratilgani bois mazkur qonunlarni o'zgartirish kerak.
Chjusianlikka qarshi yangi oqimlar paydo bo'ldi. Masalan, Xan ta'limi maktabi vakillari Yun Xyu (1617-1680) va Pak Se Dan (1629- 1703)lar rad etib bo'lmaydigan nufuzli Chju Sini mumtoz matnlar izohlovchisi deb, uning matnlari to'g'ridan-to'g'ri Xan sulolasi davriga borib taqalishi haqida fikr bildirishgan. 0 'z in in g bid'atdan iborat qarashlari orqali Yun Xyu joniga qasd qilgan bo'lsa, Pak Se Dan esa Chju Siga qilgan tuhmati uchun uning asarlari yoqilib, o'zi surgun qilinadi. Chjusianlikka ancha katta zarba bergan "aniq ilm" tarafdori - sirxak maktabidir. "Haqiqatga yetish uchun aniq dalillar asisida harakat" nomli shiorga ega bo'lgan sirxakchilar sxolastik chjusianlik va boshqa xildagi bid'atlarga, irim-sirimlarga ishonishni tanqid qilishadi. Tanqidiy tahlil asosida mamlakatning bu davrdagi g'oyasi uni zamonaviylashtirish bo'lgan.
"Sirxak" g'oyasining yetakchilari Li Su Gvan (1563-1627), Xan Pek Kyom (1552-1615) va Kim Yuk (1580-1658)lar edi. Li Su Gvan Koreyaning xalqaro aloqalari tarafdori bo'lgan bo'lsa, Kim Yuk Xan Pek Kyom bilan birgalikda guruch solig'i haqidagi qonunning mualliflari hisoblanadi. Lyu Xen Von (Pange, 1622-1673) esa Sirxak maktabining asoschisidir. Uning fikricha, barcha narsada isbot va dalillarga asoslanish lozim. Mazkur talablami mistika va din qondira olmaydi. Chjusianlardan farqli ravishda ular jamiyatdagi muammolar yechimini o'z urug'doshlari manfaati yo'lida hal qilishga uringanlar.
Lyu Xen Von boshchiligidagi harakat uchun ijtimoiy munosabatlami o'zgartirish masalasi turar edi Pange islohotlari loyihasi quyidagilami o'z ichiga olgan:
1) yerlami umumlashtirish va ularni shomonlar, buddaviy rohiblar va geyshalardan istisno holda teng taqsimlash;
2) "kvago" imtihonlar almashinuvi tizimini tavsiyalar asosida yo'Igaq o‘yish;
3) barcha uchun bir xil sharoit yaratish, tabaqalarga bo'lish va qulchilikni tugatish;
4) hukumat tuzilishi borasidagi islohotlarni o'tkazish va qirollik oilasi byudjetini qayd etib borish;
5) hayotga fan yutuqlarini joriy etish;
6) inson huquqlarini hurmat qilish, jazolarni erkinlashtirish, qiynoqlarni taqiqlash;
7) tovar-pul munosabatlarini rivojlantirish (erkin savdo-sotiq, soliqlami to'lash va e'tirozlar uchun mablag'lar);
8) yagona soliq tizimiga kirish va h.k.
Sirxak ta'limotining yirik namoyandalaridan biri Li Ik (1 6 8 2 -1764) hisoblanadi. Li lk Yevropa ilmini o'zlashtirganligi bilan mashhur bo'lgan. Hatto, Koreya yakkalanib qolgan XVIII asrda ham dunyo haqidagi tasavvurlar mavjud bo'lib, Li lk Yerning yumaloqligi, uning aylanishi, Yer, Oy va Quyosh hajmi va ulaming tortishuv nuqtasi hamda Oy Quyosh kabi yoritishi haqida bu davr uchun inqilobiy ko'rinishdagi fikrlarni ilgari surgan. Li Ik turli tabiiy ofatlar, xususan, yer qimirlashi, toshqinlar, bo'ron, havo harorati o'zgarishi borasida ilmiy qarashlarini bildirgan. Li Ik fikricha, mamlakatning qashshoqlashuvining oltita sababi bo'lgan:
1) krepostnoy qullik;
2) tabaqalanish tizimi;
3) "k v ag o " tizimi;
4) sehrgarlik va bid'at; hunarmandlarning z eb -z iyn a t buyumlariga maxsus ixtisoslashuvi;
5) rohiblarning tekinxo'rligi;
6) mehnatga munosib b o lm a g a n haq to'lanishi.
Pukxak yo'nalishi ("Shimo l fani") tarafdorlari - Xon De Yen (Tamxon, 1731-1783), Pak Chi Von (1737-1805), Pak Che Ga (1 7 5 0 -1805) va Chon Yak Den (1 7 6 2-1836)lar sirxakistlar tasarrufida bo'lganlar. Ba'zi holatlarda esa ularni bir tarmog'i deb ham hisoblashgan. Xon De Yen Xitoyga bo'ysunishga qarshi chiqqan. Umuman, olimlar chjusianlik taTimotiga qarshi chiqishgan. Ularning fikricha, fan aniq bilimlarga asoslanishi lozim. Xon De Yen huddi avvalgi tarafdorlari kabi yerlarni baravar taqsimlashni, yer solig'i esa olingan hosilning 1/10 qismidan oshib ketmasligini taklif qilgan. Mutafakkirlar, mamlakat rivojlanmasligining sabablaridan biri – bu yanbanlar mehnatining qadrsizlanishi, deb bilganlar. Ular mehnat majburiyatini joriy qilish va mehnat qilishdan bo'yn tovlaganlarni nasl-nasabidan qati nazar jazolashni talab qilgan. Bundan tashqari, ularning fikricha, "u dehqon yoki savdogar o 'g 'li bo'lishidan qati nazar, kimki qobiliyat va bilim sohibi b o'lsa, mamlakatni boshqarish imkoniyatiga ega bo 'lm o g'i lozim, agar kimningdir iqtidori va fanga qiziqishi bo'lmasa„ garchi u birinchi vazir o 'g 'li bo 'lsa ham, qora mehnatni bajarishi lozim. Shu bilan birga, Xo De Yen barcha iqtidorli bolalaruchun bilim olish yaratishni taklif qiladi.
Pak Chi Von (Yenam, 1737-1805) ham chjusianlikni tanqid qilib, uni hayotdan uzoqlashgan, "naslsiz o 'zb ila rm on " deb tanqid qildi va xorij yutuqlarini o'rganib, joriy etishga da'vat qiladi. U qadimiyatni chjusianlikka o'xshab g'oyaviyIashtirishga qarshi chiqadi. 0 'z g a ru v ch a n hayotga oid savollarga qadimgi mantlar javob bera olmaydi. Yangi dunyo yangi qarashlami talab etadi.
Yerning teng taqsimlanishi to'g'risidagi savolga javob berar ekan, Pak Chi Von, yer barcha davrlarda ham hukmdor qo'lida bo'lmagan, shu bois "u qanday qilib va kimning mulki bo'lishiga e'tibor berishi lozim?" degan savolni o'rtaga qo'ydi. Olimlar yerdan foydalanishni cheklash, har bir kishi nadel olish huquqiga ega bo'lishi, lekin uning hajmi cheklanishi lozim degan qarashlarni ilgari surdilar. Aynan shu tarzda bo shqalaming yerlarini bosib olishga barham beriladi va hech kim qonundagidan ortiqcha yerga egalik qila olmaydi. Pak Chi Von jamiyatning tabaqaviy tizimini jiddiy tanqid qildi va "o liyjan o b " va "q a ram " tarzda bo'linishni bekor qilishni talab qildi. U "o liy jan o b " oqsuyaklarni "q a ro q ch ila r" va u laming odobini "qaroqchilar axloqi" deb atadi.
Pak Chi Von "Yanban to'g'risidagi qissa"da savdogar qanday qilib xonavayron bo'Igan yanbandan shajarasini sotib olganligi, lekin u yanban qanday qilib xonavayron bo'lganligini eshitib, unvondan voz kechganligini ta'rifladi. "Yanban Bo’lish qaroqchi bo'lish bilan barobard ir", degan edi u. Pak Chi Von g'oyalari uning shogirdi Pak Che Ga (1750-1805) tomonidan rivojlantirildi. Pak C he G a - xorij tajribasini o'z.Iashtirish tarafdori bo'lgan. Shu bois u dengiz savdosini rivojlantirishda jonbozlik ko'rsatgan. Olimlar "kvago " tizimi, geomantiya, fol ochish va bashorat qilish kabi tabaqalanish tizimini tanqid qildilar.[5]


Xulosa
Feodal munosabatlarning dastlabki davrida ekspluatatsiyaning asosiy shakli ishlab chiqaruvchilardan olinadigan soliq bo'lgan. Soliqlar k o’pincha mahsulot ko‘rinishida, ba’zan esa pul ko‘rinishida olingan. Soliqlardan tashqari dehqonlar yilning m a’Ium davrida davlat, feodal va ibodatxonalar foydasiga tekinga ishlab berishga majbur bo'lgan. Qishloq xo‘jaligi sun’iy sug'orishga asoslangan hududlarda dehqonlar kanallar, suv omborlar va to‘g'onlar barpo etishda majburiy ravishda ishlab berishgan. Ba’zan esa ular yo'llarni ta’mirlab, qal'a, saroy va ibodatxonalar qurganlar, og'ir yuklarni tashib, kema va qayiqlarni yasaganlar.
Ayrim mamlakatlarda dehqonlarning ishlab berishi majbur bo'lgan kunlar qonun bilan belgilangan. Qullarni soliq to'lovchi dehqonlarga voki yarim qullarga hamda qaram dehqonlarga aylantirish ilk o ’rta asrlarda amalga oshirilgan. Bu davrga oid tarixiy yilnomalarda qullarning yerga egalik qilishi, dehqonlar bilan birqatorda ularga soliqlarning to'lanishi to'g'risidagi ma’lumotlar mavjud. Qullarning dehqonlar tabaqasiga o'tishiga doir ma’lumotlar V -V Il asrlardagi Xitoy tarixiy manbalarida aks etgan. Uzoq Sharqdagi dehqonlar orasida soliq to'laydigan dehqonlar («yaxshi odamlar») alohida toifa sifatida ajratilgan.
Arablar tomonidan bosib olingan mamlakatlarda turli millatlarga mansub bo'lgan dehqonlar va cho‘ponlar o ‘rtasidagi diniy tafovut soliqlarning miqdoriga ham ta’sir ko‘rsatgan. Aksincha, ayrim mamlakatlardagi soliq to’lovchilaresayuqori tabaqaga ko'tarilishlari mumkin bo‘lgan. Shunday bo‘lsa-da, Sharq mamlakatiarida ekspluatatsiya qilinadigan aholining aksariyati soliq to'laydigan dehqonlar bo'lib, ular shaxsan erkin, lekin yerga bog'langan edilar. Ilk o'rta asrlarda davlat yerlari (Xitoy, Koreya, Yaponiya), jamoa yerlari (Hindiston) va feodallar(Eron va Xitoy)ningyerlariga qaram dehqonlar biriktirilgan. Ko’pgina manbalarda qochoqlarni qo‘lga olish, bir joydan ikkinchi joyga o'tishini taqiqlash, aholini qat’iy ro'yxatga olish va tug'ilgan joyida ro‘vxatdan o ‘tkazish to’g'risidagi m a’lumotlar mavjud. Sharq mamlakatlari uchun jamiyatning feodallashuvi davlat darajasida boMganligi o'ziga xosdir. Bunga misol tariqasida Arab xalifaligi, Xitoy imperiyalari, Koreyadagi Silla kabi davlatlarni keltirish mumkin. Shu bilan birga Hindiston va Indoneziya, Afrikaning bir qator mintaqalaridagi ilk o'rta asrlar davlatlari beqaror va qisqa vaqt mavjud bo’lib, feodal munosabatlarning shakllanishi asosan shaxsiy mulkchilik yoki knyazliklar doirasida bo’lgan. G'oyaviy ta’sir quroli sifatida din muhim rol o ‘ynagan va feudal munosabatlarining mustahkamlanishiga yordam bergan.
VII—VIII asrlarda Yaqin va 0 ‘rta Sharqda, Shimoliy Afrikada islom dini tez tarqalgan. Uzoq Sharq, janubi-sharqiy Osiyoda hind missionerlari olib kelgan buddaviylik asosiy dinga aylangan. Shu bilan birgalikda eski animistik dinlar — hinduiylik, sintonizm, totemizm, fetishizm ham saqlanib qolishda davom etgan. Jamoa yoki mayda mulkdorlaming yerlarini tortib olinib, yirik mulkdorlarning yerlariga qo’shilishi. ulardan soliq yoki yig’imlar undirilishi, jamoaning parchalanib, ma'muriy tashkilotga aylanishi, quldorlikni qayta tiklashga bo‘lgan urinishlar xalq harakatlarini keltirib chiqargan. K o‘pincha feodallarjabrdiydalarga turli imtiyozlar berishga majbur bo’lgan. Ilk o ‘rta asrlardagi xalq harakatlari keying davrlardagi singari uzoq va ommaviy bo’lmagan. Dehqonlarga yer ajratib berish va qul mehnatidan foydalanishning keskin qisqarishi qishloq xo’jaligining taraqqiy etishiga sabab bo’lgan.
Aholi sonining ortishi, yangi yerlarning o‘zlashtirilishi turmush tarsi va madaniyatning sezilarli darajada koMarilishiga sharoit yaratgan. Yovvoyi qabilalar yoki yosh davlatlar qo'shinlarining istilolari (qadimiy madaniyatlarni yo‘qotib yubora olmagan. Feodal munosabatlar rivojlangan davrda sug‘orish tarmoqlari sezilarli darajada kengayib, suvchiqargichlar ixtiro qilingan, dalalarga ishlov berish usullari takomillashtirilgan va hosildorlik ortgan. Yangi qishloq xo'jaligi madaniyati yaratilgan. Pillachilik bilan Hindiston va Yaqin Sharq mamlakatlarida ham boshlangan. Sabzavot yetishtirishning ayrim turlari Sharqqa ko'chirilgan.
Damashq, Bag'dod, Chan’an, Nara kabi shahrlari o’sha davrning eng yirik shaharlari bo’lgan. Ajoyib va umumlashgan musulmon masjidlari, ko"p qavatli buddaviylik ibodatxonalari, feodallaming ulug'vor saroylari barpo etilgan. VIII asr boshlarida Xitoyda shlyuz tizimiga ega bo’lgan Buyuk kanal qurilishi tugallangan. Keyinchalik astronomiya, matematika, kimyo, tibbiyot, ayniqsa, geografiya va tarix kabi fanlar rivojlangan. She’riyat gullab yashnagan. O'sha davrda Osiyo mamlakatiarida savodxonlik kengaygan. VII asrda G ‘arbiy Yevropada ruhoniylarni hisobga olmaganda, ko'pchilik feodallar o'qish va yozishni mutlaqo bilmagan, Uzoq Sharqda esa feodal va amaldorlarning barchasi savodli bo'lgan. Dehqonlarning turmush darajasi ham qoniqarli darajada bo'lgan. Bu esa o'z navbatida iqtisodiyot va madaniyat rivojiga turtki bergan. Umuman olganda Osiyo katta yer egaligi Yevropadan oldin boshlangan, Sharq va G'arb turmush tarzidagi o'ziga xosliklar, Sharq davlatlarining ko'pchilik aholisi ko'chmanchi chorvador, sharqda doimiy migratsiyalar taraqqiyotga halal berib, ba'zan uni orqaga ham surib yuborgan, Sharq ijtimoiy tizimida harbiy demokratiya va quldorlik elementlari uzoq saqlangan. [6]

Foyalanilgan adabiyotlar:

  1. Valeriya Xan “Koreya tarixi”

  2. Tixanov, Kan Mangil Koreya tarixi. Natalis 2011

  3. O’zbekiston milliy ensiklopediyasi 2012

  4. Hasanboy O’runov,Samarqand davlat universiteti magistri.

  5. Koreya tarixi.G.N.Kim Seul: Koreya milliy tarixi instituti. 2007

  6. Jahon tarixi. Sarimsokov.A.A, Dexkanov.N


Download 103.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling