Reja: O‘zbekiston hududlaridagi eng qadimgi o‘troq dehqonchilik jarayonlari. Sopolli manzilgohi. Jarqo‘ton manzilgohi. Ko‘zali manzilgohi. Molali manzilgohi. Bo‘ston manzilgohi. O‘zbekiston hududlaridagi eng qadimgi o‘troq dehqonchilik


Dalvarzintepada olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan quyidagicha xulosa chiqarish mumkin


Download 60 Kb.
bet3/3
Sana10.02.2023
Hajmi60 Kb.
#1188028
1   2   3
Bog'liq
O‘zbekiston hududlarida ilk shaharlarning paydo bo‘lishi jarayonlari

Dalvarzintepada olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:

  1. Dalvarzintepaning maydoni katta, ya’ni 25 gektar bo‘lib, bu o‘lcham ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot natijasi hisoblanadi.

  2. Ko‘hna shaharda murakkab rejaviy tuzilish, uchga bo‘lingan tarkibiy qism hamda ark mavjud edi.

  3. Yodgorlikda mukammal mudofaa tartibi mavjud bo‘lib, ko‘hna shaharning har bir qismi alohida himoyalangan edi. Bular orasida arkka alohida e’tibor berilib, u ancha puxta o‘ylangan reja asosida mudofaa etilgan.

  4. Dalvarzintepada hunarmandchilikning turli sohalari-kulolchilik, metall, tosh va suyakka ishlov berish kabilar nisbatan yaxshi rivojlangan.

Yuqorida keltirib o‘tilgan belgilarga ko‘ra, Dalvarzintepani ilk shahar ko‘rinishidagi yodgorlik deb ta’riflash uchun yetarli asos bor deb hisoblash mumkin. Bu yo‘nalishda ilmiy baxslar davom etayotgan bo‘lsada, Dalvarzintepa mil. avv. II ming yillikning so‘nggi choragidan boshlab ma’lum muddat Farg‘ona vodiysining yirik madaniy va iqtisodiy markazi bo‘lib xizmat qilgan, degan fikrni ilgari surish mumkin. Undan tashqari, vodiyda sug‘orma dehqonchilikning jadallik bilan rivojlanishi urbanizatsiya jarayonlarining tezlashuviga olib keldi va natijada o‘troq dehqonchilik madaniyati yoyilgan chegaralar kengayib bordi.
Demak, ma’lum boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan dastlabki shahar markazlari – paydo bo‘lgan davridan boshlaboq davlatchilik xususiyatiga ega bo‘lib, ular ilk davlatchilikning asosiy belgisi hamda davlatchilik an’analari bilan o‘zviy bog‘liq holda taraqqiy etadi.
Adabiyotlar:



  1. Azamat Ziyo O‘zbek davlatchiligi tarixi: (Eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar). T., 2000.

  2. Axmadjonov Rossiya imperiyasi Markaziy Osiyoda. T., 2003

  3. Ismoilova J. Farg‘ona vodiysida milliy ozodlik kurashlari. T., 2003.

  4. Istoriya Uzbekistana. – T.: Fan, 2012.

  5. Sagdullayev A.S. Qadimgi O‘rta Osiyo tarixi. T., 2004.

  6. Sagdullayev va boshqalar. O‘zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. T., 2000.

  7. Tarix shohidligi va saboqlari: chorizm va sovet mustamlakachiligi davrida O‘zbekiston milliy boyliklarining o‘zlashtirilishi. \ Loyiha rahbari, mas’ul muharrir: D.A.Alimova. – T.: Sharq, 2001.




1 Фарғона водийси қадимги шаҳарлари ҳақида ёзишда ФА Археология институти катта илмий ходими т.ф.д. Б.Х.Матбобоевнинг илмий маслаҳатлари ва сўнгги йилларда чоп этилган ишларидан фойдаланганлигимиз боис ҳамкасбимизга чуқур миннатдорчилик билдирамиз.

Download 60 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling