Bob I. Imjin urushi va u olib kelgan oqibatlar
Download 103.13 Kb.
|
Imjin urushi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining umumiy tuzilishi
- BOB I. IMJIN URUSHI VA U OLIB KELGAN OQIBATLAR 1.1.Imjin urushi
Kurs ishining maqsadi:
Koreya tarixini chuqurroq o’rganish va tarixda bo’lib o’tgan voqelardan xulosa chiqarish. O’rgangan bilimlarimizni boshqalar bilan bo’lishish. Kurs ishi o’z ichiga quyidagilarni oladi: Imjin urushi nima va qachon sodir bo’lganligini aniqlash. Imjin urushi keltirgan talofatlar haqida ma’lumot to’plash. Misollar va muhim ma’lumotlar qo’shish. Kurs ishining umumiy tuzilishi. Kurs ishi kirish qismi, ikkita bo’lim, xulosa va foydalanilgan adbiyotlar qismidan iborat. Kirish qismida umumiy ma’lumotlar tasvirlangan, uning aktualligi, tuzilishi, maqsadi haqida so’z boradi. Birinchi bo’limda Imjin urushi va u olib kelgan talofotlar haqida so’z boradi. Ikkinchi bo’limda Imjin urushidan keyingi Koreya hayoti tasvirlangan. Xulosa qismida umumiy jamlangan o’z fikrlarimizni misollar yordamida boyitamiz. Foydalanilgan adabiyotlar qismida kurs ishini yozish davomida foydalangan bir qancha adabiyotlar ro’yxati sanab o’tiladi. BOB I. IMJIN URUSHI VA U OLIB KELGAN OQIBATLAR 1.1.Imjin urushi Li sulolasining tashqi siyosati - Xitoyning Min sulolasi, Yaponiya va manjurlar bilan bo'lgan.Garchi, rasmiy Xitoy bilan munosabatlar vassallik ko'rinishiga ega bo'lgan bo'lsa-da, Xitoy Chosonning ichki ishlariga aralashmagan. Ikki mamlakat doimiy ravishda o'zlarining do'stona va rasman mustaqil munosabatlari tarzida elchilar va sovg'a-salomlar almashib turishgan. XVI asr davomida Choson hududiga doimiy ravishda chjurchjenlar va yapon qaroqchilari hujum qilib turganlar, lekin ular har safar keskin qarshiliklarga uchraganlar. XVI asrning 80 yillari oxirlarida bo'linib ketgan Yaponiya Toyotomi Xideyosi tomonidan birlashtirilgandan so'ng, u o'z oldiga Xitoyni bosib olishni maqsad qilib qo'ygan. Xideyosi kata armiya yig'ib, Choson hukumatiga Xitoydagi Min sulolasi bilan bo‘ladigan jang uchun askarlarini Choson hududidan o'tkazishni va koreyslarni bo'lajak jangda yordam berishini so'rab murojaat qilgan. Seul esa, o'z navbatida, bu taklifni rad etgan va Xitoyga Yaponiyaning rejalari haqida xabar bergan. 1592 yilning mayida yaponlar 200 ming qo'shini bilan Koreyaga bostirib kirgan va Imjin urushi (1592-1598) boshlangan. Garchi, urushgacha ko'plab davlat arboblari armiyani tiklash to'g'risida ta'kidlashlariga qaramay, Koreya urushga tayyor emas edi. Yapon qo'shinlarining birinchi guruhi 2 mayda Koreyaning janubiga tushirildi. Yaponlarda o'qotar qurollar bo'lgan. Shu bois tez orada Pusan shahri qo'lga kiritildi Jiddiy qarshilikka uchramagan yaponlar Seulga tomon harakatlanishgan. Bu davrda Seul Min sulolasiga yordam so'rab murojaat qilgan. 9 iyunda esa van Sonjo saroy a'yonlari bilan poytaxtni tashlab ketgan. Keson shahriga kelgan hukmdor va uning a'yonlarini g’azablangan olomon toshlar va balchiqli kesaklar bilan qarshi olgan. 12 iyunda yapon qo'shinlari jangsiz Seulga ham kirib kelgan. Tez orada Keson shahri ham bosib olingan, 22 iyulda esa Pxenyan egallangan. Van o'zining yaqin odamlari bilan chegaradagi kichik shaharcha bo'lgan lydjuga yashiringan. Saroy a'yonlarining qochib ketishi va koreys armiyasining mag’lubiyatiga qaramay, yaponlar tomonidan bosib olingan hududlarda hukumat qo'shinIari qarshilik harakatlarini davom ettirgan. Qolaversa, barcha viloyatlarda "Iybyon" ("Adolat armiyasi") nomli xalq harakatlari yuzaga kelgan. Koreys qo'shinlari quruqlikda mag'lubiyatga uchragan bir vaqtda, sarkarda Li Sun Sin boshchiligidagi koreys floti dengizda muvaffaqiyatga erishgan. Seul mag'lubiyatga uchragandan so'ng, 1592 yil yozida kuchli zambaraklar bilan qurollangan 85 kemadan iborat Li Sun Sin boshchiligidagi flotda dunyoda birinchi marta "toshbaqa-kemalar" ("kobuksonlar") ishlatilgan bo'lib, ularning va yuqori palubasi o'q o'tmaydigan qatlam bilan qoplangan. Li Sun Sin o'z flotidan unumli foydalanib, masofaviy jang taktikasi (abordaj, ya'ni yonma-yon jang qilish taktikasi o'rniga)ni qo'llagan. Koreys artilleriyasi yapon kemalarini o qqa tutib yenggan "Toshbaqa-kemalar"ni yaponlar qo'lga tushira olmagan. Birinchi yurishdan so'ng o'tgan bir necha kun ichida koreys floti 42 ta dushman kemasini yo'q qilgan, oradan bir oy o'tgach, ikkinchi yurishda - 72 ta, uchinchi yurishda (bir oydan so'ng) - 100 dan ortiq kemalar va to’rtinchi yurishda (40 kundan keyin) - 100 dan ortiq yapon kemalari yo'q qilingan. Aynan koreyslarning dengizda muvaffaqiyati quruqlikdagi voqealarga ham ta'sir qilgan. G’alabalar odamlarni kurashga undagan. Bundan tashqari, suvdagi janglar davomida koreys floti dengiz yo'li orqali ta'minot bilan shug'ullanuvchi yaponlarning transport kemalarini yo'q qilganligi bois yaponlar o'zlarining bazasi va oziq-ovqat zaxirasidan uzilib, o'ta qiyin holatda qolgan. Yaponlarning Koreyani bosib olishi Xitoyga qaratilgan urush uchun platsdarm vazifasini bajarishi mumkinligini anglagan Min qo'shinlari 1593 yili yaponlarga qarshi jangga kirishgan. Birlashgan Xitoy-koreysqo'shinIari Pxenyanni ozod qilgan. Yapon qo'shinlari Seulga chekinishgan, lekin uni ham tez orada topshirib, koreys armiyasi va lybyon otryadi ta'qibida janubga chekinishgan. Biroq Xitoy armiyasi sarkardasi Li Ju-sun hujumni davom ettirishni istamay sulh tuzgan. Bu davrda esa yaponlar janubda mustahkamlanib olishgan. Garchi, yapon qo'shinlari Koreya hududidan butkul chiqib ketmagan boTsa-da, Xitoy armiyasi mamlakatni tark etgan. Tinchlik sulhi tuzilganiga qaramay, yaponlar janubda harbiy harakatlarni to'xtatmagan va qattiq janglardan so'ng Chinju shahrini bosib olgan. Xitoy-yapon muzokaralari 4 yilga cho'zilgan. 1596 yilga kelib yapon qo‘shini Koreyani tark etgan. Biroq 1597 yilning bahorida 140 minglik yapon qo'shini Koreyaga yana bos tirib kirgan. Yaponlar dengizdagi avvalgi mag'lubiyatni hisobga olgan holda metall qoplamalar bilan yasalgan katta kemalarda jang qilganlar. Ular Li Sun Sindan qutulish maqsadida o'zlarining ayg'oqchisi Yosir ko'magida koreys shtabida yapon flotining joylashgan o'rni haqida yolg'on ma'lumotni tarqatgan. Li Sun Sin yapon flotini yo'q qilish haqida buyruq olgandan so'ng, pistirma uyushtirgan yaponlarning hiylasini tushungan va buyruqni bajarishdan bosh tortgan. Aynan buyruqni bajarishdan bo'yin tovlagani uchun u o'lim jazosiga hukm qilingan. Lyekin mashhur qo'mondonning himoyasi uchun qilingan ko'plab murojaatlar natijasida avfetilib, oddiy askarga aylantirilgan. Koreys flotini Von Gyun boshqargan, unga Li Sun Sinning shuhrati tinchlik bermaganligi bois ham u mashhur qo'mondonni lavozimidan chetlatishga ko'maklashib yuborgan. Aynan ayg'oqchi Yosir yana bir bora dushman kemalarining katta kechuvni suzib o'tganligi borasida yolg'on ma'lumotni tarqatgan. Li Sun Sindan farqli ravishda yangi bosh qo'mondon bu tuzoqqa ilingan va koreys floti tuzoqqa tushib, katta yo‘qotishlarga uchragan. Shundan keyingina Li Sun Sin avvalgi lavozimiga tiklangan, lekin uning qaramog'ida atiga 12 ta kema va 100 ga yaqin matroslar qolgan edi. Yangi kemalar va ularga ekipajni tayyorlash ma'lum vaqt talab qilgan. 1597 yil 15 oktyabrda Li Sun Sin boshchiligidagi jangda dushmanning 330 ta kemasi boTishiga qaramay u g'alaba qozongan. Koreys hukumati avvalgi quruqhkdagi muvaffaqiyatsizliklardan o'ziga xulosa chiqargan. Yapon armiyasi bu gal yaxshi tayyorlangan koreys va Xitoy qo'shinlari (Xitoyning Min imperiyasi 140 ming askar va flot yuborganjni yenga olmagan. Aynan ular dushmanni janubga surib chiqargan. 1598 yil sentyabrida Toyotomi Xideyosi vafot etadi. Natijada yapon qo'shinlari Koreyani tark eta boshlagan. Ikki tomon o'rtasidagi to'qnashuvning oxirgi nuqtasi Noryanjin buxtasida boigan, bu yerda Koreys-Xitoy floti 500 kemadan iborat yapon flotiliyasini butkul magiub etgan. Lekin aynan shu jangda Li Sun Sin ham vafot etgan. Dushman taraflar o’rtasida o'zaro sulh tuzilgan. Yaponlar butkul Koreyani tark etishi bilan yetti yillik Imjin jangi yakuniga yetgan. Koreya - 172,000 milliy armiya va dengiz kuchlari, 20,000+ isyonchi jangchilar Ming Xitoy - 43.000 imperiya qo'shinlari (1592 joylashtirish); 75,000 dan 90,000 (1597 ta tarqatish) Yaponiya - 158 ming samuray va dengizchilar (1592 ta hujum); 141,000 samuray va dengizchilar (1597 bosqini) Natija: Koreya dengizining muvaffaqiyatlari boshlangan Koreya va Xitoy uchun g'alaba. Yaponiya uchun mag'lubiyat. 1592 yilda yaponiyalik armiya qo'mondoni Toyotomi Hideyoshi samuray qo'shinlarini Koreya yarim oroliga qarshi qo'zg'atdi. Imjin urushidagi ochilish harakati (1592-98). Hideyoshi buni Ming-Xitoyni mag'lub etish kampaniyasidagi birinchi qadam deb bilishini; u Koreyani tezda bosib o'tishni kutgan, hatto Xitoy mag'lub bo'lganidan keyin Hindistonga borishni orzu qilgan. Biroq, hujum Hideyoshi rejalashtirganidek ketmadi. Dastlabki bosqinchilikni barpo etish 1577 yillar boshida Toyotomi Hideyoshi maktubida Xitoyni mag'lub etish orzusini yozgan edi. O'sha paytda, u xona Nobunaga generallerinin faqat biri edi. Yaponiya hali ham Sengoku yoki "Warring States" davrida, turli xil hududlardagi xaos va fuqarolik urushining bir asrlik davrida edi. 1591-yil Nobunaga vafot etdi va Hideyoshi ancha birlashgan Yaponiya uchun mas'ul edi, shimolning Honshu shimoliy qismida esa uning so'nggi qo'shinlari o'z qo'shinlariga tushdi. Xideyoshi shu qadar muvaffaqiyat qozondi, Sharqiy Osiyodagi asosiy kuch Xitoyni qabul qilish haqidagi eski tushiga yana bir bor jiddiy fikr yuritishga kirishdi. G'alaba g'alaba qozongan Yaponiyani qudratini tasdiqlaydi va ulkan shon-sharaf keltiradi. Hideyoshi ilk bor 1591-yilda Joseon Koreya qiroli Seonjoning sudiga emissarlarni yuborib, Xitoyga hujum qilish yo'lida Koreya orqali Yaponiya armiyasini yuborishga ruxsat so'radi. Koreya qiroli rad etdi. Koreya uzoq vaqtdan buyon Ming-Xitoyning shtatiga aylangan, ammo Sengoku bilan munosabatlar Koreya qirg'og'i bo'ylab to'xtovsiz Yaponiya qurolli hujumlari tufayli jiddiy darajada yomonlashdi. Koreyaliklar Yaponiya qo'shinlarini Xitoyga hujum qilish uchun o'zlarining davlatlarini foydalanishga ruxsat berishiga hech qanday yo'l yo'q edi. Shoh Seonjo, o'z navbatida, Yaponiyaga o'z elchixonalarini yuborib, Hideyoshining nimaga qodirligini o'rganib chiqdi. Turli elchilar turli xabarlar bilan qaytib kelishdi va Seongo Yaponiya hujum qilmasligini aytganlarni ishonishni tanladi. U harbiy tayyorgarlik ko'rmadi. Ammo Hideyoshi 225 ming kishilik armiya to'plash bilan band edi. Uning amaldorlari va aksariyat askarlari Yaponiyadagi eng qudratli domenlardan bir necha yirik davralar rahbarligi ostidagi samuraylar edi. Ba'zi askarlar, shuningdek, urushga chaqirilgan qo'shiqchilar, fermerlar yoki hunarmandlar ham bo'lgan. Bundan tashqari, yaponiyalik ishchilar Janubiy Koreyadan Tsushima Boğazi bo'ylab g'arbiy Kyushuda katta harbiy bazani qurdilar. Bu ulkan qo'shinni dengiz bo'yiga etkazib beradigan dengiz kuchlari ham jangovar va rekvizitsiya qilingan qaroqchilar kemalaridan iborat bo'lib, jami 9000 dengizchilar tomonidan boshqarilgan. Download 103.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling